8-mavzu. Moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni
Download 40.32 Kb.
|
8-мавзу. Молиявий инфратузилма ва тартибга солиш (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qimmatbaho qog‘ozIar savdosi qoidalari
- Buxgalteriya hisobi tizimlari
8-mavzu. Moliyaviy infratuzilma va moliyaviy tizimni tartibga solish Reja: Moliyaviy infratuzilma tarkibi Qimmatbaho qog‘oz1ar savdosi qoidalari Buxgalteriya hisobi tizimlari Moliyaviy infratuzilma tarkibi Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat muayyan qoida va qo‘llanmalar to‘plamiga rioya qilish zaruriyati bilan cheklanadi. Qonun status70i (maqomi)ga ega bo‘lgan va iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida yuz bergani kabi moliyaviy tizim harakatlanishidagi ma'lum aspektlarni cheklash uchun xizmat qiluvchi qoidalar mavjud. Ular orasida eng muhimlari har qanday turdagi tovlamachilikdan yuridik hamda jismo-niy shaxslarni himoya qiluvchi va shartnoma majburiyatlariga rioya qili-nishini ta'minlovchi qonunlardir. Bu qonunlar nafaqat davlatdan davlatga farq qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga ham moyildir. Ular jamiyat yuridik tizimining bir qismi hisoblanadi va odatda, garchi bu qonun-larning o‘zgarishi ko‘pincha insonlarning ushbu tizim funksiyalariga qo‘yilgan talabining o‘zgarishi natijasida ro‘y bersa-da, moliyaviy tizim-ning chegarasidan chiquvchilardek izohlanadi. Moliyaviy infratuzilma o‘z ichiga buxgalterlik hisobi va sud ishlarini hal etish jarayonlarini; moliyaviy instrument (vosita)lar savdosiga ko‘mak-lashuvchi hisob- kliring tashkilotlarini; moliyaviy tizim qatnashchilari-ning o‘zaro munosabatlarini nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralarni oladi (9.1-rasm). 9.1-rasm. Moliyaviy infratuzilma tarkibi 70 «Status» lotincha «status» - ahvol, ho1, holat. Maqom — vaziyat, mavqe; o‘rin, joy; daraja, martaba. Qarang: o‘sha manba. J.III. B.569. Bir necha asrlar davomida jamiyatning tarixiy rivojlanish tadqiqoti bilan shug‘u11anuvchi olimlarning aniqlashlariga ko‘ra, moliyaviy tizim infratuzilmasining evolyutsiyasi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish mexanizmini tushunish uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy tizimni tartibga soluvchi ba'zi funksiyalar xususiy kompaniyalarni birlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan, boshqalari esa davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik jihatdan davlat muassasalarining vakolatiga kiruvchi bu kabi alohida vazifalarni bajarish, ko‘pincha, xususiy sektor7' tashkilotlariga topshiriladi. Bunday tartib AQShda va shu kabi dunyoning boshqa davlatlarida qabul qilingan. Ba'zan bunday xususiy sektor tashkilotlari sifatida professional tor ixtisoslashgan assotsiatsiyalar, masalan, AQShdagi Moliya hisobi stan-dartlari bo‘yicha kengash (FASB — Financial Accounting Standard Board); boshqa holatlarda — fond birjalari, uchinchidan — Xalqaro svop sotuvchilari assotsiatsiyasi (ISDA — International Swap Dealers Association)ga o‘xshagan savdo assotsiatsiyalari maydonga chiqadi. Davlat, iqtisodiyotning har qanday boshqa sohasidagi kabi, moliyaviy sohada ham ijobiy rol o‘ynashi va mamlakat iqtisodiy faoliyati samara-dorligining ortishiga imkon yaratishi mumkin. Biroq, muvaffaqiyatli davlat siyosati, asosan, davlatning moliyaviy masalalarga qay darajada aralashishi va uning qaysi chegaradan o‘tmas1igi zarurligini to‘g‘ri aniqlash bilan bog‘1iq. Qimmatbaho qog‘ozIar savdosi qoidalariQimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari odatda uyushgan birjalar tomonidan o‘rnatiladi. Shundan so‘ng u tegishli qonun bilan tasdiqlanadi. Bu qoidalar savdo operatsiyalarini o‘tkazishda xarajatlarni minimumgacha kamaytirish maqsadida savdo tartibi (protsedurasi)ni standartlashga mo‘l-jallangan. Ideal holatda shu kabi qoidalar sinchkovlik bilan o‘y1ab chiqilishi hamda savdoni eng kam xarajatlari bilan rag‘batlantirishi zarur edi. Lekin amalda ular ko‘pincha yetarlicha erkin xarakterga ega. Shunga qaramasdan, tan olish kerakki, bu kabi qoidalarning butunlay yo‘qligidan ko‘ra mavjudligi afzalroqdir. Buxgalteriya hisobi tizimlariMoliyaviy ma'1umotdan samarali foydalanish uchun u ma'lum bir standart shaklida taqdim etilgan bo‘1ishi lozim. Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi predmet yoki fan buxgalterf ya hisobl deyiladi. Buxgalteriya hisobi tizimlari umumiy moliyaviy tizim infratuzilma-sining eng muhim qismi hisoblanadi. Ma'lumki, dastlab buxgalteriya hisobi tizimlari moliyaviy bitimlar tuzish jarayonlari evolyutsiyasi bilan birga parallel ravishda rivojlangan. Arxeologlar eramizdan avvalgi 2000 yillarga tegishli qadimgi Vavilonda tuzilgan moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha murakkab va batafsil hisobotlarni topishgan. Download 40.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling