Amaliy ish №3 portlovchi materiallarni noturar-joy bino, yertо‘la va boshqa xonalarda saqlash


Portlovchi materiallarni avtomobil, tirkama va aravalarda saqlash


Download 44.6 Kb.
bet3/5
Sana17.02.2023
Hajmi44.6 Kb.
#1206416
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-amaliy bpi xav qoi

Portlovchi materiallarni avtomobil, tirkama va aravalarda saqlash
1.26. Kо‘chma holda bajariladigan ishlarda (seysmorazvedka, о‘rmon yо‘llari uchun trassani tozalash va shu kabilarda) PAni avtomobil, tirkama, arava va chanalarda (kо‘chma omborlarda) saqlashga ruxsat etiladi.
Bunday holatlarda transport vositalariga PAni avtomobil va ot-ulov transporti tashish uchun belgilangan talablar qо‘yiladi.
1.27. Kо‘chma omborlar avtomobil, tirkama, arava va chanalarga о‘rnatilgan va mahkam qotirilgan mustahkam furgondan iborat bо‘ladi.
Furgon dyuralyumin yoki tashqi tomonidan metall list bilan qoplangan va hamma tomonidan olovdan himoyalaydigan tarkib surtilgan bо‘lishi kerak.
Bunday PA ombori о‘ziyurar va о‘ziyurmas bо‘lishi mumkin.
Kuzovning oldingi qismida (pastki о‘ng burchagida) tezlatishi vositalarini uchun quti (bо‘lma) joylashtirilgan va uni yuklash uchun kuzovni tashqi tomonidan eshigi bо‘lishi kerak. Bunday quti ichki tomonidan yumshoq material (kigiz, rezina, porolon va boshqasi) bilan qoplanishi zarur. Kutini (bо‘lmani) tuzilishi, kutilmaganda tezlatishi vositalarini katta bо‘lmagan miqdori portlagan hollarda, detonatsiya portlovchi moddalarga uzatilishiga yо‘l qо‘ymaydigan bо‘lishi kerak.
Shuningdek furgonda portlovchi materiallar ombori mudiri (tarqatuvchisi) uchun ishchi joy jihozlanishi kerak.
Portlovchi moddalarni yuklash (tushirish) ham, furgonni о‘ng tomonida joylashgan eshik orqali bajarilishi zarur. Transport vosita kabinasiga о‘tkazilgan va eshik ochilganda ishlab ketadigan signalizatsiyani о‘rnatish sharti bilan, furgonni orqa devoriga eshik о‘rnatishga ruxsat etiladi.
PM, TV va NPA bо‘lmalari eshiklari о‘yma qulflar va qulf ilgagi chiqib ketgan hollarda eshik ochilishiga yо‘l qо‘ymaydigan moslamalar bilan ta’minlangan bо‘lishi zarur.
Furgon tashqaridan о‘tkazilgan himoya qobig‘i bо‘lgan elektrsimli plafonli kuzovning old qismi tepasiga о‘rnatilgan chiroq bilan yoritilishi kerak. Kuzovni ichkidan elektr simlarini о‘tkazishga yо‘l qо‘yilmaydi.
Kо‘chma ombor kuzovida metall panjarali derazalar bilan ta’minlanishi kerak. Furgonning oldingi derazalari transport vositasi kabinasining orqa derazalari sathida bо‘lishi kerak.
Kо‘chma о‘ziyurmas ombor bikr tirkama bilan shataklovchi transport vositasiga ulaydigan moslama va ehtiyot trosga ega bо‘lishi kerak.
Kо‘chma PA omborining texnik holati, jihozlari va butligi, uni harakatlantirishni tashkil etish va avariya holatlarini bartaraf etishga tayyorlanganligi “О‘zbekiston Respublikasi hududi bо‘yicha portlovchi moddalarni avtomobil transportida tashish qoidalari” talablariga javob berishi kerak.
О‘ziyurmas PA omborini tashishda shatakka olinadigan tirkamaning massasi shatakka oladigan trasport vositasi massasining yarimidan yoki shataklagich tortish kuchining tо‘rtdan uch qismidan ortmasligi kerak.



Download 44.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling