1. Asosiy qism “O’qishn darslarida hikoya o’qish uslubiyati 2-sinf”


Download 58.54 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi58.54 Kb.
#1599640
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18 O’qishn darslarida hikoya o’qish uslubiyati 2-sinf

Sentabr. Qog'ozdan yasalgan to'q sariq, zarg'aldoqrang bayroqcha; matodan yasalgan yashil rangdagi bayroqcha; yog'ochdan yasalgan qo'ziqorin; plastmassadan va metalldan qilingan chelakchalar; har xil kattalikdagi qo'g'irchoqlar to'plami; qayiqchalar (o'yinchoqlar nimadan yasalganligini, nomini, rangini bildiruvchi so'zlarni mustahkamlash uchun).
Noyabr. Soatlar, pochta qutisi, telefon, paroxod, avto-mobillar, samolyotlar (shakl va fazoni bildiruvchi, oldinda, yuqorida, orqada kabi so'zlarni mustahkamlash va tushuntiruvchi hikoyalar tuzish uchun).
Yanvar. Juft o'yinchoqlar to'plami: past va baland ikkita piramida; ikki xil avtomobil; mushuk va kuchuk; har xil rangdagi ikkita otcha; ikkita har xil qo'g'irchoq (o'ngda, chapda, yonda, ketma-ket so'zlarini mustahkamlash hamda taqqoslovchi hikoya tuzish uchun).
Turli yosh sinflarida o'yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o'rgatish.
Kichik sinf. Ushbu sinfda o'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar emotsional shaklda, odatdagi oddiy ta'-limiy o'yin ko'rinishida (,Ajoyib xaltacha", ,,Bu kim?", „Sen nimani topding?") olib boriladi.
O'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar ularni ko'rib chiqishdan boshlanadi. O’qituvchi o’quvchilar diqqatini o'yinchoqlarning tashqi ko'rinishidagi xarakterli xususiyatlarga qaratadi (rangi, shakli, materiali), ularning belgilarini bildiruvchi so'z-larning to'g'ri aytilishini nazorat qiladi. Tasvirlash o’qituvchining savollari yordamida olib boriladi. Kichkintoylaiga tugallangan hikoya berilmay, balki alohida jumlalar aytiladi, shuning uchun savollar. Badiiy asarlarni o'qib berish mashg'ulotlariga o’qituvchining tayyorlanishi
O’qituvchi badiiy asarlarni shunday o'qib yoki hikoya qilib berishi kerakki, u o’quvchilarni o'ziga jalb qila olsin, o’quvchilar asardagi obrazlarning siymolarini ko'z oldiga keltirib, tasawur qila olsinlar va hayajonlansinlar.
O’qituvchining badiiy asarlarni o'qib yoki hikoya qilib berishga tayyorgarligi muallifning nima demoqchi ekanligini yoki xalq ertaklarining g'oyaviy mazmunini, unda ishtirok etuvchilarning xarakter va o'zaro munosabatlarini aniqlashdan boshlanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi o’quvchilar uchun yozilgan asarlarda qahramonlarning xarakteridagi xususiyatlardan biri ajratib ko'rsatiladi. Masalan: „Quyonning uychasi" ertagida tulki ayyor, kuchsizlar ustidan hukmronlik qiluvchi, xo'roz esa botir, topqir, kuchsizlarni himoya qiluvchi sifatida tasvirlanadi.
Asar shunday tarzda muhokama etib olingach, uni ifodali bayon etish ustida ishlanadi. Bu uch yo'nalishda olib boriladi: 1) emotsional va obrazli ifodalilik, intonatsiyaning xilma-xilligi va boyligi ustida ishlash; 2) asarning ayrim qismlari o'rtasiga mantiqiy urg'u qo'yish; 3) aniq va to'g'ri talaffuzni hosil qilish; har bir so'zni to'g'ri talaffuz etishga erishish kerak, shundagina o’quvchilar uni to'g'ri idrok etadilar.
O’qituvchi bunday tayyorgarlik jarayonida adabiy asarning g'oyaviy mazmuniga tushunib yetadi va matnni esda saqlay oladi, o'zining kichik tinglovchilari bilan erkin muloqotda bo'ladi va uning nutqi ravon, aniq bo'lib, ishonchli chiqadi, aytilayotgan so'z ishonarli, ta'sirchan, o’quvchilar uchun tushunarli bo'ladi.
Agar o’qituvchi o’quvchilarga tanish bo'lgan asarni o'qib yoki hikoya qilib bermoqchi bo'lsa, ilgari uni o’quvchilarga yetkazish ustida yetarli darajada ishlagan bo'lsa, u vaqtda mashg'ulotga quyidagicha tayyorlanadi: asar matnini va ilgari hosil qilingan ifodali o'qish vositalarini yodiga tushirish maqsadida uni bir necha marta ovoz chiqarib o'qiydi, mashg'ulot rejasini tuzadi. Mashg'ulot rejasida asarni o’quvchilarga qanday yetkazish o'qib berish yoki hikoya qilib berish usuli ko'rsatiladi.
XULOSA.
O’qituvchi tomonidan o'qib yoki hikoya qilib berish uchun tanlangan badiiy asarlarning g'oyaviy mazmuni o’quvchilarga tushunarli bo'lsa, ularning yuragiga yetib borsa, asar o'zining tarbiyaviy rolini bajargan bo'ladi.
O’qituvchi yozuvchi va o’quvchilar o'rtasida vositachi bo'lib hisoblanadi. Maktab yoshidagi bolalar o'quvchi emas, tinglovchidirlar. O’quvchilar tomonidan badiiy asarlarni qanday idrok qilish o’qituvchiga bog'liq.
O’qituvchi asarni qanchalik ifodali, mazmunli o'qisa, o’quvchilar shunchalik diqqat bilan tinglaydilar, uning mazmunini yaxshi tushunadilar. Badiiy asarlar o’qituvchi tomonidan kitobdan o'qib berilishi, kitobsiz yoddan aytib berilishi, hikoya qilib berilishi mumkin. Asar mazmunini o’quvchilarga yetkazish asar janriga va tinglovchilarning yoshiga bog'liq.
Xalq ertaklarini — xalq og'zaki ijodiyoti namunalarini o’quvchilarga kitobdan o'qib bermasdan, hikoya qilib bergan ma'qul. O’qituvchi dastur asosida o'qib berishi yoki hikoya qilib berishi uchun asar tanlagach, asarning g'oyaviy mazmuni va uning tili o’quvchilarga tushunarlimi yoki yo'qmi, shuni oldindan tasawur etishi kerak. Agar o’qituvchi ulardagi ayrim ifodalar, so'zlar o’quvchilarga tushunarli emasligini taxmin qilsa, u holda muallifning bayon etmoqchi bo'lgan fikrlarini o’quvchilar tomonidan idrok etish qiyinlashadi. Mana shunday hollarni oldindan bilgan o’qituvchi o’quvchilarga ma'nosi tushunarsiz bo'lgan so'zlarni quyidagi usullar yordamida tushuntirishi lozim: asarni hikoya qilayotgan vaqtda to'xtalmasdan (uzoq pauza qilmasdan), yangi so'zni sinonimi bilan yoki qisqa jumlalar bilan tushuntirishi kerak. Masalan, K. D. Ushinskiyning „Sabr qilishni o'rgan" nomli asarini o'qib berishda „g'o'ra" so'zi uchraydi, bu so'z hammaga tushunarli bo'lavermaydi, shu sababli o’qituvchi bu so'zni o'qiyotganda o’quvchilarga tushunarli bo'lgan „xom" so'zini ishlatadi. Demak, o’qituvchi o’quvchilarni badiiy asarlar bilan tanishtirishdan avval asardagi ayrim so'zlarni, ya'ni o’quvchilar tushunishi qiyin bo'lgan so'zlarni qaysi so'zlar bilan almashtirishni belgilab oladi. Agar ayrim notanish so'zlar va jumlalar o’quvchilarga muallifning asosiy fikrini idrok qilishlariga xalaqit bermasa, u holda ushbu so'zlarning ma'nosini tushuntirish shart emas.


Download 58.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling