O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Amaliy iqtisodiyot fani


Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari


Download 364.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana22.12.2022
Hajmi364.84 Kb.
#1042665
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Мавзу №5

5.3.Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari. 
Bozor infratuzilmasi 
– bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal 
qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xo‘jaligi, transport, aloqa 
xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga (birjalar, auksionlar, 
savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga 
(bank muassasalari, kreditlash idoralari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va 
ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, 
aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor 
infratuzilmasining alohida bo‘g‘inini tashkil qilib, ularga ma‘lumotlarni to‘plash, 
umumlashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
Bozor infratuzilmasi tovar va moliyaviy bozorga xizmat ko‘rsatuvchi turlarga ajratiladi. 
Tovar birjalari, savdo korxonalari, auksionlar, yarmarkalar, vositachi firmalar 
tovarlar 
bozoriga
fond va valyuta birjalari, banklar, sug‘urta kompaniyalari va fondlar
kabilar 
moliyaviy bozorga xizmat ko‘rsatadi. 
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti umumiy tomonlarga ham ega bo‘lib, bular: turli-tuman 
mulkchilikka asoslanganligi, tovar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi, raqobat kurashiga 
asoslanishi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma‘lum tizimi mavjudligi va 
shu kabilarda namoyon bo‘ladi.
Bozor segmenti 
– bu bozorni alohida belgilariga qarab bo‘g‘inlarga ajratishdir. Unga 
ikkita sabab asos bo‘ladi:
⎯ Iste‘molchilarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan tabaqalanishi natijasida ular talabining 
o‘zaro farqlanishi;
⎯ Alohida tovar ishlab chiqaruvchilar tabaqalashishi.
Bozorni segmentlarga ajratish ikkita mezonga asoslanadi.
• Aholining xarid qilish layoqati darajasi, ya‘ni to‘lovga layoqatliligi.
• Hududiy va ijtimoiy, demografik mezonlar (aholining soni, uning yosh tarkibi, jinsi, 
zichligi, tabiiy iqlim sharoiti va boshqalar). 

Download 364.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling