1. Arra va uning turlari haqida ma’lumot. Arralash va arralardan foydalanish


Download 391.98 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi391.98 Kb.
#1355112
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Arra va uning turlari haqida ma’lumot. Arralash va arralardan


Miter arra

Arralash va arra turlari mavzusini o’qitish metodikasi.

Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1.Arra va uning turlari haqida ma’lumot.
2.Arralash va arralardan foydalanish.
3.Duradgorlikda arralarning ishlatilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
O'zbekiston Respublikasi «yangi biznesni qo‘llab-quvvatlash» deb ataladigan mezon bo‘yicha jahonda 42-o‘rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha 32-o‘rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qo‘llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo‘yicha 75-o‘rinni egallab turibdi. «Kichik biznes subyektlariga kredit berish» deb nomlanadigan ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston so‘nggi uch yilda 154-o‘rindan 42-o‘ringa ko‘tarildi va o‘tgan yilning o‘zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.


Prezidentimiz I.A.Karimovning ma’ruzalarida va Hukumatimiz Qarorlarida sanoatni tubdan isloh qilish, hususan, yog’ochsozlik korxonalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashga jiddiy e’tibor berilmoqda, kelgusidagi rejalar belgilab qo’yilgan.
Respublikamiz yog'ochsozlik sanoatida asosan chetdan keltiriladigan yog'och xom ashyosidan foydalanib kelingan. Hozirda Respublikamiz hududida o'rmonzorlar, to'qayzorlar, daraxtzorlar, bog'lar va aholi tomorqalarida ham qurilish va mebelda ishlatiladigan daraxtlarni yetishtirish yo'lga qo'yilgan. Hozirgi kunga kelib mebel sanoati uchun xorijdan dumaloq yog'ochlar keltirilishi keskin kamaydi, keltiriladigan yog'och materiallarning asosiy qismini arralangan materiallar tashkil qiladi.
Dunyoda yiliga 400 mln. m2 dan ortiq arralangan materiallar ishlab chiqariladi. Aholi sonining ortishi bilan mebel va yog'och buyumlariga, qurilish materiallariga bo'lgan talab ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda yog'och tilish jarayonlari yog'ochga dastlabki mexanik ishlob berish orqali muayyan turdagi arralangan mahsulotlarni yetkazib beradigan hamda chiqindisiz ishlab chiqarishga aylanib bormoqda. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, Respublikamiz mebel sanoati uchun mahalliy yog'ochlardan arralangan materiallar olish bo’yicha kam chiqimli texnologiyalar juda ham zarur.
O’tmishga nazar tashlasak, yurtimizda yog’och mahsulotlaridan binolarni qurishda, me’moriy bezaklarda, ro’zg’or buyumlari ishlab chiqarishda, musiqa asboblari, duradgorlik buyumlari ishlab chiqarish va boshqa ko’plab sohalarda keng foydalanilgan. Yurtimizdagi mahalliy yog’ochlardan ishlangan biyumlar haligacha me’moriy obidalarimizni, muzeylarimizni bezab turibdi. Hozirgi kunda ham yog’och ustalari, o’ymakorlar tomonidan tut, eman, zarang, o’rik, chinor, qayrag’och, olcha, tol, yong’oq kabi daraxtlar yog’ochidan yasalgan namunalar, konstruksiyalar va bezaklar har qanday insonni lol qoldiradi. Mahalliy yog’ochlarimiz estetik ko’rinishi, tez yetilishi, yetarli darajada mustahkamligi sababli ulardan buyum olish Respublikamiz iqtisodiyoti uchun juda muhim.
Yog'och tilishda dumaloq yog'ochlar avvalo arralangan materiallar shakliga keltiriladi. Bunday texnologiyalar hozirda yurtimizda gorizontal lenta arrali yog'och tilish dastgohlari, bir qavatli piloramalar, ba'zi hollarda esa disk arrali yog'och tilish dastgohlarida amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda har xil yog'och turlaridan olingan arralangan materiallar bino va uy-joy qurilishida, mebel va duradgorlik buyumlari ishlab chiqarishda samarali qo‘llanilmoqda. Bo‘lg'usi mutaxassislar mahalliy yog'och turlarining ko‘payishini inobatga olgan holda hamda chetdan keltiriladigan yog'och xom ashyosidan tejab foydalanish uchun arralangan materiallar olish texnologiyasini chuqur o‘zlashtirishlari zarur.
Mazkur kurs loyihasida qarag’ay daraxti xodalaridan arralangan materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi loyihalangan. Buni amalga oshirish uchun gorizontal lenta arrali jihozda brusli-razval usulida taxtalarni olish rejalashtirilgan. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng mebel ishlab chiqarish va yog'ochsozlik korxonalari davlat ixtiyoridan chiqarilib xususiylashtirildi. Ushbu tadbir o'z vaqtida amalga oshirilgan yagona to'g'ri yo'l ekanligini bugungi kundagi erishilgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan ham ko'rishimiz mumkin. Hozirgi kunda Respublikamizda kichik biznes va tadbirkorlikka, xususan mebel va qurilish buyumlari ishlab chiqarishga keng yo'l ochilgan. Prezident Islom Karimov "Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari"ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida bu haqda quyidagilarni ta'kidlab o'tdilar.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng mebel ishlab chiqarish va yog'ochsozlik korxonalari davlat ixtiyoridan chiqarilib xususiylashtirildi. Ushbu tadbir o'z vaqtida amalga oshirilgan yagona to'g'ri yo'l ekanligini bugungi kundagi erishilgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan ham ko'rishimiz mumkin. Hozirgi kunda Respublikamizda kichik biznes va tadbirkorlikka, xususan mebel va qurilish buyumlari ishlab chiqarishga keng yo'l ochilgan. Prezident Islom Karimov "Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari"ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida bu haqda quyidagilarni ta'kidlab o'tdilar.

Download 391.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling