Janubiy Koreya vujudga kelish tarixi Janubiy Koreya Iqtisodiyoti


Download 66.13 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi66.13 Kb.
#1539283
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5415924301075328053

Reja:


  1. Janubiy Koreya vujudga kelish tarixi

  2. Janubiy Koreya Iqtisodiyoti

  3. Janubiy Koreya qiziqarli ma’lumotlar

  4. Janubiy Koreyani dunyoga mashhur brendlam

Koreya Respublikasiga 1948-yil 15-avgustda asos solingan. Li Sin Man esa birinchi prezident etib tayinlanadi, ayni shu yilning 9-sentabrida Kim Ir Sen boshchiligidagi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) tashkil topadi. 1948-yil birinchi konstitutsiyasi ham qabul qilinadi.Birinchi Respublika boshqaruv davri BMT, Xitoy va SSRIning qurolli kuchlarining faol ishtiroki bilan Shimoliy va Janubiy Koreya urushi bilan tariflanadi. Bu urush natijasida ikkala koreys davlati ham katta moddiy va iqtisodiy talafot ko'radi. Birinchi respublika 1960-yili aprel inqilobidan so'ng tugatiladi.


Inqilobidan so'ng vaqtinchalik davlat boshqaruviga Ho Chon ismli shaxs keladi. 1960-yil 29-iyulda saylov bo'lib o'tadi va unda Demokratik partiya g'alaba qozonadi. Bu esa Ikkinchi Respublikaning boshlanishiga sabab bo'ladi va prezident etib Yun Bo Son saylanadi. Uchinchi Respublika davrida Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi tuziladi. Koreya Respublikasi o'z hududida AQSh harbiy bazalarining joylashiga qonuniy tarzda ruxsat bergandan so'ng, AQSh bilan bo'lgan aloqalari yanada kuchayadi. Undan tahsqari, Koreya Respublikasi AQSh harbiylarining Vyetnamda olib borgan urushida 320 000 askar bilan quvvatlab turadi, ya'ni Koreya Respublikasi o'z harbiylarini Vetnamga AQSh harbiylariga yordam berish uchun yuboradi. Bu esa o'z natijasini bermay qolmaydi, AQSh Koreya Respublikasini har tomonlama qo'llab-quvvatlay boshlaydi. Iqtisodiyot tezlik bilan ko'tarila boshladi, ayrim iqtisodiy islohotlarning o'tkazilishi yalpi milliy mahsulotining o'sishiga olib keladi.



To'rtinchi respublika 1972-yli Yusin konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan boshlanadi. Bu konstitutsiya prezidentlik boshqaruvini yanada mustahkamlaydi va keng vakolatlar beradi. Bu davr juda tez o'sib borayotgan Koreya Respublikasi iqtisodiyotining regressiyaga uchrashi bilan xarakterlanadi.



1979-yilda general Pak o'ldirilishi bilan Koreya Respublikasida uzoq yillarga cho'zilgan siyosiy inqiroz boshlanadi. 8 yil davomida xalq demokratiya uchun kurash olib boradi. Uzoq davom etgan kurashlardan so'ng 1987-yilda Koreya Respublikasida demokratik saylovlar o'tkaziladi.1997-yil Koreya Respublikasi uchun juda ham muvaffaqiyatsiz yil bo'ladi. Koreya Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishi pastlashib boradi, von (Koreya Respublikasi pul birligi) qadri tushib ketadi. Turizm oqimi ham ozayib boradi. 1998-yil fevral oyida prezidentlik saylovi oldidan iqtisodiy va demokratik islohotlar o'tkazishi, Shimoliy Koreya bilan aloqalarni tiklash to'g'risida va'dalar bergan Kim De Chjun yangi prezident etib saylanadi. 1998-yilning o'rtalariga kelib Koreya Respublikasi oxirgi 20 yil ichida uchramagan iqtisodiy inqiroz boshlanadi, ishsizlik va inflatsiya (pul qadrsizlanishi) kuchayib ketadi. Ammo prezident o'z va'dalarini bajarishi tufayli tez orada yana Koreya Respublikasi iqtisodiyoti ko'tarila boshlaydi. Shimoliy Koreya bilan ilk marta aloqalar o'rnatiladi. 2000-yilda Koreya Respublikasi prezidenti shaxsan KXDRga rasmiy tashrif buyuradi, bu esa ikki davlat orasida ozgina bo'lsa-da iliqlikni vujudga keltiradi

Janubiy Koreya iqtisodiyoti yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan, Samsung, LG, Hyundai-Kia kabi koreys shirkatlari elektronika, avtomobil, kema, mashina va robotlar ishlab chiqarishadi. Janubiy Koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha bo'lgan ildam iqtisodiy rivoji "Sharqiy Osiyo Mo'jizasi" deb atalgan. Shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambagal agrar mamlakatni dunyodagi o'n ikkinchi iqtisodiy-eksport davlatiga aylantirdi

IQTISODIYOTI

YaIM


Janubiy Koreya “yalpi ichki mahsulot” hajmi 2019-yil yakuni bo’yicha dunyo reytingida 10-o’rinni egallab, undan avvalgi yilga qaraganda ikki pog’onaga pastladi deb xabar qiladi Korea Times internet nashri. Osiyoning 4-eng yirik iqtisodiga ega bo’lgan ushbu mamlakat jami yillik “yalpi ichki mahsulot” hajmi 1,64 trillion dollarni tashkil etib, bu ko’rsatkich 2008-yilgi jahon iqtisodiy inqirozidan beri birinchi marta pastga tushishi hisoblanadi.
“Yalpi ichki mahsulot” hajmi mamlakatning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lib, bir yil ichida davlat hududida ishlab chiqarilgan jami tovar va xizmatlarning umumiy qiymatidan kelib chiqadi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha dunyo davlatlari orasida AQSH 21,4 trillion, Xitoy 14,3 trillion, Yaponiya 5,8 trillion dollar bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o’rinlardan esa Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi davlatlar joy olgan. Yil yakuni bo’yicha aholi jon boshiga to’gri keluvchi o’rtacha daromad miqdori esa Janubiy Koreyada 31 ming dollardan oshiqni tashkil etdi va bu ko’rsatkich undan avvalgi yilga solishtirganda pastroqdir.

QIZIQARLI MA'LIMOTLAR


1.Mamlakat o'ziga xos xronologiyaga ega bo'lganligi sababli, bola allaqachon bir yoshida tug'iladi. Bu bola onaning qornida (deyarli bir yil) 9 oyni o'tkazishi bilan bog'liq. Ammo bu hammasi emas. Birinchi Yangi yilda (1 yanvar) chaqaloqqa yana bir qo'shiladi. Shunday qilib, bu erdagi bolalar haqiqiy yoshlaridan 2 yosh katta.
2.4 raqamining transkripsiyasi o'lim so'ziga mos keladi. uchinchi qavatdan keyingi binolarda beshinchisi darhol ketadi.Ba'zi liftlarda "4" tugmasi inglizcha F (to'rt) harfi bilan almashtiriladi. Biroq, kundalik nutqda to'rtta tovush istisnosiz. shuningdek qizil rang ham shu manoga ega.
3.Janubiy Koreyada taksi rangi taqdim etilayotgan xizmatlar darajasiga bog'liq. Oq yoki kulrang taksilar - bu malakali, ammo tajribasi past haydovchilarga ega oddiy transport vositalari, qora taksilar esa tajribali haydovchilarga ega hashamatli transport vositalaridir.
4. Janubiy koreyalik musiqachi PSYning mashhur "Gangnam Style" qo'shig'i ishtirokidagi video YouTube-da 1 milliard tomoshaga erishgan birinchi video bo'ldi.
5. Janubiy Koreyaliklarning ko'pchiligi qon guruhi odamning xususiyatini aks ettiradi, deb hisoblashadi. Ular buni juda jiddiy qabul qilishadi - xuddi munajjimlar bashoratiga ishonadigan G'arbliklar kabi.
6.Janubiy Koreya Internet sifati bo'yicha dunyoda etakchi bo'lib, bugungi kunga qadar Internetga ulanishning o'rtacha tezligini ta'minlamoqda. Aholining deyarli 92,4% Internet foydalanuvchilardir.
7.Tashqi ko'rinishi va go'zalligi bo'yicha Janubiy Koreya ham aholi jon boshiga plastik operatsiyalar soni bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi.Janubiy koreyalik erkaklar tom ma'noda kosmetika bilan shug'ullanishadi. Ular tashqi ko'rinishini yaxshilash uchun go'zallik mahsulotlariga (xususan, bo'yanish) ko'p pul sarflashadi. Janubiy Koreyalik erkaklar jon boshiga terini parvarish qilish bo'yicha go'zallik mahsulotlarini iste'molchilar ro'yxatida dunyoda birinchi o'rinda turadi.




Download 66.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling