1. Antonimlar haqida maʼlumot Antonimlardan nutqda foydalanish
Download 0.82 Mb.
|
Mengliboyeva Dilafroʻz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Paronimlar haqida maʼlumot 4. Paronimlarning qoʻllanish xususiyatlari. Antonim
- Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!
Termiz davlat pedagogika instituti boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 22-11 guruh talabasi Mengliboyeva Dilafroʻzning ona tili oʻqitish savodxonligi metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Antonimlar, paronimlarning asosiy turlari va nutqda qo’llanish xususiyatlari Reja: 1.Antonimlar haqida maʼlumot 2.Antonimlardan nutqda foydalanish. 3. Paronimlar haqida maʼlumot 4. Paronimlarning qoʻllanish xususiyatlari. Antonim yunoncha anti – zid va onyma – ism so‘zlaridan olingan bo‘lib, bir- biriga qarama-qarshi bo‘lgan ma’noli so‘zlardir. Masalan: arzon-qimmat, birlashmoq-tarqalmoq, dono-nodon, ixcham-qo‘pol, ozmoq-semirmoq, mag‘lub-g‘olib kabi. Antonim Ot Sifat Ravish Feʼl 1. Ot antonimlar. Yoz – qish, azob – rohat, ezgulik – yovuzlik, boy- kambag‘al, podsho – gado, shodlik – qayg‘u 2. Sifat antonimlar. Vafosiz – vafodor, dangasa – ishchan, zehnli – zehnsiz, majburiy – ixtiyoriy, ixcham – qo‘pol 3. Ravish antonimlar. Avvalgi – keyingi, tez – sekin, ko‘p – oz, doim – vaqtincha. 4. Fe’l so‘z turkumi. Yaxshilamoq – yomonlamoq, isimoq – ovumoq, kuchaytirmoq – susaytirmoq Antonimlar nutqni jozibali, ta’sirchan bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ulardan xalq og‘zaki ijodida, jumladan, maqollar va matallarda unumli foydalaniladi. Masalan, tilimizda “Yaxshi bilan yurdim yetdim murodga, yomon bilan yurdim qoldim uyatga”, “Yaxshi topib gapiradi, yomon – qopib”, “Yaxshidan ot qoladi, yomondan – dod” ko‘rinishidagi maqollar ko‘p uchraydi. Paronimlar (talaffuzdosh so’zlar) - yunoncha para – “yonida”, onyma – “nom” so`zlaridan hosil qilingan bo`lib, aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma'nosi har xil bo’lgan so’zlardir. Paronimlar ko’pincha bir tovush bilan bir-biridan farq qiladi: asr - asir, shox - shoh, amr - amir. Paronimlar ba'zan og’zaki nutqda, badiiy asarlarda uchraydi. Ular bir so’z turkumiga ham, turli so’z turkumlariga ham oid bo’lishi mumkin: zirak (ot) - ziyrak (sifat); asr (ot) - asir (ot). Paronimlarning quyidagi turlari mavjud: Paronimlar Leksik paronimlar Frazeologik paronimlar 1. Lug’aviy (lеksik) paronimlar: shox-shoh, asl-asil, nufuz-nufus, dara-dala, dadil-dalil; 2. Frazеologik paronimlar: joni kirdi (rohatlanmoq) – jon kirdi (tеtiklashmoq), og’ziga qaramoq (tinglamoq) – og’ziga qaratmoq (mahliyo qilmoq)., nufuz-nufus, dara-dala, dadil-dalil; 2) frazеologik paronimlar: joni kirdi (rohatlanmoq) – jon kirdi (tеtiklashmoq), og’ziga qaramoq (tinglamoq) – og’ziga qaratmoq (mahliyo qilmoq). Eʼtiboringiz uchun rahmat!!! Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling