1. Asosan, aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o‘tgan zamon


Download 274.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi274.23 Kb.
#1517824
Bog'liq
2 5373214033887367217



Ona tili 15 talik 
1.Asosan, aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o‘tgan zamon 
shakllaridagina keladigan gapga misol qaysi gapda mavjud? 
A) Amu–Buxoro kanali. Qaqragan ming-ming gektar yerlarga 
hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot. 
B) O‘ylamasdan berilgan topshiriqni bajarish shart emas. 
C) Sermanzara bog‘ni tomosha qilib yurgan edim. 
D) Sog‘liq tilasang, ko‘p yema. 
2. Mana, uy ham qurildi, suv quvurlari o‘tkazildi, elektrlashtirish va gazlashtirish 
ishlari bitkazildi. 
Ushbu misolning kesimi majhul nisbati shaklidan holi qilinsa, ega qanday sintaktik 
vazifada keladi? 
A) vositali toʻldiruvchi B) egaligicha qoladi 
C) qaratqichli aniqlovchi D) vositasiz toʻldiruvchi 
3. Bir soat o‘tar-o‘tmas hovli supurildi, so‘rida xontaxta va dasturxon tuzaldi, hovli 
yuziga suvlar sepildi, hovuz bo‘yi, xontaxta ustiga ko‘chma chiroqlar o‘rnatildi. 
Gapdagi egalar tarkibida oʻrniga koʻra til undoshi boʻlmagan nechta undosh 
mavjud? 
A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 4 ta 
4. Qaysi gapda bo'lishsizlik olmoshi ega vazifasida kelgan? 
A) U haqda hech qanaqa xat-xabar yo'q. 
B) Hech narsa yeyishni xohlamayman. 
C) Ustun bo'lgan emas dunyoga hech kim.
D) Haqing berma hech kimga. 
5. Qaysi javobda atov gap berilmagan? 
A) Hovli jimjit. Uydagilar ketib qolishgan. 
B) Bahor. Dalada ish qizg‘in. 
C) Yodimdadir: gul chog‘i erdi. 
D) Yam-yashil o'tov. Hulkar kelsa, sevinadi. 
6. Qaysi javobda sodda kesim(lar) qatnashgan gap berilgan? 
A) Toshkent O'zbekiston Respublikasining poytaxti hisoblanadi. 
B) Bugun to'garakka borishimiz lozim. 
C) U birdaniga to'nini teskari kiyib oldi. 
D) Mingbuloq o'zi yaxshi, suvi serob, lekin u qarovsiz. 


7. Bir kun ko‘zlarimdan qochdi uyqular, 
Bir kun yuragini ochdi tuyg‘ular. 
Men seni esladim entikib, yonib, 
Men seni izladim baridan tonib. 
Ushbu she’riy parchadagi egalarni aniqlang. 
A) bir kun, bir kun, seni, seni 
B) bir kun, bir kun, men, men 
C) uyqular, tuyg'ular, seni, seni 
D) uyqular, tuyg’ular, men, men 
8. Nomustaqil kesim shakli qaysi gapda qo‘llanmagan? 
A) Mehnat qilsang, baxting ochiladi. 
B) Kimki ulug’ bo‘lsa, unga xizmat kerak. 
C) Hamma ham sizday aqlli bo’lsa edi. 
D) Yerga ursang, ko’kka sapchiydi. 
9. Quyida berilgan gapdagi ibora qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?
Daladagi hosilni ko’rib, raisning boshi osmonga yetdi.
A) ega B) to'ldiruvchi C) kesim D) aniqlovchi 
10. Biror chaqirim yurilsa, bu yo’l katta guzarga olib chiqadi. 
Ushbu gapda majhul nisbatdagi fe’l shakli qanday sintaktik vazifada kelmoqda? 
A) kesim B) to'ldiruvchi C) hol D) ega 
11. Berilgan gapdagi qulog'iga quydi birikmasi qaysi qatorda to'g'ri izohlangan? 
1. Shifokor dorini bolaning qulog'iga quydi. 
2. Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini o'glining qulog‘iga quydi. 
A) har ikkala gapda: qulog'iga – to'ldiruvchi, quydi – sodda kesim 
B) 1-gapda: qulog'iga – to'ldiruvchi, quydi – sodda kesim; 2-gapda qulog'iga quydi 
– sodda kesim 
C) 1-gapda: qulog'iga – to'ldiruvchi, quydi – sodda kesim; 2-gapda qulog'iga quydi 
– murakkab kesim 
D) har ikkala gapda: qulog'iga quydi – murakkab kesim 
12. She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; 
uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi nechta 
sodda gapning kesimi yasama so‘z bilan ifodalangan? 
A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta 


13. Qulog‘im sizlarda, mehmonlar. Gapning egasini toping. 
A) mehmonlar B) sizlarda 
C) qulog'im D) ega ifodalanmagan 
14. Ayol qalbi tosh bo'lsa ham, allaqayeri paxtadan yumshoq, ipakdan mayin 
bo'ladi. Ushbu gapda gumon olmoshi qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan? 
A) o'rin holi B) to'ldiruvchi C) ega D) aniqlovchi 
15. Qo’llari ketmon, o‘roq, ayri ushlayverganidan g‘adirbudur, haqiqiy dehqon 
edilar. Ushbu gapda sifatlar qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan? 
A) aniqlovchi B) ega, kesim 
C) kesim, aniqlovchi D) aniqlovchi, hol

Download 274.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling