Umumta’lim maktablarida Texnologiya fani o‘qitish sifati va ta’lim samaradorligini aniqlashda xalqaro tadqiqotlardan foydalanish imkoniyatlari


Download 392.64 Kb.
bet2/8
Sana27.03.2023
Hajmi392.64 Kb.
#1298629
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MADINA KURS ISHI

Kurs ishining obyekti: umumta’lim mkatablari
Kurs ishining predmeti: “Texnologiya” fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish yo‘llari, texnologiya fanini o’qitish, o’quvchilarni o’zlashtirish ko’rsatkichlarini baholashda xalqaro dasturlardan foydalanish imkoniyatlari bag‘ishlangan o‘quv materiallari mazmuni, shakli va tanlash tamoyillari.
Kurs ishining maqsadi: Xalqaro tadqiqotlar o’quvchilar savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dastur hisoblanadi. Bunda o’quvchilarning olgan bilimlarini hayotda real vaziyatda qay darajada qo’llay olishlari muhim sanaladi. O’tgan 20 yilda bu xalqaro tadqiqotlar turli davlatlarda ta’lim samaradorligini, sifatini o’lchay oladigan mezon va ta’lim islohotlariga sababchi bo’lgan dasturda aylanib ulgurdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Kurs ishining vazifalari: Kurs ishini bajarish davomida o’z oldimizga quyidagi vazifalarni belgilab oldik:

  • xalqaro baholash dasturi mazmuni;

  • Texnologiya fanini o‘qitishda xalqaro baholash dasturidan foydalanish imkoniyatlari;

  • Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlardan foydalanish zarurati va joriy holati;

  • O‘quvchilar o‘zlashtirish ko‘rsatgichlarini baholashda xalqaro baholash dasturidan foydalanish metodikasi.

Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi mundarija, kirish, 2 bob, 4 paragrf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib

I BOB TA’LIM SIFATINI BAHOLASH BO’YICHA XALQARO TADQIQOTLAR MAZMUNI

    1. PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS xalqaro tadqiqotlar mazmuni

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini Oʻzbekistonda joriy etilishi belgilab qoʻyilgan boʻlib, mazkur tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilgan.
Shuningdek, "Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"ga ko'ra, o'quvchilarni baholash xalqaro PISA dasturi reytingida O'zbekistonning 2030-yilga kelib, 30 ta ilg'or mamlakatlar qatoriga kirishiga erishish ko'zda tutilgan. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida3 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko'rish, 348 ta tayanch maktablarni tashkil etish va 6000 nafar o'qituvchilarning malakasini oshirish vazifalari belgilab qo'yilgan.
Mazkur vazifalardan kelib chiqqan holda, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta'limi vazirligining qarori asosida Respublika bo'yicha Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rishga yo'naltirilgan tayanch maktablari (keyingi o'rinlarda - Tayanch maktablar) belgilandi.
Qarorga ko'ra, Tayanch maktablari hududdagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarini ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rishga yo'naltirish bo'yicha asosiy metodik bazaga ega boʻlgan, doimiy harakatdagi o'quv mashg'ulotlar, seminar-treninglar, davra suhbatlarini tashkil etish, xalqaro baholash dasturlariga oid ilg'or xorijiy tajribalarni ommalashtirish ishlarini amalga oshiradigan muassasalar hisoblanadi.
Tayanch maktablari bazasida tashkil etiladigan o'quv mashg'ulotlarida xalqaro PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS tadqiqotlari doirasidagi sinovlarga o'quvchilarni tayyorlash, xalqaro tadqiqotning namunaviy topshiriqlarini yechish bilan birga, tadqiqotda baholanadigan ko'nikma va kompetensiyalarni, shuningdek, o'quvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlash hamda tegishli fan yo'nalishlari bo'yicha savodxonligini baholash va rivojlantirish bo'yicha o'qituvchilarga amaliy va uslubiy tavsiyalar berish maqsadlari ilgari surilgan. Ushbu maqsadlarga erishish uchun Tayanch maktablar faoliyatini samarali tashkil etish, o'tkaziladigan seminar-trening, o'quv mashg'ulotlari va davra suhbatlarining tizimli va mazmunli boʻlishi dolzarb ahamiyatga ega.

PISA inglizchadan olingan qisqartma bo'lib, Program for international student assessment - o'quvchilarni baholash xalqaro dasturi degan ma'noni anglatadi. Ushbu dastur OECD tomonidan amalga oshiriladigan boʻlib, u dunyo bo'ylab 15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholovchi xalqaro tadqiqotdir. Tadqiqot an'anaviy ravishda 3 yilda bir marotaba o'tkazilib, har bir davriylikda bittadan yo'nalishga ustuvorlik beriladi hamda bitta innovasion yo'nalish kiritiladi. 2025- yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan tadqiqotda innovasion yo'nalish sifatida o'quvchilarning kreativ fikrlash kompetentsiyalari ham baholanadi. Unda o'quvchilar maktabda egallagan bilimlarini qanchalik eslab qolganliklari emas, balki olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo'llay olishlari, ijodiy va mantiqiy fikrlash ko'nikmalari baholanadi.

PIRLS - ingliz tilidagi Progress in international reading and literacy study so'zlaridan olingan boʻlib, o'quvchilarning o'qib tushunish darajasini baholashga mo'ljallangan xalqaro tadqiqot dasturidir. Mazkur dastur IEA tomonidan har besh yilda bir marotaba amalga oshirilib, unda Pisadan farqli ravishda boshlang'ich ta'limdagi 4-sinf o'quvchilarining badiiy tajriba orttirish, axborot olish va undan foydalanish ko'nikmalari baholanadi. Ushbu xalqaro dastur bolaning mustaqil inson sifatida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etib, boshlang'ich ta'limda tahsil olayotgan o'quvchilarning o'qib tushunish ko'nikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi. PIRLS dasturida asosiy e'tibor 4-sinf o'quvchilariga qaratiladi, buning boisi, ushbu rivojlanish davrida o'quvchilar o'qish ko'nikmasini hosil qilgan boʻlib, endi bu ko'nikmadan boshqa fanlarni o'rganishda foydalanayotgan boʻladi.
TIMSS - ingliz tilidagi Trends in International Mathematics and Science Study soʻzlaridan olingan bo'lib, umumiy o'rta ta'limdagi matematika va tabiiy fanlardan ta'lim sifatini baholashga mo'ljallangan xalqaro tadqiqot dasturidir. TIMSS ham IEA tomonidan joriy etiladigan PIRLS bilan hamnafas keladigan dastur boʻlib, unda 4-, 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo'yicha bilimlari va savodxonliklari har to'rt yilda bir marotaba xalqaro darajada baholanadi. Shuningdek, 2015-yilga qadar bitiruvchi sinf o'quvchilari ham tadqiqotlarda ishtirok etgan. Ushbu dastur o'quvchilarning, asosan, fundamental bilimlarini va mantiqiy fikrlashini aniqlashga qaratiladi.
TALIS bilim yoki kompetentsiyani baholaydigan emas, balki ta'lim muassasasidagi boshqaruv muhitini o'rganadigan dasturdir. Unda o'qituvchilar va maktab direktorlari o'rtasida so'rovnomalar o'tkazish orqali ta'lim sohasida olib borilayotgan siyosatning samaradorligi haqida qiyosiy va tahliliy maʼlumotlar olish imkoniyati vujudga keladi.
Ta'kidlash joizki, o'tgan vaqt mobaynida tayanch maktablari bazasida ko'plab tadbirlar o'tkazildi, xalqaro, respublika, viloyat darajasida o'tkazilgan tadbirlardagi ma'lumotlarni har bir umumta'lim muassasasiga yetkazib berishda tayanch maktablar samarali faoliyat ko'rsatdi. Olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatdiki, xalqaro tadqiqotlar, uning tarkibiy yo'nalishlari, ularda qatnashish orqali o'quvchilarda amaliy ko'nikmalar, olgan bilimini real hayotiy vaziyatlarda qo'llay olish, fanlar bo'yicha savodxonligini rivojlantirish, shu bilan birga, milliy ta'lim sifatini oshirishdagi ahamiyati haqidagi ma'lumotlarni nazariy hamda amaliy jihatdan tizimli tashkil etishda o'qituvchilarni tayyorlash yuzasidan namunaviy dasturning zaruriyati sezildi.
Trenerlar uchun Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, Respublika ta'lim markazi va Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti hamda tajribali metodistlar, pedagoglar va amaliyotchi o'qituvchilar bilan hamkorlikda ushbu namunaviy o'quv dasturini ishlab chiqildi.
O'quv dasturining maqsadi ta'lim olayotgan o'qituvchi va o'quvchi zamonaviy jamiyatda to'laqonli faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi, ya'ni inson faoliyati, aloqa va ijtimoiy munosabatlarning turli sohalarida keng ko'lamli vazifalarni hal qila olishiga qaratilgan. Ustuvor maqsadlarga erishishda tayanch maktablari va ular orqali barcha umumta'lim muassasalariga uslubiy yordam ko'rsatishdan iborat.
O'quv dasturining vazifasi o'quv dasturida berilgan mavzular doirasida Tayanch maktablarida tashkil etiladigan seminar, trening va o'quv mashg'ulotlarini samarali va tizimli tashkil etish hamda olingan bilimlar asosida ta'limning barcha darajalarida o'quvchilarning o'qish, matematik, tabiiy-ilmiy savodxonligi va kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga erishish.
O'quv dasturi xalqaro PISA, PIRLS va TIMSS tadqiqotlarining mos yo'nalishlari, ya'ni matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, o'qish savodxonligi, kreativ fikrlash hamda boshlang'ich sinflarda o'qish savodxonligi yo'nalishlari bo'yicha ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Dasturdagi mavzular umumiydan xususiylikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo'lib, unda har bir yo'nalish haqidagi umumiy ma'lumotlar, baholashning asosiy jihatlari, tadqiqotda baholanayotgan ko'nikma va kompetensiyalar, ularni rivojlantirish omillari haqidagi nazariy ma'lumotlar bilan birga, tadqiqotda foydalaniladigan savol va topshiriqlarning namunalari hamda ularni yechish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
O'qish savodxonligi - matnli ma'lumotni anglash va tushunish qobiliyati sifatida qaraladi, olingan bilimlar haqida mulohaza yuritish va maqsadlarga erishish uchun o'qish bilan shug'ullanish, dunyoqarash va imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyatda faol ishtirok etish va jamiyat bilan o'zaro munosabat.
Matematik savodxonlik bu o'quvchilarning matematik fikrlashi shuningdek, matematikani fan sifatida talqin qilishi hamda turli amaliy va hayotiy sharoitlarda muammolarni hal qilishda qo'llash qobiliyatidir. Bu ko'rsatkich proseduralari, faktlar va atamalar, tushunchalar, vositalarni o'z ichiga oladi.
Tabiiy- ilmiy savodxonlik- insonning tabiiy bilimlarni o'zlashtirish va ulardan foydalanishda, savollarni aniqlash va to'g'ri berish, yangi bilimlarni o'zlashtirishda tabiat hodisalarini tushuntirish va tabiatshunoslik muammolari bilan bogʻliq holda ilmiy dalillarga asoslangan xulosalarni shakllantirish qobiliyatidir.
Kreativ fikrlash - bu innovasion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo...) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta'sirchan ifodalashga qaratilgan g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyatidir.
O'quv dasturidagi mavzular xalqaro dasturlarning baholash qamrov doiralaridagi mos mavzulardan kelib chiqqan bo'lib, ularning o'quv mashg'ulotlari davomida toʻliq qamrab olinishi nazarda tutilgan, lekin seminar mashg'ulotlarini tashkil etishda trenerlardan faqatgina ushbu mavzular bilan cheklanib qolmasdan qo'shimcha manbalar yordamida mavzuni boyitgan holda tinglovchilarga yetkazib berishi qo'llab-quvvatlanadi.
O'quv mashg'ulotlari davomida o'qituvchilar ko'proq 15 yoshga to'lgan maktab o'quvchilarining kundalik hayotiy vaziyatlarda ta'lim olish vaqtida olgan bilimlarini inson faoliyatining turli sohalarida, jumladan, moliyaviy yutuqlar, ijtimoyilashuv va turli to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha ko'plab vazifalarni hal etishga qanday yondashishlariga e'tibor qaratishi lozim.
O'quv dasturining jihatlari.
O'quv dasturidagi mavzularni yoritib berishga qaratilgan mashg'ulotlarni quyidagi jihatlar asosida tashkil etish ko'zda tutiladi:

  • o'qituvchilar ehtiyoji va qiziqishini e'tiborga olish;

  • ko'rish, o'rganish va qo'llay olish ko'nikmalari natijasi; erkin ijodiy ish, mustaqil harakat va hamkorlik;

  • yaratilgan topshiriqlarning o'quvchilarning hayotiy ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilganligi;

  • fanlararo (integrasiya) va mavzu qismlari o'rtasidagi bog'liqlik;

  • topshiriqqa mos tushuncha va xatti-harakatlarni anglash va mustaqil tahlil qilish, o'z fikrini himoya qilish.

Ushbu namunaviy o'quv dasturini samarali tashkil etish uchun namunaviy ish rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, unda quyidagi uchta asosiy qismlarga e'tibor qaratiladi:
"NIMA?" (nazariy) trener - o'qituvchi o'quv dasturida belgilangan mavzular yuzasidan nazariy ma'lumotlar asosida taqdimot tayyorlaydi, mavzuni atroflicha tushuntirib beradi hamda tinglovchi o'qituvchilarda mavzu haqida umumiy tushunchalar, tasavvurlar va xulosalar shakllanishiga yordam beradi.
"QANDAY?" (amaliy) - bunda trener-o'qituvchi mavzu yuzasidan amaliy jarayonni tashkil etadi. Zamonaviy va innovatsion o'qitish metodikalaridan
foydalagan holda dasturda berilgan mavzuga aloqador topshiriqlar ustida tinglovchi o'qituvchilar bilan birgalikda amaliy mashg'ulotlarni barajishni tashkil etadi. Topshiriqlar ustida ishlash jarayonida o'qituvchilar o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash va rivojlantirishning zamonaviy usullari haqidagi ko'nikmalarga ega bo'lish hamda dasturda belgilangan maqsadlaria erishishni ta'minlaydi.
"SAMARA" (mustaqil ish) - nazariy va amaliy mashg'ulotlarda o'zlashtirilgan ma'lumotlarni o'z ish jarayonida qo'llay olish ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida tinglovchi o'qituvchi mustaqil ravishda dasturda tavsiya etilgan mavzular asosida ijodiy ish olib borishi lozim boʻladi.
ljodiy ish o'qituvchining mavzu yuzasidan qo'shimcha manbalar orqali ma'lumotlar izlash, o'rganish, olgan bilimlarini mustahkamlash, mashg'ulot davomida egallagan bilimini o'quvchilarga yetkazib berish hamda o'quvchilarning savodxonligini baholsh va rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar asosida dars jarayoni va to'garak mashg'ulotlarini tashkil etish bilan harakterlanadi.
Asosiy tamoyillar
Tayanch maktablardagi trenerlar uchun moʻljallangan o'quv dastur va ish reja quyidagi tamoyillarga yo'naltirilgan bo'ladi:

  • o'quvchilarning savodxonligini baholashda bo'yicha PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro dasturlar tajribalarini o'rganish va ulardan foydalangan holda darslarni samarali tashkil etish;

  • o'quvchilarning mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish ko'nikma va kompetensiyalarini rivojlanish usullarini maktablarda joriy etish;

  • o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini hamda ta'lim jarayoni sifatini oshirish orqali xalqaro tadqiqotlarda ijobiy natijalarga erishish uchun zamin yaratish;

  • o'qituvchilarni o'quv jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin boʻlgan materiallar bilan ta'minlash.

Kutilayotgan natijalar
Kurs yakunida tinglovchilar, ya'ni xalq ta'limi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlar:
- o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholashning yangi strategiya va usullarini;
- a'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS) tushunchalariga nisbatan zamonaviy yondashuvlar mohiyatini; - ta'limga kirib kelayotgan yangi yondashuvlar, strategiyalarni o'rganish, o'z ish faoliyatiga moslashtira olish;
- taʼlim samaradorligi va uni baholashdagi muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishni tahlil qilish;
- o'qituvchilarda bilim va ko'nikmalarini baholashning yangi usul va vositalarni tanlay olishi;
ta'limga kirib kelayotga yangi yondashuvlar, xalqaro baholash dasturlari asosida ta'lim samaradorligini oshirish;
- ta'lim jarayoni sifatini tashxis qilish va baholashning innovasion texnologiyalaridan foydalanish;
- ta'lim jarayonida yuz berayotgan turli o'zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez va oson moslasha olish;
- ta'limdagi yangi yondashuv va strategiyalarni qabul qila olish, ularni egallash va o'z kasbiy amaliyotiga joriy eta olish bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo'ladilar.
Ma'lum darajaga yetgan o'quvchilar esa nafaqat o'qitishda, balki real hayotda ham amal qiladigan muayyan ko'nikma va malakalarni namoyon etishlari, kelajakda nafaqat maktab o'quvchilarining bilimini, balki ularning zamonaviy hayotga tayyorligi, shuningdek, olingan bilim va egallangan ko'nikma asosida amalda qo'llay olish qobiliyatini rivojlantirishga erishiladi.

Download 392.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling