1. Aristotel haqida


Notiqlik sa`nati haqida Aristotelning falsafiy qarashlari


Download 19.74 Kb.
bet3/3
Sana15.10.2023
Hajmi19.74 Kb.
#1704414
1   2   3
Bog'liq
Aristotelning notiqlik sa`nati ta`limoti

3. Notiqlik sa`nati haqida Aristotelning falsafiy qarashlari

3. Aristotelning «Ritorika»si uch kitobdan tashkil topgan. Asaming birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqidagi fikr va mulohazalardan iborat bo‘Isa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga juda katta ahamiyat beriladi. Olimning fikricha, notiq tilidagi turli «qorishmalar», ya’ni so‘zlarning noto‘gri va noto'rin talaffuz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikmi ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so'zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez yetishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari, Aristotel notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazil mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metofaralami qo‘llasa, nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar ko'payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi.


Arsitotel notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi:
Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash).
Materialni joylashtirish shakli (rejasi).
Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish).
Materialni socz yordamida to‘g‘ri aks ettirish.
Materialni to‘g‘ri talaffuz etish.
Aristotelning fikrlari hozirgi kunda ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda

Foydalanilgan Adabiyotlar ro`yxati:


1.N.Bekmirzayev ,,Notiqlik san`ati asoslar’’ Toshkent 2008y, Oliy ta`lim muassalari uchun
2.Muhammadjon Qodirov ,,Markaziy Osiyo ,Yaqin va O`rta sharqning falsafiy tafakkurlari’’ Toshkent 2009y
3.Ziyo.net
http://fayllar.org
Download 19.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling