Son. Uning ugmsi, lug’aviy shakllari. Sonning lugaviy ma’no guruhlari. Numerativ (o’lchov) so’zlar. Sonning sintaktik vazifalari Reja
Download 31.54 Kb.
|
Son
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamlovchi son
Chama sonlar predmetning noaniq miqdorini, taxminiy hisobini ifodalaydi. Quyidagi lig’aviy shakl qo’shimchalari orqali hosil qilinadi:
–sanoq songa –lab affiksini qo’shish bilan: Respublikamizda yuzlab litseylar ochildi. –son o’zaklariga –tacha (ta+cha) affiksining qo’shilishidan: Bu affiks “bitta” dan boshqa barcha sanoq sonlarga qo’shiladi: ikkitacha, beshtacha. –cha affiksi orqali. Bu qo’shimcha sanoq son bilan qo’llangan hisob so’zlarga qo’shiladi: uch oycha, bir yilcha, o’n kilometrcha va sh.k. –larcha qo’shimchasi orqali. Ushbu qo’shimcha ko’pincha o’n, yuz, ming kabi yirik miqdor ifodalovchi sonlarga qo’shilib keladi: yuzlarcha, minglarcha. –lar +da (-dan,-ga) qolipi orqali ham taxminiy miqdor hosil qilinadi: Uning yoshi o’ttiz beshlarda edi. Film soat o’nlarda beriladi. –sonlarni juftlash orqali. Keyingi uch-to’rt kun ichida bu mish-mish g’ovlab ketdi (A.Qahhor). Chama sonlar gap tarkibida qo’llanilganda vaqt ma’nosi (o’n kuncha), masofa ma’nosi (uch-to’rt qadam), og’irlik ma’nosi (uch-to’rt kilogramm), kishi yoshining taxminiy miqdori (oltmishlarga borib qolgan), ko’plik, ortiqlik (yuzlarcha odam) ma’nolari voqelanadi. Jamlovchi son jamlash, birgalik ma’nolarini ifoda etadi. Quyidagicha hosil qilinadi: –ov qo’shimchasi bilan: ikkov, yettov. Bu xil jamlovchi sonlar ikkidan yettigacha sanoq sonlardan yasaladi. –ov+lon: Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar. –ov+lab; ov+la+shib: ikkovlab, oltovlashib, to’rtovlashib kabi. –ala affiksini sanoq songa qo’shish orqali. Jamlovchi sonning bu turi ikkidan beshgacha sanoq sonlardan yasaladi: Ikkala qiz chiqdi ariq bo’yiga. Jamlovchi son yasovchi –ovlon qo’shimchasi ko’pincha qadimiy xalq so’zlashuv tili uchun xosdir. Tarixiy kelib chiqishiga ko’ra jamlovchi son shakli bo’lgan birov so’zi hozirgi tilimizda olmosh turkimi tarkibiga o’tgan. Download 31.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling