Son. Uning ugmsi, lug’aviy shakllari. Sonning lugaviy ma’no guruhlari. Numerativ (o’lchov) so’zlar. Sonning sintaktik vazifalari Reja


Download 31.54 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi31.54 Kb.
#1117503
  1   2   3
Bog'liq
Son


Son. Uning UGMsi, lug’aviy shakllari. Sonning lugaviy ma’no guruhlari. Numerativ (o’lchov) so’zlar. Sonning sintaktik vazifalari
Reja:
1.Sonning asosiy xususiyatlari.
2.Son lmglari.
3.O’lchov so’zlar va ularning ma’no jihatdan tasnifi.
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar:
Son , sonnig UGMsi, sodda son, takror son, sanoq son, chama son, jamlovchi son, kasr con, dona son, taqsim son, tartib son, hisob (numerativ) so`zlar, sonning gapdagi vazifasi, sonlarda ma`no torayishi, sondan yasalgan turkumlar
Son predmetlarning sanog’ini, tartibini ko’rsatuvchi so’z turkumidir. Sonlar otlar bilan birga qo’llanilib, bir necha predmetlarning yig’indisini, aniq miqdorini bildiradi. Shu jihatdan aniq miqdor bildiruvchi bu so’zlar predmetlarning noaniq miqdorini ifodalovchi ko’p, mo’l, oz kabi sifatlardan farqlanib turadi. Ushbu sifatlar raqam bilan ifodalanmaydi. Son noaniq miqdorni bildirganda ham raqam bilan yozilishi mumkin: uch-to’rt kun (3-4 kun).
Sonlar tuzilishiga ko’ra to’rt asosiy guruhga bo’linadi:
1. Sodda sonlar.
2.Qo’shma sonlar.
3. Juft sonlar.
4.Takror sonlar.
Sodda sonlar tub so’z holida bo’ladi: bir, ikki, uchtadan, mingtacha. O’zbek tilida sodda sonlar ichida ayrimlarining ma’nodoshlari mavjud. Masalan, bir o’rnida yakka, yagona, yolg’iz; ikki so’zi o’rnida qo’sh, juft so’zlari qo’llanadi. Qo’shma sonlar ikki yoki undan ortiq o’zakdan tuziladi: o’n bir, ikki yuz qirq besh. Juft sonlar har xil o’zakni juftlash (beshta- oltita), takror sonlar bir xil o’zakni takrorlash (o’nta-o’nta) orqali hosil qilinadi. O’zbek tilida son quyidagi xususiyatlarga ega:
1.Ma’noviy jihatdan miqdorni nomlaydi.
2.Sintaktik jihatdan cheklanmagan muchalanuvchilikka ega.
3.Morfologik jihatdan o’zgaradi.
4.Sondan boshqa turkumdagi so’zlarni hosil qilish mumkin: ikkilanmoq, mingoyoq va sh.k.
5.Sonning o’ziga xos lug’aviy shakllari mavjud: bitta, o’ntacha, uchov, ikkitadan, beshinchi. 6.Son narsa miqdorini turli tomondan aniqlash uchun sanoq bilduruvchi
so’zlar– numerativlar (o’lchovlar) bilan qo’llanadi: bir siqim tuproq, bir qop un, ikki gektar, besh tonna kabi.
Sonlar sanoq, dona, chama, kasr, jamlovchi, tartib, taqsim sonlar kabi ma’noviy guruhlarga bo’linadi. Sanoq sonlar son (miqdor) nomlarini, narsa-buyumlarning son-sanog’ini ifodalab keladi. Sonnig bu turi boshqa so’zlarga bog’lanmagan holda, mustaqil ravishda qo’llana oladi. Sanoq sonlar ichida “bir” so’zi gapda xilma-xil ma’noni ifodalab, turli vazifada keladi:
1.Predmetning aniq miqdorini ifodalaydi: Buloq boshida bir katta chinor o’sardi (Ertakdan). Bu o’rinda “bir” so’ziga yolg’iz, yagona so’zlari ma’nodosh bo’lishi mumkin.
2.Noaniqlik ma’nosini ifodalaydi: Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda (H.Olimjon). Bu ma’noda “bir” so’ziga qandaydir, kimdir, nimadir kabi gumon bilduruvchi so’zlar ma’nodosh bo’ladi.
3.Chegaralov ma’nosini ifodalaydi: Sinf majlisiga bir Zaynabgina kelmadi.
4.Sifatlovchi aniqlovchilar oldida kelib, ma’noni kuchaytirish uchun qo’llanadi: Bir jozibali, bir yoqimli kuy chalindi (Oybek).
5.Takroriy shaklda fe’lga bog’lanib, harakatning belgisini ifodalaydi: O’ktam kabinetda o’tirganlarga bir-bir qarab chiqdi.

Download 31.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling