1. Anionlarning umumiy tavsifi. Anionlar aralashmasining taxlili


Download 1.76 Mb.
Sana17.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1206202
Bog'liq
AFKK 5-MARUZA


Mavzu:Anionlarning umumiy tavsifi. Tarkibi noma’lum moddalar taxlili.

Reja.
1.Anionlarning umumiy tavsifi.
2.Anionlar aralashmasining taxlili.
3.Tarkibi noma’lum moddalar taxlili.

Anionlar analizining o‘ziga xos xususiyatlari
Anionlar aralashmasining sifat analizi kationlar aralashmasining sifat analizidan tubdan farq qiladi.
Anionlar kumushli va bariyli tuzlarining eruvchanligiga ko‘ra
3 ta analitik gruppaga bo‘linadi. Bu klassifikatsiyaga ko‘ra:




Kationlar aralashmasining analizidan farqli o‘laroq, anionlar aralashmasi analizida ayrim anionlarni eritmadan ajratmasdanto‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlash maqsadga muvofiq. Buning sababi,anionlar ko‘pincha bir-birining ochilishiga xalaqit bermaydi. Shunga muvofiq cho‘ktiruvchi reaktivlar anionlar gruppalarini bir-biridan ajratish uchun emas, balki ularni topish uchun qo‘llaniladi.


Anionlarga xos xususiy reaksiyalarni bajarishda shuni nazarda tutish kerakki, ko‘pgina anionlarning bariyli yoki kumushli tuzlarining tashqi ko‘rinishi juda o‘xshash bo‘ladi. Shuning uchun cho‘kmani kislotalarda yoki boshqa reaktivlarda qay darajada erishiga alohida e’tibor berish lozim.
2–3 tomchi eritmadan hosil qilingan cho‘kma bir necha tomchi suyultirilgan kislota (taxminan 2 N li) da qoldiqsiz yoki juda ham oz qoldiq bilan erisa, uni eruvchan, agar taxminan 10 tomchi kislota (yoki boshqa reaktiv) qo‘shilganda ham erish boshlanmasa yoki eritmaning erishi sezilarli darajada bo‘lmasa, u holda cho‘kma erimaydigan deb hisoblanadi. Shu munosabat bilan anionlarga xos xususiy reaksiyalarni yozish uchun kationlarning xususiy reaksiyalarini yozishga tavsiya etilgan jadval biroz o‘zgartirilgan holda taklif etiladi.


Birinchi analitik gruppa anionlarining umumiy tavsifi

Birinchi analitik gruppa anionlari aralashmasining analizi
Anionlar aralashmasining analizi kamdan-kam hollarda sistematik analiz sxemasiga asosan bajariladi. Buning qator sabablari bor. Ulardan biri turli tabiiy va sanoat obyektlaridagi anionlar soni ko‘pincha cheklangan boiadi. Shuning uchun ham anionlar analizi eritmani boiib-boiib tekshirish usuli yordamida bajariladi. Biroq ayrim hollarda sistematik analiz sxemasi anionlarni gruppalar va gruppachalarga boiishda ishlatiladi. Barcha hollarda ham analizni taxminiy sinashlardan boshlash maqsadga muvofiq, bunda ayrim ionlaming ishtiroki aniqlangandan so‘ng analiz sxemasi soddalashishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, kaliy, natriy va ammoniydan ko‘pchilik kationlar qator anionlar bilan cho‘kmalar hosil qilganligi uchun analizni qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham boshqa kationlar natriy karbonat bilan qaynatib eritmadan yo‘qotilishi kerak. Anionlar aralashmasida oksidlovchi va qaytaruvchi xossalarini namoyon qiladigan anionlar ham boiishi mumkin. Ular analizni juda murakkablashtirib yuboradi. Bunday anionlaming o‘zaro ta’sirlashishi oqibatida bir ko‘rinishdagi anion boshqa ko‘rinishga o‘tib qolishi mumkin.
Anionlar aralashmasining analizini quyidagi ketma ketlik asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Taxminiy sinashlar.










Tarkibi noma’lum moddalar taxlili.














Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling