Mundarija kirish I bob. Morfoogiya
Download 0.6 Mb.
|
Alaydarova Dilnoza kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. SON SO‘Z TURKUMI…………………………………………….18-33
- XULOSA…………………………………………………………………….….34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………...35 KIRISH Mavzuning dolzarbligi
MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………….1-4 I BOB. MORFOOGIYA…………………………………………….……..5-17 1.1 So‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi……………….…...5-10 1.2 Son so‘z turkumi tushunchasi va xususiyatlari…………………….……11-13 1.3 Sonning morfologik va sintaktik belgisi………..………………………14-17 II BOB. SON SO‘Z TURKUMI…………………………………………….18-33 2.1 Sonning ma’no turlarini belgilash masalasi ……..………………………..18 2.2 Dona son, taqsim son, kasr son, jamlovchi son, chama son, tartib son va ularning yasalishi ………..……………………………………………………....26 2.3 Sonninng tuzilishiga ko‘ra turlari ………………………………………...32 XULOSA…………………………………………………………………….….34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………...35 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: So’z turkumlarining o’rganish tarixi antik davrlarga borib taqaladi. O’sha davr faylasuf, mantiqshunosh va tilshunoslari bu borada ilk marta juda qimmatli fikrlar bildirganlar. Masalan, Arastu so’z turkumlari sonini 3 ta deb ko’rsatgan va unga ot, fe’l, va bog’lovchi vositalarni kiritgan. Oradan qarib XII– XIII asr o’tgandan keyin, ulug’ bobokalonimiz Mahmud Koshg’ariy ham so’z turkumlari sonini 3 ta deb ko’rsatgan. So’z turkumlari nazaryasining rivojlanishi, olimlarning bu masala bilan shug’illana boshlashishi barobarida so’z turkumlari soni ham ortib bordi. Bu holat asosan, XIX–XX-asrlarda keng taraqqiy etdi. Turli davrlarda so’z turkumlari turli songa bo’lganligini e’tirof etish bilan, ushbu maqolada matn bilan ishlashning ahamiyati va yangi uslub bilan ish tutish haqida o’z fikrlarimizni bayon qilamiz. Son so’z turkumi haqida tushuncha berish. O`quvchilarda mavzuga qiziqish uyg`otish, mavzuga oid bilim va ko`nikmalarni shakllantirish. Prеdmеtning sonini miqdorini va joylashish tartibini bildirgan so‘zlar turkumi son dеyiladi. Sonlar qancha? nеcha? nеchanchi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Hozirgi o‘zbеk tilida 22 ta tub son bor: bir, ikki, uch, to‘rt, bеsh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to‘qson, yuz, ming, million, milliard. Qolgan sonlar esa shu sonlar asosida hosil qilinadi. Masalan: o‘n olti, yigirma bеsh, yetti yuz o‘tiz, ikki ming to‘rt kabi. Sonlar harf bilan ham, raqam bilan ham yoziladi: sakson, to‘qson, yuz; 80, 90, 100. An’anaviy tasnifda so’z turkumlariga 6 ta so’z turkumi kiritilib, ularda ot so’z turkumi birlamchi va fe’l esa ikkilamchi qutbda qaror topmoqda, lekin ayrim tadqiqotlarda taqlid so’zlar ham mustaqil so’z turkumlariga kiritilib, fe’l so’z turkumi oldinga o’tkazilmoqda. Fe’l barcha so’z turkumlari ichida eng katta, grammatik kategoriyalarga boy, mukammal so’z turkumidir. Biroq ma’lumki, Inson dunyoga kelgach, avvalam bor narsa-buyumlarga duch keladi. Har qanday harakat ham predmet yoki shaxs tomonidan bajariladi. Shunga binoan, bizga ma’quli esa an’anaviy tasnifdir. Mustaqil so’z turkumi leksik va grammatik ma’noga ega bo’lib, gapning biror bo’lagi vazifasida kela olishi bilan shakl yasash xususiyatida ham egadir. Yordamchi so’zlar esa leksik ma’no anglatmaydi, morfologik jihatdan ham o’zgarmaydi, gap bo’lagi vazifasida ham kela olmaydi va yasalish xususiyatiga ham ega emas. Modal, undov va taqlid so’zlar esa mustaqil so’zlarga ham, yordamchi so’zlarga ham o’xshamaydi, o’zaro umumiy jihatlari ham yo’q. Shuning uchun, alohida so’z turkumlari deb ataladi. Morfologiyaning mohiyatini tushunish uchun lugʻaviy ma’no, grammatik ma’no, uslubiy ma’no; grammatik shakl, grammatik kategoriyalar; soʻz yasalishi hamda soʻzlarning tuzilishiga koʻra turlarini; mustaqil, yordamchi va alohida soʻz turkumlarining farqlarqlarini bilish talab etiladiki, mazkur ishimizda qayd qilib oʻtilgan nazariy hodisalar yengil uslubda ochib berishga harakat qilindi. Qolaversa, har bir soʻz turkumining morfologik va sintaktik xususiyatlari batafsil keltirildi. Shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, o‘quv qoʻllanma oʻquvchilarning auditoriyasini inobatga olgan holda qoidalar bevosita yengil til va uslubda amaldagi darsliklarga tayanilgan holda berildi. Soʻz turkumlarining fonetik, konversiya usullari bilan yasalishi, juft, takroriy va qoʻshma soʻzlar oʻquv-metodik qoʻllanmalardan ijodiy tayanilib berildi. Qoʻllanmaning tiliga alohida e’tibor berdik, ya’ni oʻz ona tilisiga befarq boʻlmagan har qanday oʻquvchining mustaqil oʻqib tushunishinishiga harakat qildik. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling