Shu maqsadda


Download 18.06 Kb.
Sana14.11.2021
Hajmi18.06 Kb.
#174480
Bog'liq
tarix


Prezident 2019 yili o‘tkazilgan parlament saylovini eslab, saylov jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha alohida masalalarni ma’lum qildi: saylov komissiyasi va aholining saylov madaniyatini oshirish,siyosiy partiyalarning o‘z elektorati bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish,mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazishning uch pog‘onali tizimini optimallashtirish, bunda tuman va shahar saylov komissiyasining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim,partiyalarning siyosiy faolligini oshirish lozim. «Demokratik islohotlar sari yo‘l — biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir», — deya ta’kidladi prezident.Uning qayd etishicha, davlat doim bosh islohotchi sifatida bo‘lib kelgan va bu siyosat darajasiga ko‘tarilgan. Barchasi «yuqoridan» belgilanar edi.«Endi esa islohot jamiyatdagi haqiqiy holatdan kelib chiqib belgilanadi. Xalqni qiynayotgan muammolar esa OAV, ijtimoiy tarmoqlardagi kayfiyatlar, xalq qabulxonalari va boshqa „barometrlar“ orqali aniqlanadi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ta’lim yo‘nalishida murojaatnomada belgilangan vazifalar quyidagicha bo‘ldi: maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovi 25 foizdan 50−60 foizga yetkaziladi,OTM davlat granti asosida qabul ikki barobar oshiriladi, shuningdek, qizlar uchun alohida davlat grantlari joriy etiladi,o‘qishga kirish soddalashtiriladi,ona tili bo‘yicha bilimlarni baholashning milliy test tizimi paydo bo‘ladi,mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki baravarga kamayadi,oliy ta’lim o‘quv jarayonida kredit-modul tizimi joriy etiladi,pedagogik ta’limning 6ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil etib belgilanadi,10ta OTM o‘zini-o‘zi moliyalash tizimiga o‘tib, kamida 5ta OTM transformatsiya qilinadi.

Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni bog‘chalarga qamrab olish ko‘rsatkichini 60 foizga  yetkazish ko‘zlanmoqda. Shu bilan birga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimini joriy qilish davom ettiriladi. Shu maqsadda 130 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. 2020 yilda 36ta yangi maktab qurilib, 216tasi kapital ta’mirdan chiqariladi. Ushbu ishlarga esa 1,7 trln so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.Joriy yilda 55ta xususiy maktab tashkil etilishi, ularning respublikadagi umumiy soni 141taga yetkazilishi bildirildi. Yuqori malakali o‘qituvchilar maoshini yanada oshirish masalasi davom etadi. Professional kasb-hunar ta’limda yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi: 340ta kasb-hunar maktabi, 147ta kollej va 143ta texnikum tashkil etiladi. Milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi, natijada 9000ga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, hukumat 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishi lozim. Davlat rahbarining aytishicha, uy-joy qurilishiga xususiy sektorni faol jalb qilmasdan turib, aholining uy-joyga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash mumkin emas. Shu sababli yangi ipoteka tizimi joriy etilmoqda. Bu borada viloyatlardagi shaharlar va Toshkent shahrida 18 mingga yaqin hamda qishloqlarda 4000ta uy-joy xususiy sektor tomonidan quriladi.  Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda kam ta’minlangan aholi soni 12−15 foizni (4,5−5 mln kishi) tashkil etadi. Oxirgi 2 yil ichida ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 1,3 barobarga ko‘paydi, nafaqalar miqdori 2 barobarga oshdi.Lekin kam ta’minlangan aholiga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ular miqdorini oshirish orqali ushbu muammo to‘liq yechilmaydi. Shuning uchun Jahon banki, BMTning Taraqqiyot Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi.



Yig’lishda,«Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti a’zolariga „jinoiy uyushma“ degan ayblov qo‘yib, ularga og‘ir jazo tayinlash kabi allaqachon umrini o‘tab bo‘lgan tartiblarni bekor qilish vaqti yetdi. Buning oqibatida yuzlab tadbirkorlar qanchadan-qancha aziyat chekib, moddiy zarar ko‘rayotganlarini inobatga olsak, bu o‘zgarishlarning qanday katta ahamiyatga ega ekani yaqqol ayon bo‘ladi», — dedi prezident.
Download 18.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling