Amaliy ish №3 portlovchi materiallarni noturar-joy bino, yertо‘la va boshqa xonalarda saqlash
PA saqlanadigan yerosti va chuqurlashtirilgan omborlar
Download 44.6 Kb.
|
3-amaliy bpi xav qoi
6. PA saqlanadigan yerosti va chuqurlashtirilgan omborlar
PAni yerosti omborlari, tarqatish kameralari, uchastka saqlash punktlari 1.32. Yerosti sharoitlarida PA alohida jihozlangan inshoot-kamera yoki bо‘linmalarga joylashtirilishi kerak, ularni bittasidagi portlash yonidagilarga joylangan PMga detonatsiya bermaydigan bо‘lishi kerak. Yerosti ombori PA saqlanadigan kamera yoki bо‘linmalar joylashgan faqat omborga mо‘ljallangan inshootlar, ularga olib boradigan ishootlar va yordamchi kameralardan tarkib topishi kerak. Yordamchi kameralarga quyidagilar tegishli bо‘ladi: - elektrodetonatlarni tekshirish yoki yoqish naychalarini tayyorlash va detonatorlarni markalash kamerasi; - PA tarqatish kamerasi; - portlatish ishlarini mexanizatsiyalash vositalari joylashtiriladigan kamera; - kassetalar va sumkalar saqlanadigan kamera; - elektrtaqsimlash qurilmalari va yong‘inga qarshi vositalari joylashtiriladigan kamera. Sanab о‘tilgan kameralar omborga olib boradigan boshi berk ishootlarga joylashtirilishi mumkin. PA saqlanadigan yerosti va chuqurlashtirilgan omborlarida portlatish, nazorat va о‘lchash asboblari va qurilmalari, shuningdek kassetalar va sumkalar maxsus stellajlarda yoki shkaflarda saqlanadi. PA saqlanadigan har bir omborni korxonaga chiqadigan telefon aloqa yoki dispetcherga chiqadigan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri telefon aloqa bilan ta’minlash kerak. Yerosti omborlarining faqat portlamaydiganlarida akkumulyatorli yuklagichlar yoki boshqa yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi. PA saqlanadigan uchastka punktlaridan korxona rahbarlari tomonidan tasdiqlangan yо‘riqnomalarga muvofiq ravishda foydalanish zarur. 1.33. Kо‘mir va slanets shaxtalarida qisqa fursatli va fursatli (belgilangan vaqtda) portlatish usullari bilan portlatish ishlarini olib borish uchun, yerosti chiqimli omborlari va tarqatish kameralarida tegishli sharoitda foydalanish uchun ruxsat etilgan portlash fursatini xar bir pog‘onasi ega bо‘lgan elektrodetonatorlardan bir qutidan saqlash kerak. 1.34. PA saqlanadigan yerosti omborlarining joylashishi quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) qulasa butun shaxtaga yoki uni katta qismiga toza havo kelishini tо‘sishi mumkin bо‘lgan shaxta svtoli va stvololdi, shuningdek shamollatish eshigidan omborning ixtiyoriy eng yaqin nuqtasigacha bо‘lgan masofa, kamerali omborlar uchun kamida 100 m, bо‘linma turidagi omborlar uchun kamida 60 m bо‘lishi kerak; b) kamera turidagi omborlarga odamlar doim о‘tishi uchun xizmat qiladigan inshootlardan eng yaqin bо‘linma yoki kameralargacha bо‘lgan masofa, kamerali omborlar uchun kamida 25 m va bо‘linma turidagi omborlar uchun esa 20 m bо‘lishi kerak; v) yuzadan omborgacha bо‘lgan masofa kamerali omborlar uchun kamida 30 m va bо‘linma turidagi omborlar uchun esa 15 m bо‘lishi kerak; g) PA saqlanadigan bо‘linma yoki kameralar joylashgan inshootlarni bosh inshootlarga, olib boradigan tо‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli bir-biriga tо‘g‘ri burchak ostida joylashgan kamida uchta inshootlar bilan biriktirish zarur. Omborga olib boradigan inshootlar uzunligi kamida 2 m va kesimini maydoni kamida 4 m2 boshi berk joy bilan tugashi kerak; d) yuklagichlar ishlatiladigan PA ombori asosiy inshootining eni, ularni 900 ga buriladigan harakatini ta’minlashi va yuklash-tushirish mexanizmlarni yuk ortilgan holatdagi maksimal о‘lchamidan katta, shu shumladan egri chiziqli uchastkalarda eni bо‘yich har qaysi tomondan kamida 60 sm va yoritgichdan balandlik bо‘yicha kamida 50 sm ktta bо‘lishi kerak; ye) har bir sklad odamlar uchun ikkita chiqish joyiga ega bо‘lishi kerak. Metropoliten va tonnellar qurilishida, shuningdek yerosti geologiya-qidiruv inshootlarini о‘tkazishda hajmi 1 t PMdan ortmaydigan chiqish joyi bitta bо‘lgan vaqtinchalik PA omborlariga ega bо‘lishi ga ruxsat etiladi; j) metropolitenlarni qurish, tonnellarni barpo etish va geologik tashkilot tomonidan yerosti geologiya-qidiruv inshootlarini о‘tkazishda shaxta stvoli, kamera va asosiy ta’minot magistrali (suv chiqarish va shamollatish quvurlari, kabellar) о‘tkazilgan inshootlardan eng yaqin bо‘linma yoki kameralargacha bо‘lgan, va odamlar о‘tishi uchun yordamchi inshootlargacha bо‘lgan masofa kamida 15 m bо‘lishi kerak; z) PA omborida relsli yо‘l mavjud bо‘lganda, ularni elektroizolyatsiyasini umumshaxtadan ta’minlash kerak. Izoh: 1.35. Imoratlardagi portlatishni tarqalishiga yо‘l qо‘ymaydigan, loyiha bilan belgilangan temir eshiklarni imoratlar va kirish joylari orasiga о‘rnatish shartida, kamera (bо‘linma) joylashtirilgan inshootlarni kam sonli olib boruvchi inshootlar bilan bosh inshootlarga biriktirishga ruxsat etiladi. 1.36. PA omborlarini bosh yо‘nalishlar inshootlari, qiyaliklar, bremsberglar va ular yonidagi qatnovlar orasiga joylashtirishga ruxsat etilmaydi. 1.37. PA omborining barcha inshootlari yonmas tiraklar bilan mahkamlangan va ohaklangan bо‘lishi kerak. Bardoshli jinslarda olib boruvchi inshootlarni mahkamlash shart emas. 1.38. Toza havo oqimi bilan omborni shamollatish zarur. Omborga uzatiladigan havoning miqdori barcha inshootlarda uni tо‘rt soatlik almashinuvini ta’minlash kerak. Ombordan chiqayotgan havo oqimini toza havo oqimi bо‘lgan inshootlarga yо‘naltirish man etiladi. 1.39. PA ombori yong‘in о‘chirishni birlamchi vositalari ( о‘tо‘chirgich, qumli qutilar, suvli idishlar) bilan ta’minlangan bо‘lishi kerak. Ishlar xavfsizligi bо‘yicha ekspert-tashkilot roziligi bilan avtomatlashtirilgan yong‘in о‘chirishni vositalari bilan ta’minlashga ruxsat etiladi. Yong‘in о‘chirishni vositalarini soni va joylashtirilishi HKQQ komandiri bilan kelishiladi. Ombor kameralari yoki bо‘linmalariga olib boradigan inshootlarni boshlanish qismiga yong‘inga qarshi eshiklar о‘rnatilgan bо‘lishi kerak. 1.40.. Gaz yoki chang bо‘yicha xavfli shaxtalarni (konlarni) olib boradigan inshootlari va PA ombolarida portlatishdan himoyalab tayyorlangan, boshqa shaxtalarda esa normal konga moslab tayyorlangan elektr jihozlardan foydalanish zarur. Omborlar va olib boradigan inshootlarni yoritish uchun elektr tarmoqni qо‘rg‘oshin yoki polivinilxlorid qobiqli bronlangan kabellar yoki yonmas izolyatsiyali va qobiqli egiluvchan kabellar bilan о‘tkazishga ruxsat etiladi. Yoritish qurilmalarini energiya bilan ta’minlash uchun 220 V dan ortiq bо‘lmagan (liniyaviy) kuchlanishdan foydalanish kerak. Yoritish tarmog‘ini tok qochishidan himoya qilish kerak. Olib boradigan inshootlar, yordamchi kameralar inshoot tomiga osilgan yoritgichlar, PA saqlanadigan kamera (bо‘linma) esa eshik tepasiga joylashtirilgan karniz orqali olib boradigan inshootdan qiya chiroq bilan yoritiladi. 1.41. PA saqlanadigan yerosti omborlarini avtomatik quriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlashda signal korxona (kon, shaxta va shu kabilar) navbatchisini (dispetcherini) pultiga chiqishini ta’minlash kerak. 1.42. Changi portlatishi bо‘yicha xavfli bо‘lgan qatlamlar qaziladigan kо‘mir va slanets shaxtalarida, PA ombori va tarqatish kameralariga olib boradigan inshootlarda ikki tomondan slanetsli yoki suvli tо‘siq о‘rnatilgan bо‘lishi kerak, inshootlarni о‘zini esa davriy ravishda slanetslab yoki о‘tirib qolgan changlardan tozalab turish kerak. 1.43. Omborlarni chiqish eshiklari yoniga va PA tarqatish kameralariga telefon о‘rnatilgan bо‘lishi kerak. 1.44. Yerosti tarqatish kameralarida PAni miqdori, saqlanishi va quriqlash tartibi PA saqlanadigan yerosti omborlaridagi kabi bо‘lishi kerak. Bunda PM va TVni saqlash bir-biridan g‘isht, beton va shundayin kamida 25 sm qalinlikdagi devor bilan ajratilgan bо‘limlarda saqlanishi kerak. Tarqatish kameralarida portlatuvchi tomonidan PA tarqatadigan joy jihozlanishi kerak. 1.45. Tarqatish kameralari odamlarni passajir vagonga о‘tqazish va kon massasini yuklash-tushirish joyidan kamida 200 m uzoqda qurilgan bо‘lishi kerak. PM sig‘imi 1000 kg gacha bо‘lgan tarqatish kameralari gorizontlar inshootlarini kengaytirish bilan jihozlanishi, umumshaxta depressiyasi hisobiga toza havo oqimi shamollatilishi mumkin va balandligi bо‘yicha butunlay g‘isht, beton va shundayin kamida 25 sm qalinlikdagi devor bilan tо‘silishi kerak. PM sig‘imi 1000 kg dan ortiq bо‘lgan tarqatish kamerasi odamlar doim о‘tishi uchun xizmat qiladigan inshootlardan kamida 25 m masofada maxsus ajratilgan PA omborlaridek shamollatiladigan inshootga joylashtirilishi zarur. 1.46. Tarqatish kameralari yonmas tiraklar bilan mahkamlangan va turg‘un yoritishga ega bо‘lishi kerak. Shuningdek olib boradigan inshootlar ham kamida 5 m masofaga yonmas tiraklar bilan mahkamlangan bо‘lishi kerak. Tarqatish kamerasiga olib boradigan inshootlarda PAni tarqatish va qabul qilish uchun darchasi bо‘lgan yaxlit(yong‘inga qarshi) va panjali metall eshiklar bо‘lishi kerak. Eshiklar ishonchli zanjirlarga ega bо‘lishi kerak. Tarqatish kameralariga PAni joylashtirish uchun stellajlar qurish, portlatish mashinkalari, simlar, nazorat-о‘lchash asboblari, gidrotiqinlash uchun polietilen xaltalar, ampulalar va shu kabilarni qutilarga qо‘yish kerak. Zavod о‘ramida bо‘lgan PMlar shtabellarda saqlanishi mumkin. Havo oqimi keladigan tomondan tarqatish kamerasi yoniga telefon о‘rnatilgan va yong‘in о‘chirishni vositalari saqlanadigan punkt jihozlangan bо‘lishi kerak. 1.47. PA saqlanadigan uchastka punktlari panjarali devorlar (tо‘siqlar) bilan tо‘silgan inshoot yoki inshootning maxsus metall shkaflar (qutilar) yoki PAli qulflanadigan konteynerlar о‘rnatilgan qismi qо‘rinishida bо‘lishi kerak. Punkt eshigi ichiga botirilgan qulf bilan bekitilishi kerak. 1.48. Uchastka punktlarida PA saqlanadigan shkaflar (konteynerlar) sifatida qalinligi kamida 2 mm bо‘lgan metall listlardan tayyorlagan metall seyflar yoki qutilar, shuningdek metall qopqoqlar bilan jihozlangan shaxta vagonchalaridan foydalanish zarur. Kо‘rsatib о‘tilgan PA sig‘imlarini bevosita inshootga tо‘siqlar bilan ajratib joylashtirish yoki chuqurlarga о‘rnatish kerak. 1.49. PAni birgalikda saqlaganda shkaf (quti) kamida uch bо‘limga bо‘linishi: PM va DShni joylashtirish uchun, portlatish va nazorat-о‘lchash asboblari, simlar va shu kabilarni saqlash uchun, yoqish naychasi yoki elektrodetonatorli kassetalari (sumkalari) uchun mо‘ljallangan bо‘lishi kerak.Detonatorlar saqlanadigan bо‘limning barcha devorlari ichki tomonidan yumshoq materiallar bilan qoplangan bо‘lishi kerak. 1.50. Uchastka punktlaridagi PA saqlanadigan metall shkaflar zaminlangan bо‘lishi zarur. Bunda о‘tish qarshiligi 2 Om dan oshmasligi kerak. Solishtirma qarshiligi yuqori bо‘lgan jinslarda о‘tish qarshiligining qiymati mahalliy yо‘riqnomalar bilan belgilanadi. 1.51. Portlatish ishlari bajariladigan joylar yaqinida PA saqlashga mо‘ljallangan alohida metall quti va konteynerlar (seyflar) Yо‘riqnomaning 6.16 va 6.17 bandlari talablariga javob berishi va ichiga botirilgan qulfga ega bо‘lishi kerak. 1.52. PM (TV) mavjud bо‘lgan PA ombori, PA saqlanadigan tarqatish kameralari yoki uchastka punktlariga 30 m dan yaqin masofada portlatish ishlarini bajarish man etiladi. Download 44.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling