1. Apparat ta’minoti va dasturiy ta’minot o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday


Blokli kiritish/chiqarish tushunchasi


Download 0.55 Mb.
bet8/25
Sana24.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1115945
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
Документ 5

15. Blokli kiritish/chiqarish tushunchasi
Boshqa xususiyati bo‘yicha kiritish/chiqarish qurilmalarni blokli va belgili turlariga ajratish mumkin. Blokli qurilmalar har birining o‘z manzili bo‘lgan, belgilangan uzinlikdagi bloklarda axborotni saqlovchi qurilmalarni o‘z ichiga oladi. Blok hajmi odatda 512 dan 65536 baytgacha o‘zgaradi. Blokli qurilmaning muhim xususiyatlaridan biri, har bir blok qolgan bloklardan mustaqil o‘qish va yozish mumkinligidir. Eng keng tarqalgan blokli qurilmalar – bu qattiq disklar, Blu-ray disklari va USB flesh xotira. Agar e’tibor bilan qaralsa qurilmalar o‘rtasida chegara blok bo‘yicha manzillanadi, va qurilma qa’tiy belgilanmagan to‘g‘ridanto‘g‘ri manzillash mumkin bo‘lmagan alohida qurilmani ko‘rish mumkin. Disk blokli manzillash qurilmasiga asoslangan, chunki diskni o‘quvchi qurilma joriy holatiga bog‘liqlikdan tashqari har doim uni belgilangan silindrga o‘tkazish, so‘ng kerakli yo‘lakka alohida blokni yozish yoki o‘qish mumkin bo‘ladi. Magnitli tasma (magnitafon) - diskni zahira nusxalarini saqlash uchun ishlatiladi. Tasmada blok ketma-ketlikda saqlanadi. Agar magnitafon, bir nechta buyruqlarni o‘qishni buyursa, undan tasmani qaytadan o‘rash talab etiladi va jarayon hali beri yakunlovchi blokni berguncha ma’lumot o‘qish boshlanadi. Bu operatsiya diskda bloklarni izlashga o‘xshaydi, u sezilarli darajada katta vaqtni oladi. 16. Direct Memory Access (DMA) tushunchasi
Ma’lumotni uzatish tugagandan so‘ng, qurilma kontrolleri uzilish orqali qurilma drayveriga uning ishlashi tugaganligi to‘g‘risida xabar beradi. Keyin qurilma drayveri boshqaruvni operatsion tizimga qaytaradi, agar operatsiya o‘qilgan bo‘lsa, ma’lumot yoki ko‘rsatgich ma’lumoti qaytariladi. Boshqa operatsiyalar uchun qurilma drayveri holat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qaytaradi. Uzilishga asoslangan kiritish/chiqarish bu kichik hajmdagi ma’lumotlarni ko‘chirish uchun juda yaxshi, ammo katta hajmdagi ma’lumotni, masalan, kiritish/chiqarish diskini ko‘chirishda foydalanilganda juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xotiraga kirish (DMA - direct memory access) ishlatiladi. Kiritish/chiqarish qurilmasi uchun buferlar, ko‘rsatkichlar va hisoblagichlarni o‘rnatgandan so‘ng, qurilma boshqaruvchisi butun ma’lumotlar blokini CPU aralashuvisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki o‘z buferli saqlash xotirasidan xotiraga uzatadi. Har bir blok uchun qurilma drayverini operatsiya tugaganligi to‘g‘risida xabardor qilish uchun faqat bitta uzilish yaratiladi. Qurilma kontrolleri ushbu operatsiyalarni bajarayotganda, boshqa vazifalarni bajarish uchun markaziy protsessor mavjud

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling