O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
______________________________________________________________________
5.2-chizma. Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibi.
Bozor iqtisodiyotining muhim belgilari quyidagilardan iborat:
5.3-chizma. Bozor iqtisodiyotining muhim belgilari.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin
bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixda
tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning birinchi ko‘rinishi
uzoq vaqt
davomida shakllandi, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom
etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan aralash iqtisodiyot
deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan amal qiladi. Bozor iqtisodiyotida yuqorida
tilga olingan
belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon
iqtisodiy tizimlariga xos
bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bo‘lishini taqozo qiladi. Bular quyidagilar:
• ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan
keng miqyosda foydalanish,
ishlab
chiqarishni ixtisoslashishi
va kooperatsiyasi;
• pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy vositalarning qo‘llanishi.
5.2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan uchtasi e‘tiborga loyiqdir. Bular:
1.Resurslarni taqsimlashning samaradorligi.
Bozor
tizimi resurslarni samarali
taqsimlash imkonini beradi.
Uning mazmuni shundan iboratki,
raqobatli bozor tizimi
▶
Uy xo’jaliklari
▶
Do'stlaringiz bilan baham: