1. "Asaka banki" aj ning O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni. "Asaka banki"


-rasm. “«ASAKA BANK» Qashqadaryo viloyati Qarshi filialining qo’mita va komissiyalari


Download 0.93 Mb.
bet2/10
Sana05.08.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1665309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
. “Asaka banki” AJ

1-rasm. “«ASAKA BANK» Qashqadaryo viloyati Qarshi filialining qo’mita va komissiyalari.
Auditorlik qo‘mitasi. Auditorlik qo‘mitasining vazifalari ichki audit Departamentining har bir o‘tkazilgan ichki audit bo‘yicha taqdim etadigan hisobotlarini o‘rganish. Ichki audit bo‘yicha har choraklik hisobotlarni o‘rganish va ularni bank Kengashiga taqdim etish, tashqi auditorlar uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishda bank Kengashiga ko‘maklashishdan iborat.
Bank xatarlarini nazorat qilish qo‘mitasi. Bank tavakkalchiligini nazorat qilish bo‘yicha qo‘mitaning vazifalariga tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha bank siyosatini ko‘rib chiqish va kelishish kiradi. Tavakkalchilikni boshqarish bo’yicha taomillarni kelishib olishda Qo‘mita qonunchilik normalari va bank Ustavi talablariga rioya etilgan holda, shuningdek bankning ijroiya organi, uning bo‘limlari va bank ishchilarining faoliyatini to‘g‘ri rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqishda, bank uchun tavakkalchilik va foydalilik o‘rtasidagi maqbul muvozanatga erishishga intilishi kerak.
Xodimlarni baholash, rivojlantirish va mukofotlar qo'mitasining vazifalari:

  • bank xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirish;

  • qo'yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun bank va uning tarkibiy bo'linmalarining sanoqli xodimlarini monitoring qilish va optimallashtirish;

  • korporativ qadriyatlarni rivojlantirish va bankning korporativ madaniyatini joriy etish;

  • bankning barcha xodimlariga individual ustamalar va boshqa turdagi rag'batlantirish to'lovlarini belgilash to'g'risida qaror qabul qilish (zarur bo'lganda);

  • bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlariga ish haqi va boshqa to'lov turlari bo'yicha ustamalar shkalasini belgilash;

  • bank xodimlarini o'qitish (qatnab o'qish va kechki o'qish) uchun to'lash to'g'risida qarorlar qabul qilish;

  • kollegial qarorga muhtoj bo'lgan xodimlar bilan ishlash masalalarini ko'rib chiqish.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling