8-ma’ruza Sifat so'z turkumi Rеja


Download 45.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi45.5 Kb.
#237140
Bog'liq
8-maruza



8-ma’ruza

Sifat so'z turkumi

Rеja:

  1. Sifatning semantik tasnifi

  2. Asliy va nisbiy sifatlar..

  3. Sifat darajalari.

  4. Sifatning substantivlashuvi.

.

Tayanch so`z va iboralar:

Sifat, daraja, oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, asliy sifatlar, nisbiy sifatlar, xususiyat sifatlari, holat sifatlari, rang sifatlari, maza-ta’m sifatlari, makon-zamon sifatlari, substantivatsiya.

Son, miqdor son, tartib son, chama son, dona son, jamlovchi son, kasr son, taqsim son, otlashuv, numerativlar.

Predmetning belgisini bildiradigan so'zlar turkunii sifat deyiladi. Sifat qanday? qanaqa? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi.Sifat belgi sifatida predmetning rangini (oq, qizil, ko'k, sariq), shakl ko'rinishini (yumaloq, yapaloq, yassi, uchburchak), hajm o'lchovini (tor, keng, katta, kichik), maza-ta'miri (shirin, nordon, mazali). sifatini, xususiyatini(oddiy, kamtar, dono, aqlli, tadbirkor), xarakterini (ziqna, xasis, bosiq, sho'x, ko'ngli ochiq), o'rin yoki vaqtga bo'lgan munosabatini (uydagi, kuzgi, bahorgi, kechki) ifodalaydi,

Sifat narsa-hodisadagi, predmetdagi belgini bildirgani uchun gapda doimo ot bilan bog'lanib keladi: keng xona, yaxshi joy, qizil olma, moviy ko'l kabi.

Sifatlar o'ziga xos morfologik xususiytlarga ega. Sifatning muhim morfologik belgisi, predmet belgisining boshqa predmet belgisiga qiyoslab darajalab ko'rsatishidir. Sliu boisdan sifatlarda boshqa turkumlardan farqli ravishda daraja, ozaytirma va kuchaytirma shakllar mavjud. Shuningdek. sifatiar so'z yasovchu shakl yasovchi qo'shimchalar tizimiga ham ega.

Sifatiar gapdaasosan, sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi. Og'ir tabiatlik, ulug' gavdalik, ko'rkam va oq yuzlik, kelishgan qora ko'zlik mutanosib qarashlik va endigina murti sabz urgan yigit (A.Qod.) Hoi va kesim vazifalarida keladi: Mag'rur holda cho'ntagidan bitta o'n so'mlik chiqarib, bo'lingan to'p ustiga tashladi. (F. Mal.) Chodirning ichi o'rdaday keng tagiga somon va poxol to'shalib ustiga brezent tashlangan. (O.Yo.)

Sifatiar otlashganda ega, qaratqichli aniqlovchi, to'ldiruvchi vazifalarida keladi: Mard maydonda bilinar. (Maqol.) Kattaning kichigi bo'lguncha, kichikning kattasi bo*l. (Maqol.) Yaxshim yaxshi deydilar. (Maqol.) kabi.

Asliy va nisbiy sifatlar

Sifalar ma'no xususiyatlariga ko'ra har xil. Binobarin, ayrim sifatiar predmet belgisini bevosita ifodalasa, ayrim sifatiar belgini boshqa predmetga yoki o'ringa, paytga nisbatlash asosida ifodalaydi. Shunga ko"ra sifatiar ma'nojihatdan ikkiga bo'linadi: asliy sifatiar, nisbiy sifatiar.

Bevosita belgi anglatib, belgini darajalab ko'rsata oladigan sifatiar asliy sifatiar deyiladi: uzun, katta, qizil, shirin, yaxshi, muloyim, ixcham kabi. Predmet belgisini o'rin yoki paytda ba'zan boshqa predmetga o'xshatish, nisbatlash asosida anglatadigan sifatiar nisbiy sifatiar deyiladi.

Nisbiy sifatiar maxsus sifat yasovchi qo'shimchalar yordamida yasaladi: -li, -iy (-viy),- lik, simon, gi -ki -qi: -dagi, -qo^shimchalari nisbiy sifat yasovchi qo'shimchalardir.

Bu qo'shimchalar yordamida quyidagi ma'nolarni ifodalovchi sifatiar yasaladi.

1. Predmetga nisbat berish ma'nosini bildiruvchi nisbiy sifatiar: mevali daraxt, ilmiy ish, tarbiyaviy ahamiyat kabi.

2.Vaqtda nisbat berish ma'nosidagi nisbiy sifatiar: kuzgi bug'doy, tungi yog'du, kechagi gap kabi.

3.0'rinda nisbat berish ma'nosidagi nisbiy sifatiar: janubiy kenglik, sho'rchilik qiz, uydagi ish kabi.

4. Nisbiy sifat yasovchi qo'shimchalar yordamida yasalgan sifatlar : a)predmetga xoslikni: tarixiy kun, ma'naviy mezon: predmetga o'xshashlikni: odamsimon, butasimon: biror narsaga mo'Ijallangan yozgi ta'til, kuzgi ekin: biror joylik ekanlikni: toslikentlik, samarqandlik ham bilardi.

Asliy va nisbiy sifatlar belgini darajalab, kuchaytirib yoki aksincha kamaytirib ko'rsatishi hamda modal ma'no bildirishiga ko'ra o'zaro farqlanadi.

1. Asliy sifatlar belgini darajalab ko'rsata oladi: yaxshi— yaxshiroq—juda yaxshi.

Nisbiy sifat yasovchi qo'shimcha bilan yasalgan sifatlarga belgini darajalab ko'rsatish xususiyati mavjud emas: kuzgi, odamsimon. 2. Asliy sifatlar modal ma'no ifodalaydi: yaxshigina, ochiqqina kabi. Nisbiy sifatlarda bu xususiyat mavjud emas, fogatli qo'shimchali nisbiy sifatlardagina modal ma'no mavjud: chiroyligina, bilimligina kabi.

Sifatlar otga bog'lanish bilan birgalikda ba'zan fe'lga ham bog'lamb kelishi mumkin. O'shanda biz yosh edik, - dedi Saidiy uzoqqa qaraganday. (A.Q.) Nisbiy sifatlar fe'lga bog'lanmaydi.

Sifat darajalari

Predmetdagi belgini boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga msbatlab farqlash hodisasi sifat darajalari deyiladi. Sifat darajalari predmetdagi bir xil belgini bir-biriga chog'ishtirish, solishtirish asosida yuzaga keladi. Sifatlarda uch xil daraja mavjud: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja.

Predmet belgisi boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga qiyoslanmasa oddiy daraja deyiladi: katta, uzun, keng, epchil.Predmet belgisini boshqa predmetdagi shunday belgiga qiyoslanishidan qiyosiy va orttirma daraja sifatlari vujudga keladi.

Qiyosiy daraja. Predmet belgisini boshqa predmetdagi shunday belgidan ortiq yoki kamligim bildiradigan daraja qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja sifatlarga—roq qo'shimchasini qo'shish bilan shakllanib: a) belgini oddiy darajadagi sifatlarga nisbatan ham kamligini ifodalaydi. Masalan, bu yo'l,narigi yo'lga nisbatan qisqaroq, bu uy narigi uyga nisbatan pastroq; b) belgini ortiqligini ifodalaydi. Bu o'zidan ham ko'ra Saidiyga qattiqroq ta'sir qildi. (A.Q.) Havo musaffo bo'lgani uchun pastda yoqilayotgan olovning tutuni odatdagidan tiniqroq ko'rindi. (P. Q.)

Belgini yanada ortiqligirfi ko'rsatishda - roq qo'shimchali sifatdan oldin yana ham so'zlari keltiriladi. Nigora bu sehrli manzarada, oydinda yana ham sirliroq tuyilgan ko'hna qo'rg'onga tikilib uzoqroq turdi. (O.Yo.)



Orttirma daraja. Predmet belgisini boshqa prednietdagi xuddi shunday belgidan juda ko'p ekanligini ifodalaydigan daraja orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja oddiy daraja sifatlaridan oldin eng, juda, g'oyat, g'oyatda, nihoyatda, benihoyat so'zlarini keltirsh bilanhosilbo'ladi.

U Unsunga juda qadrli, va qadrdon. (0.) Zumrad Manzuraning gaplarini bugun g'oyat loqaydlik bilan tingladi. (0.) Yo'l tor, juda kichkina bo'lgani uchun hozir birinchi navbatda podshoh oilasi va Boburga eng yaqin kishi bo'lgan eshik og'a, Qosimbek chiqishmoqda edi. (P.Q.) Qiyosiy daraja sifatlar morfologik usul bilan, orttirma daraja sifatlar esa sintaktik usul bilan hosil bo'ladi.
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling