TEST DTM 14-son Telegram: @ozbekiston_tarixi_testlar
O’zbekiston Tarixi
https://t.me/ozbekiston_tarixi_testlar
1. Arab tili fonetikasi va morfologiyasiga
bag‘ishlangan Mahmud az-Zamaxshariy
qalamiga mansub asarni aniqlang.
A) "Hidoya" B) "Tavilot a’hl as-sunna"
C) "Al-Mufassal" D) "Al-Kashshof"
2. Musulmonqul o‘z mavqeyini yo‘qotmaslik
yo‘lida ruslar bilan aloqa o‘rnatishga intilib rus
qo‘mondonligi vakillaridan kim bilan maxfiy
ravishda uchrashadi?
A) A.V.Voskovoynikov B) V.V.Velyaminov-Zernov
C) N.S.Mixaylov D) A.T.Beznosikov
3. Muhammad Ali 1840-yilda quyidagi qaysi
hududlarni boshqarishni meros qilib qoldirish
huquqini qo‘lga kiritdi?
1) Misr; 2) Tunis; 3) Jazoir; 4) Suriya;
5) Sudan; 6) Efiopiya.
A) 2, 4 B) 3, 6 C) 1, 5 D) 1, 2
4. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
tuzilgan sanani toping.
A) 1993-yil yanvar B) 1992-yil yanvar
C) 1992-yil noyabr D) 1991-yil sentabr
5. “Ekspansiya” so‘zi qaysi tildan olinganligini
aniqlang.
A) yunon B) lotin C) fransuz D) ispan
6. Turor Risqulov nechanchi yilda o‘lka
Musulmonlar byurosi (Musbyuro) raisi bo‘lgan?
A) 1919-yilda B) 1920-yilda
C) 1923-yilda D) 1922-yilda
7. Davlat hokimiyatini bo‘lish, ya’ni ijro etuvchi
hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan
ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat
arbobini aniqlang.
A)
B)
C)
D)
8. Tarixga "Afrika yili" sifatida kirgan yilni
toping.
A) 1955-yil B) 1960-yil C) 1949-yil D) 1970-yil
9. Quyidagi qaysi hukmdorlar XIV asrda
hukmronlik qilgan?
1) Mexmet II; 2) Roman IV Diogen; 3) Muhammad
Tug‘luq; 4) O‘rxon; 5) Shamsiddin Eltutmish
A) 1, 5 B) 3, 4 C) 2, 3 D) 4, 5
10. Ibrohimbiy va Rajab Sulton Buxoro taxtini
egallash uchun kimlardan yordam so‘ragan edi?
A) qoraqalpoqlardan
B) qalmoqlardan
C) ko‘chmanchi qozoqlardan
D) qipchoqlardan
11. Nemis knyazlari tomonidan Fridrix II qirol
deb tan olinganidan necha yil o‘tib, u imperator
deb e’lon qilingan?
A) 12 yil B) 8 yil C) 10 yil D) 11 yil
12. Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni
yoddan bilgan va o‘zi ham madrasa talabalariga
ma’ruzalar o‘qib turgan?
A) Amir Muzaffar B) Doniyolbiy
C) Amir Haydar D) Abdulahad
13. Xan sulolasi davrida Xitoyda mavjud yerlar
kimning mulki hisoblangan?
A) amaldorlarning
B) qishloq jamoalarining
C) harbiy lashkarboshilarning
D) hukmdorning
14. 1451-yida temuriy shahzodalar Abu Said
bilan Mirzo Abdulla o‘rtasida jang qayerda
bo‘lgan?
A) Damashq qishlog‘i yaqinida
B) Ray viloyati yaqinida
C) Tarnob yaqinida
D) Sheroz qishlog‘i yaqinida
15. Marv, Nishopur, Ray shaharlari nechanchi
yillarda Xorazmshoh Takash tomonidan zabt
etilgan?
A) 1172-1179-yillar B) 1153-1164-yillar
C) 1183-1192-yillar D) 1187-1193-yillar
16. 1908-yilda Avstriya-Vengriya quyidagi qaysi
davlatni bosib olgan?
A) Serbiya va Chernogoriyani
B) Bosniya va Chernogoriyani
C) Bosniya va Gersegovinani
D) Gersegovina va Serbiyani
17. Rasmda tasvirlangan voqeani aniqlang?
TEST DTM 14-son Telegram: @ozbekiston_tarixi_testlar
O’zbekiston Tarixi
https://t.me/ozbekiston_tarixi_testlar
A) Sipohiylar qo‘zg‘oloni (1857-yil)
B) AQSHda fuqarolar urushi (1861-1865-yillar)
C) Argentina mustaqillik kurashi (1810-yillar)
D) Qrim urushi (1853-1856-yillar)
18. Qoraqalpoq xalqining jiddiy tus olgan va
qariyb o‘n yil davom etgan qo‘zg‘oloni rahbarini
aniqlang.
A) Maman botir B) Oydo‘stbiy
C) Bobo Go‘klan D) Ernazarbiy
19. Amir Doniyolbiy davrida qaysi
viloyatlarning mustaqillikka intilishlari
kuchaygan?
A) Shahrisabz, Qarshi, Hisor, Urgut
B) Balx, Hisor, Ko‘lob, O‘ratepa
C) Balx, Hisor, Boysun, Qarshi
D) Qarshi, Balx, Hisor, O‘ratepa
20. Quyidagi qaysi asarda Chingizxonning
Movarounnahrga istilosi, Dashti Qipchoqda
Abulxayrxon davlatining tashkil etilishi,
Shayboniyxonning harbiy yurishlari, uning
o‘limidan so‘ng Movarounnahrda vujudga
kelgan ahvol haqida ma’lumotlar berilgan?
A) Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma"
asarida
B) Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy"
asarida
C) Kamoliddin Binoiyning "Shayboniynoma"
asarida
D) Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma"
asarida
Do'stlaringiz bilan baham: |