1. Iqtisodiy matematik usullarning turlari


Download 22.53 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi22.53 Kb.
#1703203
Bog'liq
10mavzu


10-Mavzu:Tahlil jarayonida iqtisodiy matematik usullarni qo‘llashning zaruriyati.
1.Iqtisodiy matematik usullarning turlari
Iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri korxonalar faoliyatida iqtisodiy-matematik usullardan hamda bu boradagi ilg‘or axborot texnologiyalaridagi yangiliklardan samarali foydalanishdir. Ushbu tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga tadbiq etilishi, iqtisodiy tahlil imkoniyatlarini oshirib, yanada ko‘proq turdagi va murakkab tavsifdagi masalalarni qisqa muddatda to‘g‘ri hal qilish imkonini beradi. Natijada, korxona iqtisodiy faoliyatidagi juda ko‘plab omillar topiladi hamda o'rganiladi, iqtisodiy resurslardan foydalanishning eng maqbul yo‘llari tanlanadi, qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari ilmiy jihatdan asoslanadi hamda faoliyat samaradorligini oshiruvchi zaxiralar aniqlanib, ular maqsadga muvofiq yo‘naltiriladi.
Matematik usullar iqtisodiy tahlil vazifalarining ilmiy tasnifi hamda iqtisodiy-matematik modellashtirish metodologiyasiga asoslangan holda qo‘llaniladi.
Iqtisodiy tahlil jarayonida bir qator matematik modellarning tiplari qo‘Ilanidadi. Xususan, ulaming ko‘p uchraydiganlari quyidagilardir: additiv model, multiplikativ model, kasrli model.
Additiv model natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik qo‘shuv bilan ifodalanganda qo‘llaniladi.
Ushbu model amaliyotda juda qo‘p qo‘llaniladi. Masalan, aksiyadorlik jamiyatlariga qarashli korxonalar ishlab chiqargan tovar mahsulotlarining hajmi, ularda band bo‘lgan ishchi va xizmatchilaming umumiy ro‘yxatdagi soni va h.k. Faraz qilamiz: ishlab chiqarish aksiyadorlik jamiyatiga 10 ta kichik korxona qaraydi. Ulaming har biri har xil hajmda mahsulot ishlab chiqargan. Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni aniqlash uchun additiv modeldan foydalanganda quyidagi formulaga ega bo‘linadi: ' ' 1 0
____________
7 = ^ ^ = X l + X 2 + X 3 + ... + X 10 (i= 1 , 1 0 ) 1
Multiplikativ model ham tahlilda keng qo‘llaniladi. Bu model riatija bilan omil o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘paytirish bilan ifodalanganda qo‘llaniladi. Masalan, “U” natija bir qancha omillar (Xi, X2, ..., Xn) ko‘paytmasidan iborat, deb faraz qilamiz. U holda multiplikativ modelning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: Y = Y \X i= X \* X 2 * X 3 * ...* X n (i= h n ) i—1 Bunda: П - ko‘paytirish belgisi; i - omillaming tartib soni; (i= 1, n ) - omillaming umumiy soni; X i - i - omilning nomi.
Ushbu model ham tahlilda keng qo‘llanidadi, chunki juda ko‘p natija amaliyotda omilning ko‘paytmasidan iborat bo‘ladi.
Masalan, tovar oborotining hajmiga ta’sir qiluvchi moddiy-texnika bazasi bilan bog‘liq omillami olaylik. Unga savdo shaxobchalarining soni(Sh), har bir savdo shahobchasiga to‘g‘ri keladigan savdo maydoni (Msh), har bir kv. M. Savdo maydoniga to‘g‘ri keladigan tovar oboroti (TM) ta’sir qiladi. Natija bilan ushbu omillar o‘rtasidagi bog‘liqliqni quyidagicha ifodalash mumkin: T = Sh*Msh*Tm Agar har bir omilni mos ravishda ketma-ket Хь X2, Хз deb belgilasak, bu holda multiplikativ modelning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Har bir hodisani sabab deb ham va natija deb ham qarash mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini bir tomondan mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytiruvchi, uning tannarxi darajasini kamaytiruvchi sabab deb ham qarash mumkin. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, mehnatni tashkil qilishni takomillashtirishning natijasi deb ham qarash mumkin.
Har bir natijaviy ko‘rsatkich juda ko‘p va xilma-xil omillarga bog‘liq. Natijaviy ko‘rsatkichga omillar ta’siri qanchalik detallashtirib (maydalashtirib) o‘rganilsa korxona ishining sifatini bahosi va tahlili natijasi shunchalik aniq bo'ladi. Shuning uchun ham xo‘jalik fa,oliyati tahlilining muhim metodologik masalalaridan biri bo‘lib, o‘rganilayotgan iqtisodiy obyektga omillar ta’sirini aniqlash va o‘lchash hisoblanadi.
Omilli tahlil deganda natijaviy ko‘rsatkich qiymatiga omillar ta’sirini kompleks va tizimiy aniqlash va o‘lchash uslubi tushuniladi.
Omilli tahlil quyidagi tiplarga ajratiladi: ♦ to‘g‘ri (deduktiv) va teskari (induktiv) tahlil; ♦ bir bosqichli va ko‘p bosqichli (zanjirli); ♦ statik va dinamik; ♦ retrospektiv va perspektiv.
Deterministik omilli tahlil deganda natijaga qat’iy to‘liq funksional bog‘lanishda bo'lgan omillar ta’sirini tadqiq qilish uslubi tushuniladi. Bunda natijaviy ko‘rsatkich omillaming ko‘paytmasi, bo‘linmasi va algebraik yig‘indisi ko‘rinishida berilgan bo‘ladi.
Stoxastik tahlil natijaga qat’iy, to‘liq bog‘lanishda bo‘lmagan va bog‘lanishi ehtimollik, tasodifiylik harakatda bo‘lgan omillar ta’sirini o‘rganish uslubi tushuniladi.To‘g‘ri omilli tahlilda tadqiqot mantiqiy deduktiv usulda amalga oshiriladi, ya’ni umumiydan xususiyga qarab boriladi. Buni barcha tahlil masalalarini, ya’ni butun to‘plamni kesimlarga ajratib bo‘lish yo‘li bilan amalga oshiriladigan masalalami kiritish mumkin.
Teskari omilli tahlil deganda tadqiqot mantiqiy induksiya usuli bilan amalga oshiriladigan, ya’ni alohida birliklardan, elementlardan, xususiydan-umumiyga chiqib borish tushiniladi. Demak, bu tahlilga teskari usulda amalga oshiriladigan - sintez usulidir.
Bir bosqichli omilli tahlilda natijaviy ko‘rsatkichlarga bosh omillaming ta’sirini aniqlash, ya’ni omillar ta’sirini birligi darajasini, detallashtirmay tarkibiy qismlarga ajratmay tadqiq qilish tushuniladi. Masalan, sotishdan olingan yalpi foydani o ‘rganishda sotishdan tushgan tushum va sotilgan mahsulot tannarxi bir bosqichli tahlilga misol bo‘lishi mumkin.
Ko‘p bosqichli omilli tahlil deganda natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi bosh omillami detallashtirib o‘rganish yo‘li bilan tadqiqot tushuniladi. Masalan, birinchi bosqichda ya’ni foyda (F)ga sotishdan tushgan tushum (T) va sotilgan mahsulotlar tannarxi (S) o‘rganilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda sotishdan tushgan tushumga sotilgan mahsulot miqdori (q) va bahosi (p)ni o‘zgarishi ta’siri, undan keyin esa, mahsulot miqdorini o‘zgartirishga ishchilar soni va ulami mehnat unumdorligi ta’siri o‘rganiladi va hokazo Perspektiv omilli tahlil deganda omillar va natijaviy ko'rsatkichlami kelgusida o‘zgarishi o‘rganiladi.
Iqtisodiy omilli tahlilning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: • Tadqiq qilinayotgan natijaviy ko‘rsatkich aniqlab beradigan omillami tanlash; • Tizimli yondashishni ta’minlash maqsadida omillami turkumlash va tizimlashtirish; • Omilli va natijaviy ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro bog‘lanishlami shaklini aniqlash; • Omilli va natijaviy ko‘rsatkichlar orasidagi bog'lanishlami modellashtirish; • Omillar ta’sirini hisoblash va ulaming har birini natijaviy ko'rsatkichni o‘zgarishiga ta’siridagi rolini baholash; • Omilli model bilan ishlash (Iqtisodiy jarayonlarni boshqarish uchun ulardan amaliy foydalanish). qtisodiy tahlil qilishda matematik usullami qo‘llash korxona faoliyatida qator o‘ziga xos shartlami e’tiborga olishni talab qiladi.
Ulaming asosiylari quyidagilardir: korxona iqtisodiyotini to‘laligicha axborot texnologiyalariga asoslangan tizimga moslashtirish, iqtisodiy-matematik modellami ishlab chiqish, korxonaning axborot manbalarini takomillashtirish, korxonani zamonaviy kompyuter vositalari bilan ta’minlash, xodimlar malakasi va shu kabilar.
Iqtisodiy tahlil maqsadiga ko‘ra matematik usullar turli xil bo'ladi. Misol uchun, integral, logorifim, korrelyatsion, regretsion, matematik dasturlash, nazariy о‘yin va shu kabilar.
Iqtisodiy-matematik usullami yuzaga kelishi esa iqtisodiy axborotlafni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlami hisoblash va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ulami qisqa muddatda boshqamv xodimlariga uzatish hamda murakkab masalalami tez va aniq hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik jarayonlarini o‘rganish, tahlil etishda yangi usul va vositalardan foydalanish iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning Determinizm lotincha “determino” so‘zidan olingan bo‘lib, voqealami obyektiv qonuniyat asosida o‘zaro bog‘langanligi hamda shartlanganligi to‘g‘risidagi ta’limotdir. Determinallash asosida sababga ko‘ra amalga oshadigan, ya’ni aniq sharoitda bir voqea (sabab) boshqa voqeani (oqibat) keltirib chiqaradigan holatlardagi bog‘liqliklar yotadi.
DeterminaUashgan tahlil - tadqiq etilayotgan voqeani ( 0 ‘rganilayotgan ko‘rsatkichni) bevosita omillarga bo‘lib o‘rganishdir.
Bevosita omillar - bog‘lanishlari uzluksiz zanjirlar asosida modellashtirib quriladigan hamda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni shakllantirayotgan hamda ta’sir miqdorini o ‘lchash mumkin b o ‘lgan alohida voqealardir. Bu yerda tadqiq etilayotgan ko‘rsatkich (voqea) omillar hosilasi bo‘lib qaraladi. Misol uchun, tovar mahsuloti hajmini shakllanishi (TH) sanoat-ishlab chiqarish xodimlari soni (XS) hamda ishlovchilarga to‘g‘ri keladigan yillik o ‘rtacha mahsulot hajmiga ( 0 ‘M) b o g ‘liq. TH= X S* 0 ‘M.
Ushbu omillami yanada detallashtirish mumkin. Sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonidan (XS) kelib chiqqan holda, uning tarkibida faqat ishchilaming solishtirma salmog‘i (Iss) topiladi, ya’ni Iss= (Is : XS)*100%. Bu yerda, Is - ishchilar soni.
Modellashtirish jarayonida bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan o ‘rtacha yillik mahsulot ( 0 ‘M;) ham topiladi, y a ’ni 0 ‘M, = TH : Is.
Omillami mazkur tartibi asosida tovar mahsuloti hajmini (TH) quyidagicha hisoblash mumkin: TH = 0 ‘Mj* Iss* X S yoki TH = (TH : Is) * Iss* XS.
Download 22.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling