Yarim dudlangan kolbasalar
Download 29.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqyarim dudlangan maxsulotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval Yarim dudlangan kolbasalarning aminokisloa tarkibi
- Korsatkichlar Yarim dudlangan kolbasalar Xom dudlangan kolbasalar
Yarim dudlangan kolbasalar Bu kolbasalar ishlatiladigan xom ashyo turlari va tayyorlash texnologiyasi boyicha qaynatilgan kolbasalardan birmuncha farq qilsada, lekin qiyma tayyorlash jarayonlari bir-biriga juda oxshashdir. Yarim dudlangan kolbasalar tayyorlashda batonlar gaz haroratida pishirilgandan keyin, bugda pishirilib, sovitiladi. Sovitilgandan keyin batonlar 35-500 S haroratda 12-24 soat mobaynida dudlanadi. Songra kolbasa batonlari 120 S haroratda, havoning nisbiy namligi 70-75 % bolgan sharoitda quritish kameralarida 2-4 sutka davomida quritiladi. Bu kolbasalar zich konsistensiyaga ega, ularda suv miqdori (35-60 %) qaynatilgan kolbasalardagiga nisbatan kam bolganligi uchun energiya berish qobiliyati yuqoridir. Yarim dudlangan kolbasalarning kimyoviy tarkibi, qiymaning retsepturasiga va xom ashyoning tarkibiga bogliq bolib, ular bir-biridan unchalik darajada farq qilmaydi. Malumki, gosht mahsulotlari, xususan kolbasa mahsulotlari inson organizmi uchun oqsillar va aminokislotalarning muhim manbai hisoblanadi. Quyidagi 1-jadvalda yarim dudlangan kolbasalar asosiy turlarining oqsillik qiymati va aminokislota tarkibi keltirildi. 1-jadval Yarim dudlangan kolbasalarning aminokisloa tarkibi
Bu jadval malumotlaridan korinib turibdiki, yarim dudlangan kolbasalar oqsillar manbai ekanligi bilan alohida diqqatga sazovordir. Yarim dudlangan kolbasa oqsillarining aminokislota tarkibi ham xilma-xildir. Kolbasa oqsillari tarkibida orin almashirmaydigan aminokislotalarning hammasi mavjud ekan (1-jadval) Yarim dudlangan kolbasalar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo sifatida 1-chi 2-chi navli mol goshti, yogsiz, kamyogli chochqa goshtlari ishlatiladi. SHuningdek, bu kolbasalar qiymasiga qoy dumbasi yogi, chochqa yogi, ziravorlar qoshiladi. Ishlatiladigan xom ashyoning turiga qarab yarim dudlangan kolbasalar oliy, 1-chi, 2-chi va 3-chi navlarga bolinadi. Oliy navli yarim dudlangan kolbasalarga Poltavskiy, Armavirskiy, Krakovskiy, Taplinskiy, Prikarpatskiy, Ukrainskiy qovurilgan kolbasalari kiradi. Poltavskiy kolbasa 1-navli mol goshtidan (30 %), kamyog chochqa goshtidan (30 %) va chochqa toshidan (40 %) tayyorlanadi. Qiymasining rangi toq pushti, tami-sal otkir, shorroq, sarimsoq va dud hidi kelib turadi. Batonlari-togri, jigar rang, ortasidan bitta boglangan bolib, suv miqdori 40 foizga yaqinni tashkil etadi. Armavirskiy kolbasa tarkibida kamyog chochqa goshti Poltavskiydan kora koproq, 1-navli mol goshti bilan chochqa toshi esa kamroq boladi. Batonlari togri yoki sal bukik har uchida bittadan boglangan boladi. Krakovskiy kolbasa tarkibi jihatidan Poltavskiyga oxshash lekin tarkibidagi kamyog chochqa goshti (4-%), chochqa goshti (30%) kubiklar shaklida mayda togralgan boladi. Ularning batonlarining shakli halqasimon, kondalang boglamlari bolmaydi. Ukrainskiy qovurilgan kolbasa faqat kamyog chochqa goshtidan qilinib, buning yarmi qiyma qilinadi, ikkinchi yarmini esa mayda qilib tograladi. Halqasimon shakldagi batonlarini pechlarda bir qovurib olinadi. Tallinskiy kolbasa mol goshti (55%), kamyog chochqa goshti (20%) va chochqa yogi (25%) dan tayyorlanadi. Batonlari togri, pastki uchidan bitta boglangan boladi. 1-chi navli yarim dudlangan kolbasalarga Ukrainskiy, CHochqa goshtli, Minskiy, Odesskiy, Mol goshtli kolbasalar kiradi. Birinchi navli yarim dudlangan kolbasalarning oliy navli yarim dudlangan kolbasalardan farqi shundaki, ular ikkinchi navli mol goshtidan, kamroq chochqa goshti va va chochqa toshi ishlatib tayyorlanadi. Ukrainskiy kolbasa tarkibida 50% ikkinchi navli mol goshti, 25% kamyog chochqa goshti va mayda togralgan chochqa goshti boladi. Minskiy kolbasa faqat birinchi navli mol goshti (30%) bilan yogli mol goshtidan (68%), kraxmal (2%), murch yoki qizil qalampir va sarimsoq qoshib tayyorlanadi. Kolbasaning tami shor, undan sarimsoq va dudlanganlik hidi kelib turadi. Odesskiy kolbasa tarkibida ikkinchi navli mol goshti, kamyog chochqa goshti, chochqa yogi va ziravorlar boladi. Batonlarining shakli xalqasimondir. 2-navli yarim dudlangan kolbasalarga Polskiy, Seminolatinskiy va qoy goshtli kolbasalar kiradi. Bu nav kolbasalar tarkibida birinchi navli yarim dudlangan kolbasalarga nisbatan ikkinchi navli mol goshti koproq, chochqa goshti kamroq, tosh orniga dumba yogi ishlatiladi. Polskiy kolbasasi tayyorlashda asosiy xom ashyo sifatida ikkinchi navli mol goshti (60%), kamyog chochqa goshti (25%) va mayda bolakchalarga bolaklangan chochqa toshi yoki dumba yogi (15%) ishlatiladi. Batonlarining uzunligi 15-20 sm, dastlabki batonda bir joyi boglangan boladi. Seminopalatinskiy kolbasasi ikkinchi navli mol goshti, kamyog chochqa goshti, gosht qiyqimi, submahsulotlar, tosh yoki dumba yog, kraxmal, qalampir va sarimsoq kabi xom ashyolardan tayyorlanadi. Qoy goshtli kolbasa tayyorlashda esa xom ashyo sifatida qoy goshti (80%), ikkinchi navli mol goshti (10%), dumba yogi (10%) ishlatiladi. Batonlari dastlab ikki joyidan boglanib, uzunligi 15-20 smdan qilib boglanadi. Uchinchi navli yarim dudlangan kolbasalar II kategoriya submahsulotlardan kraxmal va ziravorlar qoshib tayyorlanadi. Download 29.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling