Adabiyot fanini qanday o‘qish kerak?!
Download 211.55 Kb. Pdf ko'rish
|
Adabiyotni qanday o‘qish kerakligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- JEK LO NDO N
- O ‘XSHASH CHEHRALAR
- “Muhabbat” nomli asar yozganlar
- RANGLAR
- “Imtihon” va “Abituriyent”
- Omad, abituriyentlar! Rustamjon O‘RINOV
ADABIYOT FANINI QANDAY O‘QISH KERAK?!
Bugungi kundagi DT M testlarini yaxshi yechmoqchi bo‘lsangiz, “Bu mavzu kerakmas.”, “Bu ma’lumotdan test tushmaydi.” kabi fikrlarni xayolingizdan chiqarib tashlashingiz kerak. Albatta, barcha ma’lumotlarni esda saqlab qolish ham qiyin. Axir qanchadan-qancha darsliklar, qanchadan- qancha ijodkorlar, shu ijodkorlarning hayoti va ijodi, asarlarining nomi va janri bor. Bularni esda saqlash kerak.
Avvalo har bir abituriyent o‘zi uchun foydali usul o‘ylab topishi kerak. Abituriyenlar ham har xil bo‘ladi: kimdir tinch joyda o‘qiydi, kimdir ovoz chiqarib o‘qiydi, kimdir yozib, chizib o‘qiydi ... . 1) Adabiyot kitobingizni qo‘lga oling-da o‘qishni boshlang. O‘qiganda ham chin ko‘ngildan o‘zingizni qiziqtirib o‘qing. Har biringiz bitta daftar oling va kerakli ma’lumotlarni yozib yuring. Har bir ijodkorni boshlaganingizda asarlari nomini jadval qilib yodlang. Jadvalda ijodkor nomi, asari janrlari va asar haqida qisqacha ma’lumot joy olsin. JEK LO NDO N “Oq sukunat” Hikoya “Qirq mil narida” “Otalar xudosi” “Sovuq bolalari” “T ubanlik kishilari”
“T emir tovon” roman Bu asarlarda burjua jam iyati qattiq tanqid ostiga olingan “Martin Iden” “Hayotga muhabbat”
2) Ijodkorlarning asarlari nomini yodlab borar ekansiz bir-biriga o‘xshash nomli asarlar uchraydi. Ularni ham yaxshilab farqlab yod olishga harakat qiling.
O ‘XSHASH CHEHRALAR “Hamqishloqlarim” ma’qolalar to‘plami T o‘ra Sulaymon “Hamshaharlarim” she’riy to‘plam Asqad Muxtor
3) Bir xil nomli asar yozgan ijodkorlarimiz bor. Ularni ham asar nomi, kimlar yozganligi, qaysi janrdaligini esda saqlang: “Muhabbat” nomli asar yozganlar “Muhabbat” hikoyasi O‘.Hoshimov “Muhabbat”
S.Ahmad
“Muhabbat” kitobi E.Vohidov “Muhabbat”
M.Yusuf
“Muhabbat” qissasi A.Avloniy
4)
Asarlar nomini yod olish uchun ularni gap holiga keltirish ham yordam beradi. Albatta, buning uchun sizda ozgina yaratuvchanlik qobiliyati bo‘lishi kerak va gapingiz mantiqsiz bo‘lib qolishi ham mumkin. Misol tariqasida sizga 6-sinf adabiyot darsligida keltirilgan O.Yoqubovning qissalarini keltirib o‘tishimiz mumkin:
(Darslikda keltirilgan qissalari: “Bir felyeton qissasi:, “Muqaddas” “Qanot juft bo‘ladi”, “Izlayman”, “Billur qandillar”)
5) Asarlarda uchrovchi har bir hikmatli so‘z va maqollarni qaysi asarda uchrashini yod olish kerak. Bunda ham o‘xshash ma’lumotlar uchrab turadi:
“Ufq” romani “Egilgan boshni qilich kesmaydi” “Ulug‘bek xazinasi” romani “Egilgan boshni xanjar kesmaydi” “Rustamxon” dostoni
6)
Asarlarda uchrovchi bir xil ismli obrazlarni ham qaysi asarlarda uchrashini esda saqlashga harakat qiling: Sharofat ismli obraz uchrovchi asarlar “Chinor” Asqad Muxtor “Qutlug‘qon” Oybek
Ijodkorlarning birinchi yozgan asari, birinchi yozgan to‘plami va ularning janrlarini, albatta, yodda saqlang! 8) Ijodkorlarimiz ijod bilan bir vaqtda chet el asarlarini ham tarjima qilish bilan shug‘ullanishgan. Kim qaysi asarni tarjima qilganini ham, albatta, yod oling.
9)
Ijodkorlarga berilgan o‘ziga xos ta’riflarni esda saqlang: “Quyma, mag‘zi to‘q satrlar, bir o‘qishdayoq xotirada o‘rnashib qoladigan qofiyalar, hamohang tovushli she’rlar yozgan” ijodkor ... Mirtemir “Mag‘zi bo‘liq, mazmuni teran, jozibador she’rlar yozgan” ijodkor ... A.Muxtor
10) Shuningdek, abituriyentlar tili bilan aytganda “ eskicha” asarlar ostida yuzlab so‘zlarning ma’nosi keltirilgan. Bu so‘zlarning ham hammasini yodda saqlash murakkab. Shuning uchun bunda ham maxsus lug‘at tuzib olishingiz mumkin, ya’ni darsliklarda uchrovchi ranglar, tarixiy shaxslar, tasavvufiy atamalar, qushlar va hayvonlar nomlari kabilarni kiritishingiz mumkin.
axzar
yashil sabz
savdo qora siyoh
hind mushkin
zard sariq za’faroniy ol
gulgun
arg‘uvoniy
11) Ushbu “ eskicha” adabiyotimizda bir qancha mumtoz janrlar (musamman, musallas, qit’a, mustazod kabilar) ham bor va albatta shunda janrlarga kiradigan asarlar ham ko‘plab uchraydi. Albatta, bularni ham yaxshilab yodlab oling. Bunday savollar har yili DT M testlarida tushadi.
12) Esda saqlash uchun asosiy usullardan biri bu ko‘proq savol-javoblar va testlar. Kuchli abituriyentlar bilan kelishib oling-da birga savol-javob qiling. Bunda nimadandir garov bog‘lash ham foyda beradi. Yutqazmaslik uchun ko‘proq o‘qiysiz va ko‘p narsani o‘rganasiz. Albatta, garov uchun foydali narsa bo‘lishi kerak. Masalan: kitob yoki abituriyentlar uchun foydali narsalar.
13) Ko‘proq test yeching va o‘zingiz ham test tuzishga harakat qiling. T est tuzish ham oson emas, unga ham bilim va tajriba kerak. Sekin -asta shu narsalar sizda namoyon bo‘ladi va tuzgan testlaringiz murakkablashib boradi. T est tuzayotgningizda “Shu savol menga tushadi” deb o‘ylab tuzing. Balki, chindan ham o‘sha savol sizga imtihonda tushib qolar.
14) Dars xonangizda o‘zingizga sharoit yaratib oling, ortiqcha chalg‘ituvchi narsalarni chiqarib tashlang. Yodda saqlashingiz qiyin bo‘lgan ma’lumotlarni katta-katta qilib qog‘ozga yozing va ko‘zga ko‘rinadigan joyga ilib qo‘ying. Albatta, bu ma’lumotlarni o‘zingiz yozganingiz yaxshi. Chunki yozish paytida yodlab ham olishingiz mumkin .
15) Sizga yana bir maslahat: “Imtihon” va “Abituriyent” gazetalarini kuzatib boring, chunki gazetalarning har bir sonida siz uchun foydali ma’lumotlar berib boriladi.
Yuqoridagi maslahat va ma’lumotlarimizni bir necha yillik tajriba va kuzatishlarimizga asoslanib taqdim etdik. Bunday maslahatlarni yana davom ettirish mumkin, lekin, afsuski, gazetamizda biz ucun ajratilgan sahifa o‘z nihoyasiga yetdi. Abituriyentlik davrini yengib o‘tish oson emas. Bu davrda sizga sabr va kuch quvvat tilaymiz.
Assalomu alaykum! Har yili abituriyentlarimiz darslarini boshlab olganidan so‘ng ona tili va adabiyot fanini o‘quvchilar o‘rt asida bir savol paydo bo‘ladi: Adabiyot fanini qanday o‘qiymiz?! Shuncha kitobni qanday yakunlaymiz?! Nimalarni o‘qishimiz kerak?! To‘liq yodlaymizmi?! Esimizda qoladimi?! Bunday savollar yana topilaveradi. Bugun esa biz Sizlarga o‘zimizning qisqacha maslahatlarimizn i beramiz va bu ma’lumotlarni misol tariqasida qisqa jadvallar bilan taqdim etamiz. Foydasi tegadi deb umid qilamiz. Download 211.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling