Mundarija kirish I bob. Morfoogiya
S o‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi
Download 0.6 Mb.
|
Alaydarova Dilnoza kurs ishi
S o‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi
So‘z turkumlarining mohiyatini yanada yaxshiroq anglash uchun, avvalo, garammatik ma’no, grammatik shakl hamda grammatik kategoriyalarni bilish lozim1. O‘zbek tilida asosan ikki xil grammatik ma’no farqlanadi: 1.Umumiy grammatik ma’no (UGM). 2.Xususiy grammatik ma’no (XGM). Umumiy grammatik ma’no. Ma’lum bir so‘z turkumi uchun umumiy bo‘lgan ma’no ( yoki so‘zlarni birlashtiruvchi ma’no)ga umumiy grammatik ma’no deyiladi. ➢ESLATMA. Ma’lumki, so‘zlarning uch xil ma’nosi farqlanadi: 1. Atash (lug‘aviy) ma’nosi. 2. Umumiy grammatik ma’nosi. 3. Uslubiy ma’no. Xususiy grammatik ma’noni ifodalovchi vositalar. Quyidagi vositalar XGM ifodalab keladi: 1.Barcha shakl yasovchi qo‘shimchalar XGM ifodalaydi. 2.Yordamchi ( bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama so‘z turkumlari) so‘z turkumlarining barchasi XGM ifodalaydi. 3. Ohang ham o‘ziga xos XGM ifodalaydi. M.: Humoyun keldi. Ushbi gap ifoda maqsadiga ko‘ra darak, emotsionalligiga ko‘ra hishayajonsiz gap. Humoyun keldi?! – so‘roq, his-hayajonli gap. 4. Juft hamda takroriy so‘zlar ham o‘ziga xos jamlash, umumlashtirish, ko‘plik, davomiylik kabi XGM larni ifodalaydi: qozon-tovoq (oshxonadagi barcha buyumlar), kitob-daftar (barcha o‘quv qurollari) (umumlashtirish, ko‘plik); qator-qator, dasta-dasta (ko‘plik), kecha-kunduz (davomiylik). 5. So‘z tartibi. M.: Uyga kir. / Kir uyga! Xususiy grammatik ma’noning yozuvdagi ifodasiga grammatik shakl deb yuritiladi. Masalan, ona+jon so‘zning lug‘aviy ma’nosiga erkalash ma’nosining qo‘shilishi XGMdir. Shu ma’noning yozuvda -jon qo‘shimchasi orqali ifodalanishi – grammatik shakl sanaladi. Grammatik shaklning uch ko‘rinishi farqlanadi: 1. Sintetik shakl. 2. Analitik shakl. 3. Juft-takroriy shakl. Sintetik shakl – XGMning shakl yasovchi qo‘shimchalar bilan ifodalanishidir. Sintetik shakl ifodalaydigan XGMlarning xususiyatiga ko‘ra ichki ikki turga bo‘linadi: A. Kategorial shakl. Bir-biriga qiyosan olinadigan XGM larning nutqda va yozuvda ma’lum bir tizim, sistemaga uyushib kelishi kategorial shakl sanaladi. M.: kitob+im(-ing, -i), kitob+imiz(+ingiz, - lari); yozyap+man (san, +ti), yozyap+miz (+siz, +tilar). B. Nokategorial shakl. Bir-biriga qiyosan olinmaydigan XGMlar va ularning nutqdagi ifodasi nokategorial shakl hisoblanadi. M.: kelin+chak, bo‘ta+loq, Kamola+oy; o‘qi+b, o‘qi+r,sava+la. Nokategorial shakllarga otning kichraytirish, erkalash, o‘xshatish, chegara, hurmat, qarashlilik, o‘rin-joy shakllari; fe’l so‘z turkumining harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh hamda harakatning takroriyligini, kuchsizligini ifodalovchi sintetik shakllar kiradi. (Grammatik kategoriya mavzusiga qaralsin!) Biz so‘zlarning morfemik bo‘linishi bilan morfologik tuzilishiga ko‘ra bo‘linishini farqlashimiz lozim. So‘zning morfemik bo‘linishi. Ma’lumki, so‘zning morfemik bo‘linishida so‘z eng kichik ma’noli qismlarga ajratiladi. So‘z tarkibidagi o‘zak va barcha qo‘shimchalarning, vazifasidan qat’i nazar, morfemalarga bo‘linishidir. M.: sinf, sinf+dosh, sinf+dosh+lar; aql+li, aql+li+roq, suva+q+chi+lik+ni. So‘zning morfologik strukturasi. Bunda so‘z tarkibidagi shakl yasovchi qo‘shimchalargina ajratiladi xolos, chunki bu qo‘shimchalar XGM ifodalaydi. Qiyoslang : Sinf, sinfdosh, sinfdosh+lar; aqlli, aqlli+roq, suvoqchilik+ni. Unutmang! So‘zning morfologik strukturasida yasovchi qo‘shimcha ajratilmaydi2. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling