Amaliy ish №3 portlovchi materiallarni noturar-joy bino, yertо‘la va boshqa xonalarda saqlash
Download 44.6 Kb.
|
3-amaliy bpi xav qoi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Portlovchi materiallarni temir yо‘l vagonlarida saqlash
AMALIY ISH №3 PORTLOVCHI MATERIALLARNI NOTURAR-JOY BINO, YERTО‘LA VA BOSHQA XONALARDA SAQLASH Noturar-joy bino, yertо‘la va boshqa xonalarda PAni qisqa muddatli saqlashda, bitta imoratdagi PMning miqdori 3 t dan va detonatorlarni soni detonatsiyalovchi va olovо‘tar shnurlarni ( OShni yoqish vositalarini) tegishli miqdori bilan 10 ming donadan oshmasligi kerak. Detonatorlarni ichki tomonidan kigiz, tashqi tomonidan metall list qoplangan yog‘och qutilarga joylashtirishi kerak. Qutilar PMdan 2 m uzoq masofaga qо‘yilishi va qulf bilan bekitilishi kerak. Portlovchi materiallarni temir yо‘l vagonlarida saqlash 1.1. Ikki о‘qli alohida vagonda kо‘pi bilan 3 t PM yoki 10 ming dona detonator, 10 ming don noelektrik detonator (NSI) va 1000 m detonatsiyalovchi shnurlarni saqlashga ruxsat etiladi. 1.2.Tо‘rt о‘qli alohida vagonda kо‘pi bilan 6 t portlovchi modda yoki 20 ming dona detonator, 20 ming don noelektrik detonator (NSI) va 2000 m detonatsiyalovchi shnurlarni saqlashga ruxsat etiladi. Aytilgan hollarda birgalikda saqlanadigan olovо‘tar shnur va uni yoqish vositalarining miqdori chegaralanmaydi. 1.3. PA bilan birgalikda ikki о‘qli vagonda kо‘pi bilan 1 t PM yoki 5 ming dona detonator, 5 ming don noelektrik detonator (NSI), 1000 m detonatsiyalovchi shnur va zarur miqdordagi olovо‘tar shnurlarni (OShni yoqish vositalarini), tо‘rt о‘qli vagonda esa ikki barobar kо‘p PAni saqlashga ruxsat etiladi. 1.4. PM, TV va NPAni birgalikda saqlashga mо‘ljallangan vagonlarni yog‘och tо‘siqlar bilan uch bо‘linmaga bо‘lish kerak. Vagonning chetgi bо‘linmasi PM, TV va NPAni saqlashga, о‘rtadagisi (tambur) PAni berish uchun xizmat qiladi. Bо‘linmaga kirish eshiklari butun va kamida 1,8x0,9 m о‘lchamga ega bо‘lishi kerak. 1.5. PAni saqlash uchun jihozlangan vagonlar soz va tormozga, tormozlash maydonchasiga ega bо‘lishi kerak. Kо‘mir va ozon alangalanadigan materiallarni tashishda foydalanilgan vagonlarga PAni joylashtirishdan oldin, ularni bu mahsulotlardan tozalash va ishqorli suv bilan yuvish zarur. 1.6. Vagonlarning eshiklari zich biriktirilgan va ichki tomonidan yupqa taxta list bilan qoplangan bо‘lishi kerak. Vagonga kirish uchun, uning bir tomonidan ichkariga ochiladigan kamida 1,8x0,9 m о‘lchamga ega bо‘lgan eshik о‘rnatish zarur. Vagon о‘t о‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bо‘lishi lozim. 1.7. PAni berish, shuningdek ularni qoldiqlarini qabul qilish faqat vagon boshi berk va zaxira yо‘llarda bajarilishi zarur va bu yо‘llar bilan sanoat va turar-joy qurilishlari, magistral yо‘li orasidagi stansiya (о‘tish joyi) boshlig‘i bilan kelishuvga kо‘ra aniqlanadigan masofa, lekin kamida 125 m bо‘lishi kerak. Avtomobil trasportining vagonga borishi uchun qulay borish joyi bо‘lishi kerak. 1.8. PA yuklangan vagonlar bilan ixtiyoriy manevrlarni boshlashda oldin, shuningdek bunday vagonlar yо‘lda harakatlanayotganda barcha lyuklar yopiq, vagonlar kulf bilan bekitilgan va plombalangan bо‘lishi kerak. PA joylangan quti, xaltalar mahkamlangan bо‘lishi kerak. 1.9. Tungi paytlarda PA saqlanadigan vagon boshi berk va zaxira yо‘llarda tursa, u kо‘rinadigan signal bilan belgilanishi kerak. Qolganlarida esa О‘zbekiston Respublikasi ћududida portlovchi materiallarni temir yо‘l transportida tashish qoidalari talablariga roiya etilishi zarur. Download 44.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling