1 «Ana xolos»


Download 17.56 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi17.56 Kb.
#1054788
1   2   3   4   5
7-vaziyat. «Men sezyapmanki - Siz o’tayotgan darslarning menga foydasi tegmayapti. SHuning uchun darslaringizga umuman kelgim kelmayapti», - dedi talaba o’qituvchiga. Sizning javobingiz qanday bo’ladi? Javob variantlari:
1) «Bekorchi (foydasiz) gapni gapirma!»;
2) «Obbo, shunchalikka bordingmi-a!»;
3) «Balki o’zingizga boshqa o’qituvchini toparsiz?»;
4) «Nima uchun Sizda shunday istak vujudga kelganligini bilmoqchi edim, bafurja so’zlab bering»;
5) «Keling, birgalikda Sizning oldingizda turgan muammoni hal etaylik!»;
6) «Balki Sizning muammongizni boshqacha yo’l bilan hal etarmiz»;
7) . . . . . . . . . . . . . . .
8-vaziyat. Talaba o’qituvchiga ochiqchasiga «Men qila olmaydigan ishning o’zi yo’q. Siz o’qitayotgan faningizni o’zlashtirish ham men uchun hech gap emas», - deya ishonch bilan aytadi. Sizning javobingiz:
1) «Siz o’zingizga juda yuqori baho berar ekansiz»;
2) «Sizning qobiliyatingizni hisobga olsam bunga ishonmayman!»;
3) «Siz shunday der ekansiz, demak, o’zingizga ishonasiz»;
4) «Ha, shubhasiz, agar Siz xohlasang, albatta, ko’zlagan maqsadingga erisha olishingizni bilaman»;
5) «Bu Sizdan katta kuch va mehnatni talab qilsa kerak»;
6) «O’ziga nisbatan ortiqcha ishonch bildirish ishni amalga oshirishda zarar etkazadi»;
7) . . . . . . . . . . . . . . .
9-vaziyat. O’qituvchi tomonidan rag`batlantirish eshitgan talaba o’quv fanini o’zlashtirishi uchun ko’p shug`ullanishi zarur emas deb hisoblab, o’rtoqlariga: «Meni etarli darajada qobiliyatli inson deb hisoblaydilar», - dedi. o’rtoqlarining o’rnida bo’lganingizda unga qanday javob bergan bo’lar edingiz? Javob variantlari:
1) «Bunga munosibligiga shubham bor»;
2) «Sen hozirgacha o’zlashtirgan bilimlarning va muammolarning echimini topishdagi qiyinchiliklar bunday deyishingga asos bo’la olmaydi»;
3) «Ko’pgina insonlar o’zini qobiliyatli deb hisoblaydilar, aslida esa bu fikrdan yiroq bo’ladilar»;
4) «O’zing haqingda ijobiy fikrda ekanligingdan xursandman»;
5) «Unda o’qishga yanada jiddiy yondashishing kerak bo’ladi»;
6) «Fikringga qaraganda sen o’z qobiliyatingga ishonqiramay gapirayotganga o’xshaysan»;
7) . . . . . . . . . . . . . . .

Download 17.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling