Son. Uning ugmsi, lug’aviy shakllari. Sonning lugaviy ma’no guruhlari. Numerativ (o’lchov) so’zlar. Sonning sintaktik vazifalari Reja
Download 31.54 Kb.
|
Son
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqsim sonlar
Kasr sonlar butunning qismini ifodalash uchun ishlatiladi: uchdan bir ( ), o’ndan ikki ( ). Yarim, yorti, chorak, nimchorak, qoq, teng so’zlaridan ham kasr sonni ifodalashda foydalaniladi:
yarim Ї butunning yarmi,chorak Ї to’rtdan bir bo’lak, nimchorak Ї sakkizdan bir qismi kabi. Qoq, teng so’zlari ma’noni kuchaytirish uchun qo’llaniladi: nonning teng yarmi, daftarning qoq o’rtasi. Dona son predmetlarni donalab ko’rsatish uchun qo’llaniladi: –ta affiksi predmetlarni donalab ko’rsatish uchun qo’llanadigan, hisob so’zlari (numerativlar) o’rnini bosa oladigan shakldir: uch dona kitob- uchta kitob, oltita talaba- olti nafar talaba, uchta o’rik- uch tup o’rik. –ta qo’shimchasi ajratib (donalab) sanalishi mumkin bo’lgan jonli va jonsiz narsa-hodisa nomlarining barchasi bilan birikib kela oladi: 30 ta o’quvchi, 5 ta kitob, 28 ta qoramol, 25 ta nihol, 5 ta do’st va sh.k. Taqsim sonlar narsalarning taqsimlangan miqdor ma’nosini anglatish uchun qo’llanadi va – tadan lug’aviy shakl hosil quluvchi qo’shimcha orqali hosil qilinadi: beshtadan, o’ntadan. Tartib sonlar narsa-buyumning tartib belgisini ifodalaydi. Tartib son yasovchi -nchi (-inchi) qo’shimchasi qo’shma sanoq sonlarda faqat oxirgi songa qo’shiladi: bir ming to’qqiz yuz oltmish yettinchi yil kabi. Tartib sonlardan ”birinchi” tartib soni o’z ma’nodoshlariga ega: birinchi bahor- ilk bahor- dastlabki bahor kabi. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilganda –nchi (-inchi) qo’shimchalari o’rnida chiziqcha qo’yiladi, rim raqamlari bilan yozilganda esa hech qanday belgi qo’yilmaydi: 20-uy, 6-sinf, 25-dekabr, 2000-yil, 6-bo’lim, IV sinf, XXI asr, II bob kabi. Bayramlarni ifodalovchi sanalar harf bilan yozilganda Sakkizinchi mart, Birinchi sentabr; arab raqamlari bilan yozilganda 8-Mart, 1-Sentabr, 21-Mart shakliga ega bo’ladi. Yuqoridagi dona sonni hosil qiluvchi – ta, tartib sonni hosil qiluvchi -nchi (-inchi), taqsim sonni hosil qiluvchi –tadan, jamlovchi sonni hosil qiluvchi –ov(–ovlon), –ala,chama sonni hosil qiluvchi –larcha, -lab, -cha kabi qo’shimchalar lug’aviy shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar sirasiga kiradi. Hisob so’zlar predmet, narsa, buyumning sonini, hajmini, o’lchovini bildiradi. Hisob (o’lchov) so’zlar otga bog’lanib, quyidagi qolipni hosil qiladi: [sanoq son+hajm, ko’lam, vazn, vaqt… ma’noli otlar+sanaladigan (o’lchanadigan) buyum nomi]. Narsaning miqdorini aniqlashda quyudagi o’lchov so’zlar ishlatiladi: Predmetni donalab hisoblash uchun ishlatiladigan o’lchov so’zlar: o’n dona kitob, ikki bosh qoramol, bir tup olcha, ikki nafar askar. Butunning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan o’lchov so’zlar: bir burda non, uch varaq xat, ikki og’iz so’z, ikki karch qovun, bir chimdim choy. To’da ma’noli o’lchov so’zlar: bir gala qush, bir dasta gul, bir to’da bolalar. To’dani ifodalashda ko’pincha “bir” sanoq soni ishlatiladi. Og’irlikni ifodalovchi so’zlar: qadoq, tup, botmon, kilogramm, sentner, tonna… Predmetlarning joylashgan idish yoki narsalari hisobi bilan o’lchash o’zbek tilida juda ko’p uchraydigan hodisadir: bir piyola asal, ikki qop un, bir tog’ora somsa, bir lagan osh, ikki mashina don kabi. Narsaning uzunligi va masofani ifodalovchi o’lchov so’zlar: kilometr, santimetr, tanob, chaqirim, qadam, qarich. Qiymatni bildiruvchi hisob so’zlar: so’m, tiyin, tanga, chaqa. Vaqt o’lchovi uchun ishlatiladigan so’zlar: minut, soat, kun, oy, yil, asr, daqiqa, hafta kabi. Bunday qatorlarni yana davom ettirish mumkin. Shular ichida aniq miqdorni ifodalovchi so’zlar sifatida gramm, santimetr, tonna, kilogramm, kilometr, amper, volt o’lchov birliklari qabul qilingan. Sonlar ot bilan birga kelib, ularning aniqlovchisi bo’lib keladi. Ba’zan ot oldidan kelib sifat bilan birga aniqlovchi vazifasini bajaradi: yigirmata ilmiy asar. Sonlar kelishik, son, egalik kabi kategoriya shakllari bilan o’zgarib, to’ldiruvchi, ega, hol sintaktik vazifalarida keladi. Download 31.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling