Nawayi mamleketlik kanshilik texnologiyalar universiteti janindagi nokis kanshilik instituti 1-a-ki studenti


Download 236.58 Kb.
bet1/3
Sana17.12.2022
Hajmi236.58 Kb.
#1026257
  1   2   3
Bog'liq
To‘maris va Shirоq

NAWAYI MAMLEKETLIK KANSHILIK TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI JANINDAGI NOKIS KANSHILIK INSTITUTI 1-A-KI STUDENTI

Bajardi: NZANOV RASHID

Mavzu: To‘maris va Shirоq haqidagi afsоnalar



T oʻmaris - (mil. avv. VI asr) - Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Toʻmaris (mil. av. 6-asr) — Turon xalqlarining axomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qad. yunon tarixchisi Gerodoshnpng "Tarix" (mil. av. 5-asr) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, T. massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. T. massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.


Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda T.ning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bn Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. T. oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay

forslar oʻrtasidagi jang tafeilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: "Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻklari tugagach, ular nayza va qilich bn kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 y. shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (T.)ning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan". T.ning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan "Oysuluv" dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida T. faoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim "Toʻmaris" qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov "Toʻmaris" (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida "Toʻmaris oʻyinlari" festivali oʻtkazilmoqda.


Download 236.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling