Amaliy ish №3 portlovchi materiallarni noturar-joy bino, yertо‘la va boshqa xonalarda saqlash


Portlovchi materiallarni kemalarda saqlash


Download 44.6 Kb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi44.6 Kb.
#1206416
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-amaliy bpi xav qoi

Portlovchi materiallarni kemalarda saqlash

1.10. Portlatish ishlarini dengiz, daryo, kо‘l va suv havzalarida bajarganda, portlatuvchi materiallarni shu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan kemalarda saqlashga ruxsat etiladi.


Bunday kemalarni yaroqligi aniqlash va xonalarni (imoratlarni) qabul qilish belgilangan tartibda tomonidan, albatta “Sanoatkontexnazorat” DI ishtiroki bilan о‘tkazilishi kerak.
1.11. PAni kemalarga yuklash, tushirish va ularni harakati Dengiz yoki daryo floti bilan razryadli yuklarni tashish qoidalri talablariga muvofiq ravishda amalga oshirish zarur.
1.12. PA saqlanadigan imoratlarni, bu materiallarni saqlash uchun tegishli xonalariga ega bо‘lgan soz kemalargagina qurishga ruxsat etiladi. Dengizda portlatish ishlarini bajarishda PA saqlanadigan imorat sifatida о‘ziyurmas kemadan foydalanish man etiladi.
1.13. PAni birgalikda saqlashga mо‘ljallangan kema, eshiklari alohida bо‘lgan PM, TV va NPA saqlanadigan xonalarga ega bо‘lishi kerak. Qolganlarida, unga dengiz yoki daryo transporti bilan PAni tashish uchun belgilangan talablar qо‘yiladi.
1.14. Kemalar tо‘xtab turishi uchun bandargoh, turar-joy, sanoat va boshqa bino va inshootlardan uzoq xavfsiz masofadagi, va barcha hollarda kema yо‘lidan boshqa joy tanlanishi kerak.
1.15. Avval neftmahsuloti, kislota, bertolet tuzi yoki boshqa oson alangalanadigan materiallarni tashish uchun xizmat qilgan kemalarga PAni yuklashdan oldin, kemani ulardan tozalash va ishqorli suv bilan yuvish zarur.
1.16. PAlarni shunaqa joylash va maxkamlash kerak, toki kema chayqalgan, qiyshaygan, zarb olgan, botib qolgan va boshqa hollarda, ular yiqilmasligi, zarblanmasligi va boshqalariga imkon bо‘lmasin.
1.17. Yong‘in yoki kema uchun xavf tug‘ilganda PAni keyinchalik saqlash imkoni kapitan tomonidan hal etiladi.
1.18. PAli kemani sohil bо‘yiga qо‘yishda begona shaxslarni sohil bо‘ylab 50 m dan yaqin masofada kemaga yaqin kelishlariga yо‘l qо‘yilmaydi. Buning uchun sohildagi tо‘xtash joyi quruqlik tomonidan panjaralar (xodachalar, tikonli sim yoki arqon) bilan tо‘silgan bо‘lishi kerak. Tо‘siqning chekkalari sohildan suvga qarabkamida 3 m masofaga о‘tishi lozim.
1.19. PAni saqlash uchun mо‘ljallangan kemalar yashinhimoya bilan jihozlanishi zarur.
1.20. PAni qо‘llash bilan dengiz, kо‘l, suv omborlari va daryolarda maxsus (tubchuqurlashtirish, g‘avvoslik, geofizik va shu kabi) ishlarni bajaruvchi kemalarda PA bilan bir vaqtda boshqa yuklarni ham tashishga ruxsat etiladi.
1.21.PAni bevosita kema palubasida saqlashga faqat:
- kо‘pi bilan uch kunlik muddatga daryo kemalari yoki dengizga chiqadigan kemalarda;
- bir-biridan alohida saqlash shartida PM, TV va NPAni maxsus konteynerlarda (kandiklarda) ruxsat etiladi, konteynerlar (kandiklar) pishiq mahkamlangan, bundan tashqari kandiklar brezent bilan yopilishi kerak.
1.22. Texnik kemalarda PA imorati yoritilishi elektrli bо‘lib, simlari, yoritish armaturlari va о‘chirgichlari imorat tashqarisiga joylashtirilishi kerak. Avariyaviy yoritish sifatida akkumulyatorli yoritgichlardan foydalanish mumkin.
1.23. Maxsus ishlarni bajaradigan kemalarga PAni yuklash faqat boshqa yuklar ortilganidan keyin amalga oshirilishi lozim. Detonatorlarni oxirgi navbatda yuklash zarur.
1.24. Suzish paytida kemani PA imorati portlatish ishlari xodimlarining dlimiy nazoratida bо‘lishi kerak. Kema portda tо‘xtab turganda PA imorati yoniga qurolllangan soqchilarni kо‘yish zarur.
1.25. Kema reysdan qaytgan paytda barcha PA zudlik bilan sohilga olib о‘tilishi va PA omboriga topshirilishi kerak.



Download 44.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling