Norboyeva Sohibaning "Vaqt qadri"


Download 5.91 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi5.91 Kb.
#1840460
Bog'liq
Vaqt qadri


Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi
405-guruh talabasi
Norboyeva Sohibaning
"Vaqt qadri"
mavzusida tayyorlagan dars
t a q d i m o t i.
M A V Z U:
"Vaqting qadri"
Vaqting ketdi – naqding ketdi.
(Ertak)
Sizlarda shunday bo‘ladimi? Biror ish qilish zarurligini bilasiz-ku, ammo to‘satdan hamma vaqtingiz umuman kerak bo‘lmagan o‘yin bilan o‘tib ketadi.
Shaharchada kompyuter o‘yinlari xonasi ochildi-yu, hamma mittivoylar shu yerga qatnay boshlashdi. Uni kim ochdi, dersiz? Albatta, boshqa shaharchadan kelgan Foydaxo‘r.
U birin-ketin hamma joyda kompyuter xonalari ochib, ancha foyda ko‘rgan. Quvnoq shaharchada ham ishini davom ettirdi. Xona esa mijoz-o‘yinchilar bilan to‘ldi-qoldi. Foydaxo‘rning asosiy shiori: Vaqt – bu pul! Yarim soat o‘tirasizmi, bir soatmi, shunga qarab pul to‘lab ketaverasiz, pulingiz bo‘lmasa molingizdan hisob-kitob qilishingiz mumkin. Masalan, novvoy bo‘lib ishlayotgan Bo‘rsildoq kompyuter yoniga Foydaxo‘rga pul o‘rniga non tashiyapti. Chunki bor pulini o‘ynab tugatib bo‘lgan.
Foyda Foydaxo‘rning ko‘zini ko‘r qilib qo‘ygan. U hamma joyga e’lonlar osar, natijada maktablardagi o‘quvchilar darsga kirish o‘rniga kompyuter xonasiga qatnashar, haydovchilar ham o‘yinlarga qiziqib ketgani uchun, mashinalar to‘xtab qolgan, do‘konlar ham yopiq edi.
Shunday voqealar bo‘lib turganda, Qoyilbek qanday qilib bu bema’nigarchilikka chek qo‘yish mumkin, deb Ziyrakbekka maslahat soldi.
– Ha, o‘ylab ko‘rish kerak ekan!
Qoyilbek biroz o‘ylandi-da, ko‘zlari yorishib ketdi.
– Do‘stlar, men topdim! Mittilar orasida „Bir oy ichida nimalarga erishding?“ degan so‘rovnoma, so‘ng „Vaqting–baxting“ degan tanlovni ham o‘tkazamiz.
– Juda to‘g‘ri! Ziyrakbekka bu ish yoqdi.Tanlov boshlandi. Uni Yoqimtoy va Iltimosxonlar olib bordilar.
– Aziz do‘stlar! Iltimos, eshitinglar: „Ajoyib-g‘aroyib tanlovimiz ochiq!“ deb e’lon qilinadi. Biz sahnaga bir oy davomida yutuqlarni qo‘lga kiritgan, vaqti bekor ketmaganlarni taklif qilamiz. Yalolaxon yangi qo‘shig‘ini aytdi. Shirmoyxon yangi suratlarini olib keldi.Shunda sahnaga Bo‘rsildoq va Pufakvoylar ham taklif qilindi.
Marhamat, bir oy ichida qilgan foydali ishlaringizni aytib bering, – dedi ularga boshlovchilar.
Ishkalvoy yerga qaradi.– Men kompyuter o‘ynadim va o‘ttiz marta yutdim.– Bundan nima foyda ko‘rdingiz?
– Hech nima.
– Siz-chi, Bo‘rsildoq? Non yopib odamlarni xursand qildingizmi?
– Yo‘q, men non yopib qarzlarimni to‘ladim.
– Qanday qarzlaringizni?
– Har kuni kompyuter o‘ynaganim uchun yig‘ilgan qarzimni.
Endi esa, aziz do‘stlar, biz „Vaqting –baxting“ nomli tanlovning eng quvonchli daqiqalariga yetib keldik.– Biz g‘oliblarni mukofotlaymiz. Mukofotlarni topshirishni Ishbilarmonga bersak.
Ishbilarmon g‘olib ishtirokchilarni mukofotladi.Ayniqsa, Qoyilbek ko‘p maqtovlar oldi. Axir uning havoni tozalovchi moslamasi hamma uchun kerak edi-da.Pufakvoy va Bo‘rsildoq bekor o‘tgan vaqtlariga juda-juda achinishdi. Axir bir oyda qancha ishlar qilish mumkin edi.Qoyilbek xafa bo‘lib turgan Pufakvoy va Bo‘rsildoq tomonga yaqinlashdi.
– Do‘stlarim, – dedi u, – aslo xafa bo‘lmanglar. Bunday tanlovlar endi har yili o‘tkaziladi. Sizlar kelgusida o‘zingizni ko‘rsatishingiz mumkin.
– To‘g‘ri, – dedi Pufakvoy, – men pufakchalarga turli rasmlar chizaman, ajoyib o‘yinchoqlar yasayman.
– Men esa turli-tuman shaklli va mazali nonlar pishiraman. Balki nonlarim butun dunyoga mashhur bo‘lar.
– Unda shoshilinglar! – dedi Qoyilbek. –Axir vaqting ketdi – naqding ketdi, deb bekorga aytishmagan-ku!
SAVOLLARGA JAVOB BERING.
  • Foydaxo‘rning asosiy shiori nima edi?

  • 2. Siz o‘z vaqtingizni qanday taqsimlashingizni daftaringizga yozing.
    3. Qoyilbek va Ziyrakbek nima uchun tanlov uyushtirishdi?
  • Nega Bo‘rsildoq mukofot olmadi?

  • 5. Siz ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?

Siz ham o ‘zingizga “Men vaqtdan unumli foydalanyapmanmi?” deb savol berib ko ‘ring-chi.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Download 5.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling