Umumta’lim maktablarida Texnologiya fani o‘qitish sifati va ta’lim samaradorligini aniqlashda xalqaro tadqiqotlardan foydalanish imkoniyatlari


Download 392.64 Kb.
bet1/8
Sana27.03.2023
Hajmi392.64 Kb.
#1298629
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MADINA KURS ISHI




MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………………….

3

I BOB

TA’LIM SIFATINI BAHOLASH BO’YICHA XALQARO TADQIQOTLAR MAZMUNI



1.1.

PISA, PIRLS, TIMSS xalqaro tadqiqotlar mazmuni………….


5

1.2.

Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlardan foydalanish zarurati va joriy holati…………….


13


II BOB

TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI



2.1.

Umumta’lim maktablarida Texnologiya fani o‘qitish sifati va ta’lim samaradorligini aniqlashda xalqaro tadqiqotlardan foydalanish imkoniyatlari……………………………………….


20

2.2.

Texnologiya fanini o‘qitishda xatqaro baholash dastularidan foydalanish usullari va amaliy ahamiyati………………………..


24


XULOSA…………………………………………………………………..

30

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………

33



Kirish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama e’tiborni kuchaytiradi.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora - tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi.
Kurs ishining dolzarbligi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarda zamonaviy ta'lim tеxnologiyalaridan foydalanish va bu orqali o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda o‘qitishda samaradorlikka erishish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasining (IEA) qariyb 60 yil mobaynida o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini muntazam ravishda xalqaro miqyosda baholab, ularning o‘qib o‘rganishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqda. Ushbu assotsiatsiya (IEA) turli ta’lim tizimiga ega ishtirokchi mamlakatlarda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni yanada teran tushunish maqsadida 1960-yillarda ta’lim sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda qiyosiy tahlil qiluvchi hukumat agentliklari va milliy tadqiqot institutlaridan tashkil topgan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblanadi. Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlardan foydalanish zarurati va joriy holati eng muhim masalalardan hisoblanadi.

Download 392.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling