Amaliy ish №3 portlovchi materiallarni noturar-joy bino, yertо‘la va boshqa xonalarda saqlash


Portlovchi materiallarni chayla, g‘or va boshqa punktlarda saqlash


Download 44.6 Kb.
bet4/5
Sana17.02.2023
Hajmi44.6 Kb.
#1206416
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-amaliy bpi xav qoi

Portlovchi materiallarni chayla, g‘or va boshqa punktlarda saqlash
1.28.. Portlovchi materiallarni chayla, chodir, g‘or va shu kabilarda saqlashda yog‘in-sochin va quyosh nuri ta’siridan ularni saqlashni ta’minlash kerak.
PAni yerdan kamida 20 sm baland bо‘lgan yog‘och katga yotqilib qо‘yish zarur.
Hudud tо‘siqlar (xodachalar, sim yoki arqon) bilan tо‘silgan bо‘lishi kerak.


Portlovchi materiallar saqlanadigan maydonchalar
1.29. Shovush (muz oqishi) va suv toshqini zararidan obyektlarni muhofaza qilish bо‘yicha portlatish ishlari bajarilganda maxsus maydonchalarda PAni qisqa muddatli (kо‘pi bilan 30 kun) saqlashga ruxsat etiladi. Yalpi portlatish, geofizik va boshqa bir martalik ishlarni bajarish 90 sutkadan ortmasligi kerak. Bunda PAni barcha hollarda yerdan kamida 20 sm baland bо‘lgan yog‘och katga joylashtirish va ayvonga yoki brezent yopgich tagiga qо‘yish kerak.
1.30. Meliorativ qurilish ishlarida PAni vaqtinchalik maydonchalarda saqlash muddati va tartibi qurilish tashkiloti rahbarlari tomonidan “Sanoatkontexnazorat” DI va ichki ishlar organlari bilan kelishuv bо‘yicha о‘rnatilishi mumkin, lekin barcha hollarda maydonchalarni har yili qayta rо‘yxatdan о‘tkazish va foydalanishga qabul qilish bilan ikki yildan oshmasligi kerak.
1.31. Maydonchalarda PAni saqlashda tezlatish vositalarini PM detonatsiyasini uzatish bо‘yicha TVni aktiv zaryad deb qabul qilgan shartdan kelib chiqadigan xavfsiz masofadagi alohida maydonchalar yoki chodirlarga joylashtirish zarur.


5. Seyfli binolar va bino-seyflar
Ilmiy va о‘quv tashkilotlarida PA seyfli binolar va bino-seyflarda saqlanishi kerak. Bunday binolar yonmas devor va tо‘siqlarga ega bо‘lishi kerak. PA saqlanishiga mо‘ljallangan binoning yondosh xonalari, shuningdek ustda va ostidagi xonalarda odamlar doim turadigan ish joylari bо‘lmasligi kerak. Bu xonalarni qо‘shni binolardan kamida 25 sm bо‘lgan yaxlit yonmaydigan beton yoki g‘ishtli asosiy devor bilan bо‘lish kerak. Binoning eshigi olovbardoshlik chegarasi kamida 45 min bо‘lgan materialdan tayyorlanishi kerak.
Tezlatish vositalarini saqlashga mо‘ljallangan seyflar ichidan yumshoq material bilan qoplangan, zaminlangan va PMli seyfdan kamida 2 m uzoqqa joylashtirilgan bо‘lishi kerak.
Binlar о‘t uchirish va qо‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan bо‘lishi kerak.



Download 44.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling