1. Antik davr yodgorligi Mingtepa yodgorligining o'rganilish tarixi


Download 22.45 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi22.45 Kb.
#1018309
1   2
Bog'liq
ANTIK DAVR YODGORLIGI MINGTEPA YODGORLIGINING O\'RGANILISH TARIXI

Qo’yqirilganqal’a – To’rtko’l tumani hududida joylashib, aylana shaklda qurilgan, hajmi 86,5 m mudofaa devor bilan o’rab olinib, 9 ta kungur bilan mustahkamlangan. Kungurlar yon tomonga emas, devordan ancha baland qilib qurilgan. Yodgorlik markaziy qismida tsilindr shaklida (hajmi 42 m) ikki qavatli inshoot qurilgan. Yodgorlikda astronomik kuzatishlar olib borilgan, keyingi tarixiy davrda qabristonga aylangan (loydan yasalgan ossuariylar ko’plab topilgan).
Tuproqqal’a – Ellikqal’a tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 17 ga: Tuproqqal’a yodgorligining qurilishi tarixi masalasida turli fikrlar mavjud. Tuproqqal’ada eng qadimiy madaniy qatlamgacha tadqiqot ishlari olib borilgan emas, shuning uchun ham uning qurilish xronologiyasi munozarali bo’lib qolmoqda. Bizningcha yodgorlik mil.av. IV asrda qurilgan bo’lsa kerak.

Arxeologlarning e’tirof etishicha, “Mingtepa” yodgorligi inshootiga oid osori-atiqalar Farg‘ona vodiysidagi boshqa biror bir antik davr yodgorligida uchramaydi. “Mingtepa” yodgorligini o‘rganish, ilmiy tadqiq etish ishlari o‘tgan asrning 40-50-yillaridan boshlangan. O‘tgan yillar davomida “Mingtepa” xarobalari o‘rnida arxeolog-olimlar qazishma ishlarini olib borgan, ko‘plab qadimiy osori-atiqalar topilgan. bugungi kunda ham bu yerda izlanishlar davom etmoqda. Ayniqsa, 2012 yildan tarix fanlari doktori, professor Boqijon Matboboyev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti arxeolog olimlari hamkorligida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida qadimiy poytaxt shahar xarobalaridan qimmatli topilmalar, moddiy ashyolar topilgan. Topilgan ashyolar, to‘plangan manbalardan kelib chiqib, 2017 yilda 2 ming yildan ziyod vaqt avval “Mingtepa” Farg‘ona vodiysidagi eng yirik, rivojlangan qasr-shahar bo‘lganligi, qator tarixiy manbalarda ta’kidlanganidek, Dovon davlati poytaxti Ershi, keyinchalik Mingtepa deb qayta nomlangan shahar ekanligi va uning joylashgan o‘rni haqida ma’lumot va ilmiy xulosalar e’lon qilindi.


Yodgorlik hududidan topilgan osori-atiqalar, qurilish inshootlari qoldiqlari, kulolchilik idishlari, hayvon suyaklari va toshdan yasalgan yorg‘uchoqlar, xum idishlar, palahmonlar Mingtepaning haqiqatan ham o‘z vaqtida rivojlangan shahar bo‘lganini tasdiqladi. Olimlarning ta’kidlashicha, sopol idishlarga tirnab bezak berish vodiyda eramiz boshlarida yuksak darajaga yetgan. Mingtepada ana shunday tasvirlar tushirilgan sopol parchalari topilgan. Birida jangchi va qush, ikkinchisida esa ot tasviri tushirilgan. Mazkur nafis tasvirlar ajdodlarimizning yuksak did va mahoratidan darak beradi. Eng muhimi, shaharning ichki va tashqi devorlari juda murakkab va har qanday hujumga dosh beradigan qilib qurilgan. 
Ammo tashqi shahar va uni devorlari bugungacha saqlanmagan. Ichki shahar maydoni ham deyarli buzilib, ekin ekish uchun o‘zlashtirilib yuborilgan. 

– Hozirda “Mingtepa”ning ichki mudofaa devori hamda minoralari saqlanib qolingan, – deydi tadqiqotchi-tarixchi Shahlo Husanova. – Mudofaa devorining shimol va janub tomonlarida 12 tadan 24 ta, sharq va g‘arb tomonlarida 20 tadan 40 ta, jami 64 ta kuzatuv va qo‘riqlov minoralari bo‘lgan. Hozirga qadar 52 ta mudofaa devorlaridagi minoralar saqlangan. Mudofaa devorining umumiy uzunligi 2 ming 600 metr, tashqi devor bundan ham uzun bo‘lgan. Demak, o‘z davrida Mingtepa ikki qator mudofaa inshooti bilan o‘rab olingan mustahkam qal’a-shahar bo‘lgan. Bunday mustahkam mudofaa inshooti Farg‘ona vodiysidagi antik davrga tegishli boshqa birorta yodgorlikda aniqlanmagan. Hududda olib borilgan qazishma ishlarida uzunligi 30 metrcha, eni 140-170 santimetr bo‘lgan tosh yo‘lak aniqlandi. Mayda tosh to‘shalgan bunday yo‘l “Mingtepa” yodgorligining janubida ham topildi. Shuningdek, qazishmalarda yirik hajmdagi ko‘plab idish parchalari, xumlar qazib olindi. Arxeologlarning fikrlariga ko‘ra, bu topilmalar teri ishlash (ko‘nchilik) yoki to‘qimachilik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki mutaxassislar tekshirganlarida xumlar ostki qismi yer ostiga kovlab bir tekis qilib o‘rnatilgan va atrofi maxsus loy - qir (turpoq, kul va ohak aralashmasi) bilan o‘ralgan (gidroizolyatsiya qilingan). Mazkur topilmalar ehtimol Xitoy manbalari tilga olgan uzum sharbati ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Ya’ni, xitoylik tarixchilar manbaalarida Farg‘ona vodiysida uzum va uzum sharbati (may) yetishtirish rivojlanganligi qayd etiladi. 


Xalq orasida Mingtepa, Lo‘mbitepa, Jingirtepa deb nomlanuvchi tepaliklar borki, ularni o‘rganish, tadqiqot ishlarini olib borish bugungi kunda arxeolog olimlari oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Mingtepadagi tarixiy maskanlar, ziyoratgohlar va yodgorliklarni saqlash, obodonlashtirish, boy madaniy merosni tiklash, ana shu yo‘nalishdagi ezgu ishlarni keng jamoatchilik o‘rtasida ommalashtirish maqsadida 2018 yilda Marhamat tumanida “Mingtepa – madaniy meros” jamoat fondi tashkil etildi. bugungi kunda fond tomonidan Mingtepa yodgorligi va tumandagi boshqa tarixiy ziyoratgohlarning ahamiyati haqida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Download 22.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling