1-Amir Temur o'z davlatini tuzgandan keyin unga qarshi bosh ko'tarib mustaqillik e'lon qilgan Badaxshon
Download 433.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Amir Temur haqida 50 ta mantiqiy savollar 1-qism
1-Amir Temur o'z davlatini tuzgandan keyin unga qarshi bosh ko'tarib mustaqillik e'lon qilgan Badaxshon shohlarini bo'y sundirish uchun ularning har birini huzuriga chorlab alohida gaplashadi. Shundan keyin ular o'zora jangga kirishadi. Bu ma'lumotni o'qib turib savol muallifi hatto Amir Temur ham bu mashxur hukumat tamoyiliga amal qilgan ekanda degan xulosaga keldi. Bu tamoyil ko'pincha har xil qismdagi davlatlarni boshqarishda faol qo'llanganligini hisobga olgan holda bu tamoyilni toping? Javob Bo'lib tashla va hukmronlik qil 2-Tasavvur qiling sizning qo‘lingizda Amir Temurning otdagi haykali mavjud. Bir faktga ko‘ra dunyodagi otga bog‘liq haykallarga shunday izoh berishgan. Unga ko‘ra, agar otning haykalida 2 oyog‘i ko‘tarilgan bo‘lsa ustidagi inson jangda halok bo‘lgan deyiladi. Agar hamma oyog‘i ko‘tarilgan bo‘lsa tabiiy vafot etgan ekan. D.s: Agar ot bir oyog‘i ko‘tarilgan holda tasvirlansa u nimani anglatgan. Javob: Ustidagi inson jang oldidan jarohat olib halok bo‘lganini bildiradi. 3-Amir Temur hind diyoriga yurish qilganda harbiy fillarga qarshi bu hayvonlardan foydalandi. Jangda Amir buyrug'iga asosan ular ustiga paxta yog'i va keraksiz buyumlar ortishgan va o't qo'yib fillar tomonga haydashgan. Hindistonda bu hayvonlar yo'q bo'lgani uchun jangavor fillar ulardan qo'rqib qochishgan Diqqat bilimdonlar Gap qaysi hayvon haqida ketmoqda Javob: Tuyalar 4-Quyidagi rõyhatga etibor bering Bu rôyhat nima haqida tuzilganini topgan bõlsangiz ikkinchi bôsh joyni to'ldiring 1. Alisher Navoiy 2. 3. Ahmad Yassaviy 4. Mirzo Ulug'bek 5. Abu Ali ibn Sino 6. Amir Temur Javob:Hamshiralar 5- Diqqat savol: Amir Temur qo'shinida har 10 jangchiga 1 dona kerki, tesha, o'roq, arra, bolta, 2 dona belkurak igna ip kabi oddiy narsalar berilgan. Eng asosiysi 10 kishiga birdek kerak narsa berilganki, uni alohida otlarda olib yurishgan. Diqqat Savol: Otda olib yurilgan narsa nima Bo'lishi Mumkun? Javob:chodir 6- Faylasuflar u yerni tafakkur va ibrat manzili, ammo beg‘amlar joyi emas atashdi. Bir shoir u yerni sarisi ham so‘risi ham, akrobo-yu ham aziz mehmoni yo‘q ekanligini yozgan ekanlar. D/s: Siz bu yerni topgan bo‘lsangiz shunga mos bo‘lgan bir ziyoratgohni nomini yozib bering. Javob: Go‘ri Amir Gap qabriston haqida ketayotgan edi. Izoh: Go‘ri Amir maqbarasi Samarqand shahrida joylashgan bo‘lib u yerga ko‘plab turistlar tashrif buyuradi. Temuriylar avlodidan bo‘lgan shaxslarning qabrlari va mavjud. Shu sababli qabriston misol qilib olinsa bo‘ladi!!! 7- Amir Temur ayg'oqchilari dushman askarlari sonini aynan ularga qarab aniqlagan. Yani dushmanda ular nechtaligiga qarab askarlarni taxminiy sonini aytish mumkin. Diqqat savol: ayg'oqchilar nimaga qarab dushman askarlari sonini aniqlashgan? Javob: qozonlarga Izoh: katta katta qozonlarni aniqlash nechtaligini sanash mushkul emas. Katta qozonlar taxminan 600 kishiga mo'ljallangan qozonlar soniga qarab askarlarni umumiy sonini aytish mumkin! 8- U yaratgan qonunga koʻra, agar jang maydonida raqiblarning shaxzodasi boʻlsa, shaxzoda qoʻlga tushmaguncha raqiblarni magʻlub qilib boʻlmaydi. Diqqat savol. gap kim haqida ketmoqda? Javob. Amir Temur. Izoh. Amir Temur shaxmatida har bir piyoda oʻzining qatoridagi sipohga aylanadi. Masalan, fil qatoridagi piyoda filga, jirafa qatoridagi piyoda jirafaga. Shox qatoridagi piyoda esa shaxzodaga aylanadi. Shaxzoda qoʻlga tushmaguncha raqibni mot qilib boʻlmaydi. 9- Amir Temur Boyazidni mag'lub etgach Mehmed Turk o'lkasini birlashtiradi. Uning nabirasi Mehmed II esa shafqatsiz usulni amalga kiritadi. Unga ko'ra, taxt vorislari qirib tashlanadi. Navbatdagi hukmdor Mehmed III 19 nafar qondosh birodarini taxtga nomzod bo'lmasligi uchun o'ldiradi. Ahmadxon davrida esa bu odat barham topadi va boshqa usul o'ylab topiladi. Bu usulda voris omon qolardi, ammo taxtga nomzod bo'lolmasdi. Bu usul "Shahzodalar uchun U" deb ataladi. Mashhur to'rtlikda esa U ning ichidagi flora olami vakili, fauna olami vakiliga quvonch bag'ishlamasligi aytiladi. #Diqqat savol: U ni ikki so'z bilan yozib bering! Javob: Javob: Oltin qafas. Izoh: Shahzodalar yaxshi sharoitga ega joyda asirga aylanardi. Shuning uchun bu joylarni "Shahzodalar uchun oltin qafas" deb atashgan. Navoiy ruboiysida: Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulga tikondek oshyon bo'lmas emish – deyiladi 10- Amir Temur davrida Samarqandning oltita darvozasi bo‘lgan. Ular: Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgox, So‘zangaron, Feruza. Shu darvozalar ortida shu nomdagi maxallalar ham bo‘lgan. #Diqqat savol: So‘zangaron mahallasida nima tayyorlangan? Javob: So‘zan – forschada igna degani. Bu mahallada igna yasovchilar yashagan ekan. 11- Марсел Брионнинг “Aмир Темур”и Нишопурни забт етишга чоғланар экан нишопурликлар тошдан қурган қалъа деворлари ҳақида шу ердаги қишлоқ аҳолисидан сўрайди. Улар, деворларнинг тагзамини ҳам тошдан қурилганлиги, унинг ер остидаги қисми 10 зар (=10,4 м) чуқурликда эканлигини айтади. Бундай чуқурлик ақлга сиғмаса A.Темур бу ҳақиқатга яқин эканлигини айтади. #Д_с:Нимага асосланиб? Javob:Тагзамин қазилиши оқибатида чиққан тупроқдан ҳосил бўлган атрофдаги баланд-баланд тепаликларга асосланиб A.Темур ҳақиқатдан ҳам 10 зар бўлиши мумкин дейди. 12- Bilamizki Sohibqiron Amir Temur Yevropa shaharlarini oʻsha davrda egallashga koʻp intilmaganlar.Sharq shaharlarida ilm-fan va madaniyat rivojlanib ketgan boʻlib, birinchi navbatda kutubxonasi bilan qiziqqanliklari qanchalik Amir Temur bobomiz ziyrakligidan dalolatdir. Ular otliq askarlari bilan oddiy uslublarda "dushman askârlari ko‘p ekan" degan fikrni vujudga keltirish uchun "BU ISH"ni qilgan ekanlar. #Diqqat_savol:"BU ISH"dan maqsad dushman askârlari orasida g‘ulg‘ula uyg‘otish ekanligini hisobga olib javobni ayting. Javob: Amir Temur otliq askarlaridan bir nechtasi jang oldidan otlari dumiga daraxt shox-shabbalarini bog‘lab, uyoqdan buyoqqa sudrashgan. Natijada katta chang-to‘zon ko‘tarilgan... 13- Amir Temur har doim jang bo‘ladigan yerni sinchkovlik bilan o‘rgangan. Jangda alfaning yo‘nalishi ham muhim bo‘lgan. Odatda Amir Temur qo‘shinini alfa yo‘nalishi bo‘ylab joylashtirgan. Alfaning yo‘nalishini bilish uchun kamonchilaridan biri uzun matoni (lentani) o‘qiga bog‘lab yuqoriga otgan. Alfa-? Javob: Shamol 14- U X-XI asrlarda paydo bo'lgan. Uning O'zbekistonda 200 dan ortiq turi bor. Turklar esa "musulmon olamida nechta shahar bo'lsa uning ham shuncha turi bor" deyishadi. Amir Temur ham mening ba'zi g'alabalarimning sababchisi u deb aytgan. Savol: uni toping? 15- Amir Temur o'z davrida qurulish ishlariga ham, tamirlashga ham , yerlarni obod qilishga ham o'zi tashabbuskorlik qilib o'zi rahbarlik qilgan.Uning "Tuzukoti Temuriy" asarida keltirilishicha, " Xarob bo'lgan yerlar egasiz bo'lsa ULAR tomonidan obod qilinsin. Agar egasi bo'lsa-yu obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli narsalar berilsin va o'z yerini obod qilib olsin" deb keltirilgan. #Diqqat_savol: Ular deb kimlar yoki nimalar nazarda tutilgan❓❓ Javob: Xolisa ya'ni Davlat yerlarini boshqaruvchi mahkama. 16- Xitoy imperatori ( Mim sulolasi 1368)Amir Temurga yuborgan maktublarida unga bir nom bilan murojaat qilardi.Diplomatiya tilida esa bu "sen menga tobesan"degan ma'noni bildiradi.Imperator o'z maktublarida Amir Temurga qanday murojaat qiladi? JAvob:O’g’lim 17- Marsel Brionning Amir Temur haqidagi asarida yozilishicha, Amir Temur har jangga 100 minglik qoʻshin bilan chiqqan. Va har gal biror joyga jang qilishga borishdan oldin bir necha ming kishilik qoʻshinni jang qiladigan joyiga yaqin shahar va qishloqlarga joʻnatgan bundan maqsadi razvedka maʼlumotlari emasligini bilgan holda, Amir Temur nima uchun jangdan oldin kichik boʻlinmani jangoh yaqiniga joʻnatganini "umumiy" qilib ayting? Javob: Taʼminot uchun. (Zahira, Oziq ovqat toʻplash) Izoh: Kichik boʻlinma jang boʻlishidan bir necha hafta oldin janggoh yaqinidagi qishloq va ovullardan boshpana qilib u yerga oziq ovqat, otlar uchun yem xashak toʻplaganlar. Agar qishgi sovuq mavsumda boʻlsa kiyim kechak va otlar uchun boshpana ham tayyorlashgan. Manba: Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur (Marsel Brion) 18- Amir Temur Saroy Mulki xonimga uylangandan keyin "ko'ragon" unvoniga musharraf bo'ladi. Savol: "Ko'ragon" so'zining manosi nima. Javob:Xonning Kuyovi 19- Amir Temur hind diyoriga yurish qilganda harbiy fillarga qarshi bu hayvonlardan foydalandi. Jangda Amir buyrug'iga asosan ular ustiga paxta yog'i va keraksiz buyumlar ortishgan va o't qo'yib fillar tomonga haydashgan. Hindistonda bu hayvonlar yo'q bo'lgani uchun jangavor fillar ulardan qo'rqib qochishgan Diqqat bilimdonlar ,gap qaysi hayvon haqida ketmoqda? Javob :tuya 20- Amir Temur ko'pgina allomalarning qabriga maqbara qurdirgan. Xatto uzoq o'lkalardagi olimlarning va sahobalarning qabriga ham. Lekin o'zining markazi hisoblanmish Samarqand shahrining Xartang qishlog'iga jasadi dafn etilgan buyuk alloma muhaddis Imom al Buxoriyning qabriga maqabara qurdirmagan. Biroq qabrlari shu yerda joylashganini bilgan. Savol: nega Amir Temur Imom Buxoriy qabriga maqbara qurdirmagan? Javob: "bu allomaning maqbarasini kelajak avlodim quradi",- deb qoldirgan. 21- Amir Temur jangu jadallarda ko'p yurgani bois juda ko'p marta chodir qurishga majbur bolgan. Lekin har doim chodirini qurishda eshigiga gilam ildirilib, ichkarisidan qalin teri qoqilgan bolgan. Diqqat savol: Nega eshik o'rniga gilam va qalin teridan foydalanilgan deb o'ylaysiz? Javob: Suiqasdni payqash uchun. Izoh: Tarixdan malumki ko'pgina hukmdorlarga qarshi suiqasdlar gilam ortidan kirib kelgan qotil yordamida amalga oshirilgan. Teri qo'yilishini sababi gilamga birov teginsa, teriga tegib gijirlab ovoz chiqargan. A. Temur bu tovushni hassoslik bilan ilg'agan. 22- Biz Amir Temir haqida ko‘plab ma'lumotlarni bilamiz. Tarixda yozishlaricha, Sohibqiron ''o‘tkir xazilkash'' ham bo‘lgan ekan. Bir kuni Amir Temur Bibixonim bilan suhbatda ''bir ish'' qilmoqchi ekanligini aytadi. Bunga xotini qarshi chiqib, bu yomon alomat bo‘lishi mumkunnligini aytadi. Shunda unga javoban sohibqiron: vaqti kelib Azroil oldimga qilichini yalang‘ochlab kelsa, bu ''bir ish'' imni ko‘rib, ''Allaqachon buni jonini olibman-ku" deb ortiga qaytib ketadi deya xazil qiladi. Savol oddiy: Amir Temur qilmoqchi bo‘lgan ''bir ish''ni aniq ayting. Javob: O‘ziga maqbara qurdirmoq. Manbaa: A. Oripov ''Sohibqiron'' 23- Qadimdan shohlarni huzuriga kirgan insonlar cho‘kka tushib qulluq qilishi lozim bo‘lgan. Lekin bir yevropalik yozuvchini u haqidagi asarida yozilishicha, Sohibqiron Amir Temur ayrim xorijlik hukmdorlar uning huzurida cho‘kka tushib qulluq qilmoqchi bo‘lganlarida, bunga izn bermay oddiy ta'zim qilishlarini buyurgan ekan. Savol ham oddiy, Sohibqiron nima sababdan izn bermagan? Javob: Faqat Alloh (j.j) ga cho‘kka tushib qulluq qilish mumkin, deb hisoblagani uchun. (M. Brion ''Menkim, Sohibqiron Jahongir Temur'' 24- Temur tuzuklarida, har bir mamlakat fath etilgach u yerning Alfalarini to‘plab, ovqat berib, ularga biron vazifa berish lozimligi, barchasini tamg‘alash kerakligi yozilgan. Shuningdek, Alfalar yana avvalgi ishlarini qilgudek bo‘lishsa, ularni uzoq mamlakatlarga sotib yuborish yoki haydab yuborish buyrilgan. Shundagina mamlakatda Alfalar yo‘qoladi. Savol: Amir Temur mamlakatda yo‘q qilish uchun kurashgan bu Alfalar kimlar? Javob: Gadoylar 25- Amir Temur zotdor ot tanlashda bir tadbirni qo'llagan agar ot BU ISH ni qilsa demak zotli emas. Bu ish? JAvob: Tizzalab (cho'kkalab) suv ichsa. 26- Eron shohi Shoh Abbos Boburiy shoh Jahongirga juda katta sovg'a-salomlar bilan elchilarini yuboradi. Sovg'alar orasida huddi mitti yulduzday tovlanib turgan kattagina qimmatbaho La'l ham bo'lgan. La'lning orqa tomoniga "Banda-i Shoh viloyati Abbos" yozuvi bo'lsa, old tomonidagi yozuvda 3 ta shohning nomi keltirilgan. Bular: Amir Temur, Shohruh Mirzo va .... Hurmatli bilimdonlar mantiqan o'ylab menga nuqtalar o'rnidagi uchinchi shohni nomini yoki yoziv aslida qanday bo'lganligini ayting. Javob: Ulug'bek 27- Ilmu nujumda va afsonalarda Zuhro (Venera) - do'stlik va mehr muhabbat tug'yonlarini in'om aylaguvchi, Mushtariy (Yupiter) - omadu iqbol, muzaffariyatu shodiyonalar sayyorasi deb ta'riflanadi. Shu ikki sayyoraning bir burjda uchrashgan vaqti saodatli lahzalardir, uni X deydilar. X ni egasini ayting? Javob: Sohibqiron Amir Temur. X- Qiron Qiron vaqtida tug'ilgan. 28- Shirvon davlati hukmdori bo'lmish Ibrohim I Amir Temur o'z davlatini bosib olishidan qo'rqib unga ko'plab sovg'a salomlar yuboradi. A. Temurga keladigan sovg'alar soni 9 tani tashkil etgan bo'lib. Ibrohim ham shunga amal qiladi va 9 dona qilich,9 dona ot,9 dona kanizak,9 dona qimmat buyumlar biroq sovg'alar orasida 8 dona X bor edi. Bundan g'azablangan Temur buni izoxini so'raganda Ibrohim ustamolik bilan javob qaytaradi. Siz menga X hamda uning javobini yozing Javob:Qul 9-o'zimman deb sadoqatini ko‘rsatgan ekan 29- Amir Temur - buyuk sarkarda va davlat arbobi. Buni butun jahon tan olgan. Uning xarbiy nizomlari, jang taktikalari hozirda ham qo'llanilishi aytiladi. Sarkarda haqida ko'p ma'lumotlar bor. Askarlari sanoqsiz bo'lgan. DIQQAT QILING! Sizga qiziq ma'lumot yuzasidan savol: Amir Temur jangdan so'ng askarlarining qanchasini yo'qotganini qanday bilgan? (Noma'lum manba'dan olindi) Javob: Jangdan oldin katta qozonga har bir askar o'z idishida ichimlik quyib ketgan. Jang tugagach o'sha idishda ichimlikdan ichishadi. Qozonda qolib ketgan ichimlik esa qancha askar yo'qotilganini aniqlagan. 30- Bilasizlar islom dinida ipak matodan kiyim kiyish erkaklarga taqiqlangan. Lekin dinga qattiq amal qilgan bobomiz Amir Temur jangda o'zining xos sarkardalariga ipakdan tikilgan kiyim kiyishga ruxsat bergan ekan. Ipakdagi bir xususiyat o'sha sarkardalarga jang paytida juda qo'l kelgan. Savol. Ipak matodan tikilgan kiyimlar sarkardalarga qanday yordam berganini maksimal aniqlikda ayting Javob: ipak juda pishiq mato. Jangda sarkardalarga kamondan zaharlangan o'qlar otilganga, kamon o'qi ipak mato bilan birga tanaga kirgan va zaharni tanaga tarqalib ketishidan asragan. Tabiblar esa matodan tortib, o'qni osonlikcha chiqarib olishgan 31- Amir Temur jang payti ularning o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o’rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta’rif berganlar? Javob: tabib 32. Sultoniya yepiskopining guvohlik berishicha bu shaxsni Eronda "Miri tabam" yaʼnı "Ulug‘ yo‘lboshchi" deb atashgan. Uning 200 dan ortiq saroylari bor. Bag‘dodda g‘alaba qozonganida esa sof oltindan yasalgan daraxt sovg‘aga olgan ekan. U olim, ulug‘ yoʻlboshchi, hofizi Qurʼon va qattiqqo‘l davlat rahbari hamdir. D/S: Siz bizga bu shaxs kimligini emas, uning pandnomalarini qaysi nom ostida tanishimizni ayting? Javob: "Temur tuzuklari" Bu shaxs buyuk sarkarda, olim, hofizi Qurʼon boʻlgan Amir Temur bobomiz boʻladilar. Marsel Brionning "Men kim Sohibqiron jahongir Temur" asarida Sultonıya yepiskopining unga yoʻllagan xatida yuqoridagi jumlalarni oʻqishimiz mumkin 33 Amir Temur oʻz yurishlaridan birida Firdavsiyning qabriga duch keladi va achinarli ahvoldagi qabrning holatidan ranjib oʻsha yurt hokimlariga qabrtosh qoʻyib, atrofini gumbaz bilan oʻrashni tayinlab ketadi. Bir necha yildan soʻng Amir Temur bu yurtga yana qaytadi hamda qabrni koʻzdan kechirish uchun tashrif buyuradi. Amir Temur bu safar kamchilik topmaydi biroq qabrtoshni oʻzgartirish kerakligini aytadi. Savol: nima uchun qabrtosh Amir Temurga maʼqul kelmagan? javob: qabrtoshga arab tilida yozilgan edi. Firdavsiy esa fors tilida ijod qilgan. Shu sabab Amir Temur yangi qabrtosh yasatib, unga arab va fors tilida shoir haqida yozib qoʻyishlarini aytib ketadi. 34- Бир куни Амир Темур душман қабила билан етти кунга сулх тузади. Лекин муддат тугамасдан Амир Темур хужумни бошлайди. Шу билан бирга бобокалонимиз қасамни бузмаганман деб айтади. Буни кандай изохлайди? Жавоб: Амир Темур тунда ҳужум қилади, сулх эса етти кунга тузилган эди! 35- Hindistonda avallari sanitariya holati yaxshi bòlmagan. Ayniqsa quduqlardagi suvdan mahaliy aholi bemalol icha olsada, muhojirlar bu suvdan kasallanishgan. 1398 yili Amir Temur Hindistonni zabt etganda uning askarlari ham huddi shu muammoga duch kelishgan. Hind diyorida kòp uchraydigan bu nemat ularning joniga aro kiradi. Bu narsa xar bir lashkarga turli xil mahsulotlarga qòshib tarqatilgan Diqqat savol: Bu nemat nima? javob: Limon, 36- Odil, Adolat ismlari bejizga musulmon olamida ko‘p uchramaydi. Amir Temur davrida "Kuch adolatda" deya millat ongiga singdirilgan. Umuman olganda shariatimizda ham guvohlik beruvchi kimsa "odil" bo‘lishi kerak, deya ta'kidlanadi.Savol: Qanday kishi "odil" hisoblanadi? javob: nafs va zino (haromdan) saqlagan kishi. Izoh: Sudxo‘rlik va o‘zganing molini yeyish (o‘g‘rilik, poraxo‘rlik) kabi yo‘llar bilan og‘zi bulg‘anmagan, zino va unga boshlovchi ishlarga mubtalo bo‘lmagan kishi shariatimizda "odil" hisoblanadi va guvohligi qabul etiladi, 37- Turonga kelgan Rui Gonsales de Klavixo Amir Temur chiqargan bir farmon haqida shunday ma'lumot beradi: "Agarda u talab qilsa hatto imperiya hukmdori Amir Temurning o'g'li , shaxzoda bo'lsa ham, hatto u Soxibqironning xotini bo'lsa ham... otdan tushishga majburdir. Savol: Kim edi bunday g'oyatda ulkan huquqqa ega bo'lgan insonlar? javob: Choparlar, Agarda choparning oti yo'lda o'lib qolsa, u istalgan odamni otdan tushurib otini minib ketishi mumkin. Agarda u shaxzoda bo'lsa ham, hatto malika bo'lsa ham otdan tushishga majbur! " Axborot- g'alaba kalitidir, 38- Amir Temur To'xtamishga qarshi yurishi davomida askarlarining muzlagan daryolardan o'tish chog'ida otlarning sirpanib yiqilib jaroxat olishi ko'p talofat yetkaza boshlaydi va ular bunga qarshi samarali bir usul qo'llashadi. Biz bu usulni xozir xam ko'p qollaymiz. Savol bu qanday usul? javob. Kigiz o'ramalarini to'shashgan va o'tib bo'lgach qayta yig'ib olishgan. Izoh: xozirda xam qish paytlari ko'plab binolar kiraverishi tashqari tomindan gilam yoki junli materiallar to'shab qoyilganinga guvoh bo'lamiz. 39- Oʻrta Osiyo xalqlari orasida shunday afsona bor: "Amir Temur davlat boshqaruvida tartib qoidalarni "X"lardagi tartib qoidalarni asos qilib olgan" deyishadi. Bu qanchalik haqiqat ekanligini bilmadim-u, "X"larning birdamlikdagi yashash tarzini o’rgangan odamlar uchun esa bu fikr toʻgʻri.SAVOL: Gapdagi "X"lar deganda nimalar yoki kimlarni nazarda tutishganligini aniq qilib yozib bering? javob.CHUMOLILAR, 40- Amir Temur har bir shaharni egallaganidan keyin bu yerdagi ularni to'plab, kundalik yemak- ichmaklarini berishni va ularga biror vazifa, ish berishlarini buyuradi! Hamda barchasini tamg'alab, eski ishlarini qilmaslikni buyuradi. Agar ular yana eski ishlarini qiladigan bo'lishsa uzoq mamlakatlarga sotib yuboringlar deydi. Savol: ular kim? javob. Ular gadolar edi. Amir Temur o'z davlati hududida gadolar bo'lishini istamagan. Dinimiz ham 1 kunlik yeb-ichishidan ortiq narsa uchun tilanchilik qiladiganlarni qoralagan! Manba: "Temur tuzuklari", 41- Ayrim manbalarga ko‘ra Amir Temur ular sonini 112 taga yetkazgan ekan. Buning natijaida Temur qo‘shinida tuyalar, jirafalar va hattoki harbiy mashinalar paydo bo‘lgan. Savol bu nima? javob.Shaxmat doskasidagi kataklar. Ularning soni 64 dona, 42- Rimdagi Leonardo da Vinchi haykali, Shahrisabzdagi Amir Temur haykali, Italiyadagi Donki Xot haykali , Andijondagi Bobur haykali. Diqqat savol, dunyoning turli burchaklarida, turli millat vakillariga qurilgan ushbu haykallarni qaysi jihat boglab turibdi? javob. Ularning bari ot ustida turgan holatda qilib yasattirilgan 43- utun turk xalqlarining bosh milliy qahramoni Amir Temurning Hofiz Sheroziy bilan bo'lgan suhbatdagi gaplariga e'tibor bering: " X yozarini izlagan xalq baxtlidir, bitikchisi X ni izlab yurgan xalq esa baxtsizdir. Savol: savoldan yiroqlashmagan holda aytingchi X o‘rnidagi so‘z qaysi? javob. Amir edi, 44- Amir Temur Samarqand atrofida qad ko‘targan bir qancha yangi qishloqlarni Sultoniya,Sheroz va Dimishq va hokozo nomlarda nomlashgan.Qishloqlarni bunday nomlamishidan ko‘zlangan maqsad boridi! Sizlar menga shunga o‘xshash maqsadda nomlangan bizga malum va mashhur bo‘lgan qishloq nomini ayting.Yordam o‘rnida biz u qishloqni 1979-yilda suratga olingan kinofilm orqali yaxshi bilamiz avob: Parij(Forish) O‘sha mashhur Chinor ostidagi duel kinofilmidagi Parij(Forish) qishlog‘i.Amir Temur Dimishq yani Damashq,Misr,Bag‘dod,Sultoniya, va Sheroz kabi nomlarni Samarqand yaqinidagi qishloqlarga berishidan maqsad Samarqand go‘zalligi,kattaligi hamda tevarak-atrofi obod etilgani jihatidan ham dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog‘i lozim edi!, 45- Amir Temur o'z qo'shini qurollantirganida ularning sovuti va qalqonlarida mayda teshikchalar bulgan. Savol nega bunday bulgan. javob. Sovut va qalqonlarning og'irligi yengil bo'lishi maqsadida edi. 46- Lotinchada tuzilish maʼnosini bildiruvchi U ning tarixiga nazar soladigan boʻlsak Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan. Bugungi kundagi koʻrinishi esa qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analarini mujassam etgan. U ning yaratilishida 1990 yil 20 iyundagi unutilmas voqea poydevor boʻlganligini inobatga olib U ni toping Javob: KONSTITUTSIYA 47- Yorga yetkur sabo... kim makr qilmishdir manġa... Qildi ersa kimga makrin... qaytadur bir kun anġa... Amir Temur bu turkiy baytni kimga yozgan? Javob: Amir Husayinga 48- Buyuk sohibqiron Amir Temur oʻz qoʻshinining ruhiy ustunligini va jangovorligini oshirish maqsadida bir shunday usuldan foydalangan. U nima boʻlishi mumkin? Yordam tariqasida aytishim mumkinki u hozirgi kunda ham mavjud Javob:Qoʻshinda alohida musiqachilar saqlangan. 49- Siz Amir Temur bobomizning ot ustida qo'lida otning jilovini tutib turgan haykalini kurgan bo'lsangiz kerak,Siz menga Islom Karimov taʼbiri bilan aytganda bu holat qanday ma'noni anglatishini ayting? JAVOB DAVLATDA NAYZA KUTARGAN KUCHLI ODAMLAR KO'P BO'LGANLIGI BILAN BOSHQARUV JILOVI AMIR TEMUR QO'LIDA BO'LGANLIGINI ANGLATGAN. 50- Amir Temur uzugini qôlga kiritish uchun Afg'oniston qiroli Muhammad Zohirshoh temuriy hukmdorlarning birining qabrini ochadi va uzukni qõlga kiritadi. Bu Temurzodaning bir paytlar shu uzuk tufayli barmog'ini kesishmoqchi bõlganini bilgan holda uzukning sôngi egasi bõlgan Temuriy Hukmdorni toping Javob: Husayn Boyqaro Download 433.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling