1. Asosiy qism “O’qishn darslarida hikoya o’qish uslubiyati 2-sinf”


O’quvchilarni rasmga qarab hikoya qilishga o’rgatish


Download 58.54 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi58.54 Kb.
#1599640
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18 O’qishn darslarida hikoya o’qish uslubiyati 2-sinf

1.2. O’quvchilarni rasmga qarab hikoya qilishga o’rgatish
Rasmga qarab hikoya qilish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi. O’qituvchi rasmlar yordamida o’quvchilarning tevarak-atrof to'g'risidagi tasavvurlarini kengaytiradi, tafakkurlarini rivoj-lantiradi, xotirani mustahkamlaydi va nutqni boyitadi. Shuningdek, ko'rish imkoniyati bo'lmagan narsa va hodisalar bilan tanishtiradi, ular to'g'risidagi bilimlarini aniqlaydi va to'ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (mehnatga qiziqish, ona tabiatga muhabbat, o'z o'rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi. O’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatish uchun narsa-buyumlarni tasvirlovchi predmetli rasmlardan, sujetli rasmlardan, repro-duksiyalardan, peyzaj va naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi.
M. M. Konina o’quvchilarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o'rgatishning quyidagi mashg'ulot turlarini ajratib ko'rsatadi: 1) narsa-buyumlarni tasvirlovchi rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; 2) voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; 3) voqeaband rasmlar asosida mazmunli hikoya tuzish; 4) vo- qealar ketma-ket keladigan rasmlar to'plami asosida hikoya tuzish; 5) peyzajli (manzarali), naturmort rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
O’qituvchi hikoya qilish uchun rasm tanlashda quyidagi talablarga amal qilishi kerak: a) voqealar oddiy bo'lishi, o’quvchining yoshiga qarab voqeaning murakkablashib borish tamoyiliga amal qilishi;
b) mazmuni jihatidan o’quvchilarning yoshiga va nutqining rivojlanish darajasiga mos bo'lishi;
d) o’quvchining xayolini, tafakkurini, estetik his-tuyg'ularini, kuzatuvchanligini, nutqini rivojlantirishga yordam berishi;
e) rasmda tasvirlangan narsa-buyumning ko'rinishi yoki voqeaning biror-bir qismida haqiqatni buzib tasvirlash hollari bo'lmasligi.
Kichik sinf. Bu sinfda rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshiriladi. Bu sinf o’quvchilari hali o'z fikrlarini bir-biriga bog'lab bayon eta olmaydilar. Ularning nutqi dialog ko'rinishiga ega bo'ladi. Bu yoshdagi o’quvchilar rasmdagi narsa-buyumlarning nomini, ularning ayrim sifatlarini va harakatlarini aytib berish bilangina kifoyalanadilar, bu o’quvchilarda idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, so'z to'plamining kamligi, gaplarni to'g'ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog'liqdir. Rasm bo'yicha ishlashda o’qituvchining asosiy vazifasi quyidagilar: 1) rasmni Ko'rib chiqishga, undagi eng muhim narsani seza olishga o'rgatish; 2) rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning nomlarini aytishdan sekin-astalik bilan bog'langan nutq ustida (savollarga javob berish va uncha katta bo'lmagan hikoyalar tuzish) mashq qilishga o'tish.
O’quvchilarni rasmlar bilan tanishtirish mashg'uloti turli xilda olib borilishi mumkin. Mashg'ulot asosan ikki qismdan iborat bo'ladi:

  1. Savollar yordamida rasmni Ko'rib chiqish.

  2. O’qituvchining namuna-hikoyasi bilan yakunlash. Mashg'ulot uncha katta

bo'lmagan kirish suhbati bilan
boshlanishi mumkin. Uning maqsadi rasmda tasvirlanganlar to'g'risida o’quvchilarning tasawurini aniqlashdan va emotsional kayfiyatni vujudga keltirishdan iboratdir. O’qituvchining savollari mashg'ulotdagi asosiy metodik usullardan biri hisoblanadi, shuning uchun savollarni oldindan puxta o'ylab olish muhimdir. O’quvchilarga beriladigan savollar tushunarli bo'lishi va unga javob berishda qiyinchilik tug'dirmasligi kerak.
Kichik yoshdagi o’quvchilar rasm asosida ikki-uch so'zdan iborat bo'lgan gaplar yordamida hikoya qilib berishga o'rganadilar. Rasmni ko'zdan kechirish o’quvchilar nutqining to'g'ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi. O’qituvchi, rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarni va voqealarni to'g'ri aytishlarini nazorat qilib borishi kerak. O’qituvchi o'z nutq namunasi, savollari, ko'rsatmalari bilan o’quvchilarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va belgilarini aniq belgilovchi so'zlarni tanlay olishlarida yordam beradi.
Kichik sinflarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o'yinchoqlar yoki tanish uy jihozlari), uy hayvonlari, o’quvchilar hayotidan olingan murakkab bo'lmagan voqealar tasviridan iborat bo'ladi. Mashg'ulotdan so'ng rasm sinf xonasida bir necha kunga qoldiriladi. O’quvchilar yana bir marta rasmni ko'zdan kechirib chiqadilar. Ilgari ko'rmagan narsalarini ko'radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi. O’qituvchi bunday ko'zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya'ni ularning aytayotgan fikrlarini aniqlashtiradi, qo'llab-quwatlaydi, rag'batlantiradi.
O'rta sinf. Bu sinf o’quvchilarining nutqi takomillashadi, fikrlashi faollashadi, uncha katta bo'lmagan hikoya tuza oladilar.
Dastlab o’quvchilar o’qituvchi ning savollari yordamida hikoya qilib beradilar. Bu o’quvchi larning jamoa bo'lib tuzgan yoki o’qituvchi va bitta o’quvchi ning hamkorlikda tuzgan hikoyasi bo'lishi mumkin. Mashg'ulot oxirida o’qituvchi o’quvchi larning barcha aytgan fikrlarini umumlashtirib, o'zi to'liq hikoya qilib beradi.
So'ngra o’quvchi lar o’qituvchining namuna-hikoyasini takrorlaydilar. Bu sinfda o’qituvchi ning namuna hikoyasi o’quvchi larning undan nusxa olishlari uchun beriladi. „Huddi mendek hikoya qilib bering", „Yasha, mening hikoyamni eslab qolibsan", — deb o’qituvchi o’quvchilarni rag'batlantiradi, ya'ni ushbu sinfda o’quvchilardan mavzudan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna-hikoya ma'lum bir talablarga javob berishi kerak.
O'rta sinf o’quvchilarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga o'rgatish mumkin. O’qituvchi o’quvchilarni o'z hikoyasida lug'atidagi so'zlardan, sifatdoshlardan, aniqlovchidan, holdan va boshqalardan keng foydalanishga o'rgatishi kerak. O’quvchilar rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga (bir yoki bir qancha narsa-buyumlarning yoki obyektlarning sifatlari, xususiyatlari, xarakterlari to'g'risidagi hikoya) o'rganib olganlaridan so'ng voqeaband suratlar bo'yicha voqeaband hikoyalar tuzishga o'rgatiladi. O’quvchilar o’qituvchi yordamida tasviriy xarakterga ega bo'lgan bog'langan hikoya tuzadilar. Bu sekin-astalik bilan o’quvchilarni mustaqil ravishda voqea band hikoyalar tuzishlariga yordam beradi.
Katta sinfda o’quvchi larning faolligi o'sadi, nutqi takomillashadi, turli rasmlar bo'yicha mustaqil hikoya tuza oladilar. Rasmlardan foydalanilgan mashg'ulotlarda ularning mazmuniga qarab liar xil vazifalar qo'yiladi: 1) o’quvchi larni rasmlarning mazmunini to'g'ri tushunishga o'rgatish; 2) his- tuyg'ularni tarbiyalash (rasmlarning mazmuniga qarab aniq rejalashtiriladi: tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar); 3) rasmlar bo'yicha bog'langan hikoya tuzishga o'rgatish; 4) lug'at to'plamini kengaytirish va faollashtirish (o’quvchilar xotirada saqlashlari lozim bo'lgan yangi so'zlar yoki aniqlanishi va mustahkamlanishi lozim bo'lgan so'zlar oldindan aniq rejalashtiriladi). Boshlang’ish sinfda o’quvchilarni hikoya qilishga o'rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarligi o'zgaradi. Endi u shaxsan ishtirokchilikdan kuzatuvchi roliga o'tadi, zarur bo'lgandagina aralashadi. Katta sinf o’quvchilarining hikoyalariga katta talablar qo'yiladi: voqealarni uzviy bog'langan holda, grammatik jihatdan to'g'ri jumlalar tuzib bayon qilish; til vositalarining (harakatlarni, sifatlarni, holatlarni va boshqalarni aniq belgilash) mustaqilligi, obrazliligi, bir maqsadga qaratilganligi, topshiriqni o’quvchi tomonidan ongli tarzda anglash uni to'g'ri bajarishning asosiy shartlaridan bin hisoblanadi. Bu jihatlarga o’qituvchining rahbarlik qilishi juda katta ahamiyatga ega, u topshiriqni tushunishga va to'g'ri bajarishga yordam beradi. O’qituvchining namuna-hikoyasi, ayniqsa, maktabga tayyorlov sinfida ularning hikoya qila olish malakasini yanada yuqori darajada rivojlanishi uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. O’qituvchi o’quvchi dan namuna-hikoyaning ay nan o'zini takrorlashni talab qilib qolmasdan, balki takomillashtirib, o'zgartirib, umuni-lashtirgan holda, adabiy obrazlardan foydalanib hikoya qilishni talab etadi. Namuna ko'pincha rasmning bir qismi uchun taalluqli bo'lib, u boshqa qismlar yuzasidan mustaqil hikoya tuzish imkonini beradi. Maktabga tayyorlov sinfida o’qituvchi ning namuna-hikoyasi, sinfda rasmdagi mazmunni bog'langan holda bayon etishga qiynaladigan o’quvchilar bo'lsagina taklif etiladi. Bunday mashg'ulotlarda hikoya rejasini berish, hikoya mazmunini va izchilligini aytib turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Katta sinfda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; peyzajli va natyumortli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari — to'plamlari bo'yicha, masalan, „Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda") hikoya tuzish.
Rasmlar to'plami bo'yicha hikoya tuzish malakasini takomillashtirishda quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo'lib hikoya tuzish — avval boshlanishini o’qituvchi tuzadi, o’quvchilar tugallashadi; bir o’quvchi boshlaydi, boshqasi davom ettiradi.
Quyida misol tariqasida bog'lanishli

Download 58.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling