Mundarija kirish I bob. Morfoogiya
Soʻroqlari Son necha? nechta? nechanchi? qancha? qanchadan? qanchalab?
Download 0.6 Mb.
|
Alaydarova Dilnoza kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3 Sonning morfologik va sintaktik belgisi Morfologik belgisi
Soʻroqlari
Son necha? nechta? nechanchi? qancha? qanchadan? qanchalab? kabi soʻroqlarga javob boʻladi. Qancha? soʻrog’i nafaqat songa, balki miqdor ravishi hamda ayrim koʻrsatish olmoshlariga ham xosdir. M.: koʻp odam, ancha mahsulot, shuncha kitob. Yuqoridagilardan ma’lum boʻladiki, sondan boshqa soʻz turkumlari ham miqdorni ifodalay oladi. Masalan, koʻp, oz, ancha, talay, biroz, ancha, picha kabi ravish, uncha, buncha, shuncha, qancha, kabi olmosh, savat-savat, quchoq-quchoq, rasta-rasta, qop-qop kabi otlar ham otga bog’lanib, miqdor ma’nosini bildirishi yoki unga ishora qilishi mumkin. Lekin bu koʻplik mavhumdir. Xuddi shunday sonlar ifodalayotgan ma’nosiga koʻra ham dastlab ikkiga boʻlinadi: 1.Aniq ma’noli son. Agar son otga bog’lanib, konkret bir predmetning miqdorga koʻra belgisini ifodalasa, aniq ma’noli sanaladi. M.: uch farzand, 2 tup koʻchat, 3-qavat, ikkitadan olma. • Mazkur sonlar tilshunoslikka xos sonlardir, chunki predmetning belgisini ifodalayapti. 2.Mavhum ma’noli son. Agar son hech qanday otga bog’lanmasdan kelsa, mavhum ma’noli boʻladi. Sababi bunda predmetning belgisini ifodalay olmaydi. M.: 2 X 2 = 4; 5 X 5 = 25; 20+25=45. Ikki oʻnbesh – bir oʻttiz . Mazkur sonlar matematik ifoda deb ham yuritiladi. Sonning yozuvda ifodalanishi Hozirgi oʻzbek adabiy tilida sonlar yozuvda uch xil ifodalanadi. 1. Harf bilan: bir, oʻn, oʻn sakkiz, yigirma olti… 2. Arab raqami: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0 3. Rim raqami bilan: Birliklar: I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX Oʻnliklar: X, XX, XXX, XL – 40, L – 50, LX – 60, LXX – 70, LXXX – 80, XC – 90; Yuzliklarlar: 100 – C, 200 – CC, 300 – CCC, 400 – CD, 500 – D, 600 –DC, 700 –DCC, 800 – DCCC, 900 – CM; Minglik: 1000 – M.3 1.3 Sonning morfologik va sintaktik belgisi Morfologik belgisi I.Sonning asosiy morfologik xususiyati otga bog’lanib, predmetning miqdor va tartibga koʻra belgisini ifodalash bilan izohlanadi. M.: ikkitadan kitob, yuzlab oʻquvchi, birinchi oʻrin, toʻqson beshinchi choy. • Eslatma. Son otdan tashqari quyidagi soʻz turkumlariga bog’lanib keladi: 1. Fe’lga bog’lanib, harakat va holatning belgisini izohlab kelishi mumkin. M.: Soat yettida kelaman. Ikki soat yurdi. Bitta-bitta tushuntirmoq. 2.Ba’zan payt ravishlariga bog’lanib keladi. M.: 5000 yil muqaddam, oʻn yil oldin. 3. Otlashganda sifatga bog’lanib, unning belgisini izohlab keladi. M.: bittasi zoʻr, beshtasi qoloq. II. Sonning yasalishi. Son soʻz turkumi soʻz yasovchi qoʻshimchalarga ega emas. Demak, son soʻz turkumida sodda yasama sonlar ham yoʻq. IZOH! Lekin sonlar quyidagi soz turkumlarining yasovchilarini qabul qilib soʻz yasalish uchun asos boʻladi. M.: Ot: oʻnlik, beshlik; Fe’l: birlash, ikkilan, nimtala; Sifat: ikkichi, beshchi; Ravish: bittalab, toʻrttalab (sanadi) Ta’kidlash lozimki, son kompozitsiya usuli bilan yasaladi. M.: oʻn bir, oʻn yetti, bir yuz bir. • UNUTMANG! Qoʻshma sonlar doim ajratib yoziladi. III. Son lug’aviy shakl yasovchi qoʻshimchalarga ega. Ular faqat sanoq solargagina qoʻshilib, sonning ma’no turlarini hosil qiladi. -ta: ikkita, beshta. -tadan: ikkitadan, beshtadan. -tacha: ikkitacha, beshtacha. -lab: oʻnlab, yuzlab. IV. Son sintaktik shakl yasovchilarga ega emas. ESLATMA! -ov shaklidagi jamlovchi sonlar otga xos egalik, kelishik qoʻshimchalarini toʻg’ridan-toʻg’ri qabul qilsa (ikkovimizga, beshshovimizdan), boshqa sonlar otlashib, egalik, kelishik qoʻshimchalarini qabul qiladi. M.: Ikkimiz tezroq bajaramiz. V. Son hisob – numerativ soʻzlarga ega. M.: 5 kg olma, 2 km yoʻl, oʻn kub tuproq, 2 l sut. VI. Sonlar tuzilishiga koʻra 4 ga boʻlinadi: 1.Sodda son. 2. Qoʻshma son. 3. Juft son. 4. Takror son. Sodda son – bir asosdan iborat. Oʻzbek tilida asosan 23 ta tub sodda son bor. Ular: nol, bir, ikki, uch, toʻrt, besh, olti, yetti, sakkiz, toʻqqiz, oʻn, yigirma, oʻttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, toʻqson, yuz, ming, million, milliard. ESLATMA! Quyidagi soda sonlar tarixan yasama boʻlgan: oltmish (olti+mish), yetmish (yetti+mish), sakson (sakkiz+oʻn), toʻqson (toʻqqiz+oʻn). Izoh: mish boshqird tilida oʻn degani. Qoʻshma son ikki va undan ortiq asosdan iborat. Oʻzbek tilida qoʻshma sonlar ikki xil munosabat asosida paydo boʻladi: 1. Teng munosabat asosida. M.: oʻn yetti, oʻn sakkiz. Izoh! Ular orasiga biriktiruv bog’lovchilarini qoʻysa boʻladi: 25 – yigirma va besh. 2. Tobe munosabat asosida. M.: toʻrtdan biri, oʻnning beshi. Juft sonlar – ikki qismdan iborat boʻlib, chiziqcha (-) bilan ajratib yoziladi. Sonlarning juftlashishida bitta qonuniyat bor. Bu ham boʻlsa, ularning quyidan yuqoriga qarab juftlashishidir. M.: toʻrt-beshta, oʻn-oʻn bir, ellik-oltmish. Juft sonlar tarkibiga koʻra: 1) tub-tub : ikki-uchta, toʻrtta-beshta; 2) tub-qoʻshma: oʻn-oʻn besh, yuz-yuz ellik; 3) qoʻshma-qoʻshma: oʻn besh-oʻn olti. Unutmang! Juft sonlarning barchasi ma’no munosabatiga koʻra chama son sanaladi. Takroriy son – bir asosning takroridan hosil boʻladi. M.: ikkita-ikkita, beshta-beshta, oʻn-oʻntadan. Unutmang! Takroriy sonlar tenglik munosabatini ifodalaydi, shuning uchun taqsim son sanaladi. VII. Son hamda sifatlar bir paytda otga bog’lanib keladigan boʻlsa, avval son, keyin sifat, undan soʻng ot keladi. Formula: son – sifat – ot Ikkita qizil olma, oʻnta qiyin test. VIII. Sonnig boshqa soʻz turkumlari vazifasida kelishi. Sonnig ma’no munosabatiga koʻra tartib, dona, jamlovchi (-ala shaklidagi) shakllari otlashib, otga xos koʻplik, egalik, kelishik qoʻshimchalarini qabul qilib , otga xos sintaktik vazifalarda keladi. M.: Birniki mingga, mingniki tumanga4. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling