Mundarija kirish I bob. Morfoogiya
Dona son, taqsim son, kasr son, jamlovchi son, chama son, tartib son va ularning yasalishi
Download 0.6 Mb.
|
Alaydarova Dilnoza kurs ishi
2.2 Dona son, taqsim son, kasr son, jamlovchi son, chama son, tartib son va ularning yasalishi
Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlarga dona son deyiladi. Qoshimchasi: -ta: oʻn ikkita, oltita, ikkita,.. • Mazkur qoʻshimcha istalgan sanoq son asosiga qoʻshiladi. Xususiyatlari: 1. Mazkur qoʻshimcha urg’u qabul qilmaydi. 2. Bir soniga qoʻshilsa “r” “t” tovushiga oʻzgaradi va shunday yoziladi: bir + ta = bitta. 3. Dona son nafaqat otning, balki fe’lning – harakat va holatning belgisini ham ifodalaydi. M. : Bitta gapirib, oʻnta kuladi. 4. -ta shaklidagi dona sondan soʻng ham(yam) yuklamasi keladi va bunda gapning kesimi inkor shaklda boʻladi. M.: Dars davomida bitta ham gapirmadi. 5. -ta qoʻshimchasidan soʻng koʻplik qoʻshimchasi -lar kelmaydi. 6. Ikki sanoq soniga qoʻshilgan –ta qoʻshimchasidan soʻng III shaxs egalik koʻrsatkichi kelishi mumkin va bunda u otlashadi. M.: Ikkita/si kelib ketdi. ESLATMA! -ta dona son qoʻshimchasi oʻrnida keladigan hisob soʻzlar. Donalab sanalayotgan narsalarning turini t a’ k i d l a sh uchun -ta qoʻshimchasi oʻrniga quyidagi hisob soʻzlari keladi. 1) hayvonlarga nisbatan ishlatiladigan bosh hisob soʻzi keladi. M.: ikki+ta qoʻy – ikki bosh qoʻy; 2) shaxslarga nisbatan ishlatiladigan nafar soʻzi: besh+ta oʻquvchi – besh nafar oʻquvchi; 3) oʻsimliklarga nisbatan ishlatiladigan tup soʻzi: oʻn+ta gilos koʻchati – oʻn tub gilos koʻchati; 4) predmetga nisbatan ishlatiladigan dona soʻzi: uch+ta daftar – uch dona daftar; Darslikka koʻra, litr (suyuqlik), gramm (og’irlik) kabi soʻzlar ishlatiladi. M.: ikki+ta – ikki litr. Ma’rifiy ma’lumot. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” hadislar to‘plami islom olamida Qur’ondan keyingi kitob “Kutub as-sitta” (olti hadis to‘plami)ning avvalgisi sanaladi. Mazkur asar haqida muallif shunday deydi: “Hadislarni to‘plamga kiritishimdan avval g‘usul qilib, so‘ng ikki rakat istixora namozini o‘qir edim. Men bu to‘plamdagi hadislarni jami olti yuz ming aralash va ikki yuz mingta sahih sahih hadislar orasidan ajratib oldim. To‘plamni yozish uchun o‘n olti yil umrimni sarfladim. Toki bu Olloh bilan mening o‘rtamda hujjat bo‘lsin uchun” (Imom azZahobiy, “Siyor a’lom an-Nubalo”, 12-jild, 391-bet). To‘plam 97 ta kitob (fasl) va 3405 ta boblardan iborat. To‘plamdagi hadislarning soni esa quyidagichadir: Mutaba’at (ketma-ket davom etuvchi) hadislarning soni 344 ta. Ta’aliq (hoshiyasida izoh bilan kelgan) hadislarning soni 1341 ta. Takror kelmaydigan mavsula (Muhammad payg‘ambarga bog‘langan) hadislarning soni 2602 ta. Takror keladiganlar soni 7397 ta. “Al-Jome’ as-Sahih”ning barcha hadislari 183 ta sahoba vositasi bilan rivoyat qilinib, ularning 31 tasi ayollardir. To‘plamdagi ko‘p rivoyat qilgan sahobalar alohida beshlikni tashkil qiladi. “Buloq” nomli 8 jilddan iborat nusxasi sulton Abdul Hamid tasarrufi bilan besh ming nusxada chop etilgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling