Mundarija kirish I bob. Morfoogiya


Download 0.6 Mb.
bet10/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1638531
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Alaydarova Dilnoza kurs ishi

Jamlovchi son
Narsalarning miqdorini jamlab koʻrsatadigan sonlarga jamlovchi sonlar deyiladi. Qoʻshimchalari: -ov, -ala, -ovlon • Jamlovchi son qoʻshimchalari ikkidan oʻngacha boʻlgan sonlarga qoʻshilib, jamlik ma’nosini ifodalaydi. Aniqrog’i jamlovchi son qoʻshimchalari 2, 3, 4, 5, 6, 7 (ba’zan 10) sanoq sonlariga qoʻshilib keladi xolos.
ESLATMA! -ov jamlovchi son qoʻshimchasi bir soniga qoʻshilib, tamomila gumon olmoshiga koʻchgan – birov Unutmang! Jamlovchi son qoʻshimchalari quyidagi sonlarga qoʻshilsa, asos oxiridagi i tovushi tushadi: ikki + ov =ikkov, olti + ala = oltala, yeti + ovlon = yettovlon
• Mazkur sonlar fonetik yozuv tamoyiliga koʻra yoziladi. Uch, toʻrt, besh sonlariga jamlovchi son qoʻshimchalari qoʻshilsa, talaffuzda asos xiridagi (ch, t, sh) tovushlari ikkilanadi, lekin yozuvda bitta yoziladi: uch + ov = uch(ch)ov, toʻrt + ala = toʻrt(t)ala, besh + ovlon = besh(sh)ovlon.
• Mazkur jamlovchi sonlar morfologik yozuv tamoyiliga koʻra yoziladi.
Qoʻshimchalari: -ov bu affiks odatda ikki, uch, toʻrt, besh sanoq sonlariga faol qoʻshilib, ot xarakteridagi jamlovchi sonni hosil qiladi.
BILIB OLING!
-ov shaklidagi jamlovchi son doim otning egalik shaklida boʻladi: ikkov ing, ikkovi, ikkovimiz, ikkovlari • Unutmaslik lozimki, I shaxs birlikdagi –im egalik qoʻshimchasini qabul qilmaydi. • Mazkur jamlovchi soniga kelishik qoʻshimchalari, egalik qoʻshimchalaridan keyin qoʻshiladi: Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi. -ala mazkur qoʻshimcha ham ikki, uch, toʻrt, besh sonlariga faol, 6, 7 sonlariga passiv qoʻshiladi: Ikkala doʻst, beshala farzand,..
-ala shaklidagi jamlovchi son odatda otga bog’lanib, sifatlovchianiqlovchi vazifasida keladi. M.: Uchala farzandimiz ham boʻlak chiqib ketishgan.
-ovlon mazkur qoʻshimcha -ov qoʻshimchasining variant shaklidir: Oltovlon ola boʻlsa, og’zidagin oldirar, Toʻrtovlon tugal boʻlsa, tepadagin indirar.
Chama son Narsaning miqdorini taxminlab, chamalab koʻrsatadigan soʻzlarga chama son deyiladi. M.: Bekatda oʻntacha odam aftobus kutib turishardi. Chama son ikki xil usul bilan hosil boʻladi. 1. Morfologik usul bilan hosil boʻladi. Bu usulga koʻra chama sonni lug’aviy shakl yasovchi qoʻshimchalar hosil qiladi. M.: -tacha: mazkur qoʻshimcha istalgan sanoq ( bir sonidan boshqa) songa qoʻshiladi. M.: ikki/tacha, besh/tacha, on’ bsh/tacha. Mingtacha odam yig’ildi, oʻziyam. IZOH. Ushbu qoʻshimcha hisob soʻzlariga -cha shaklida qoʻshiladi. M.: Bir oʻyin mobaynida fudbolchi 10 litrcha suv sarflaydi. -lab. Mazkur qoʻshimcha yirik, butun sonlarga qoʻshiladi: oʻn + lab, yuz + lab, ming + lab, million+lab. Yuz minglab abituriyentlar oʻqishga kirish uchun hujjat topshirishadi. Mas’uliyatli oʻquvchi kunda yuzlab test yechib turadi. IZOH. Hisob soʻziga qoʻshilib keladi: Amazonka suvlari yilda million tonna/lab qumni okeanga oqizib keladi. Ba’zan takroriy songa qoʻshilib, ma’noni kuchaytiradi. M.: Bayroq dastasida, stanokda, g’ishtda, ming-minglab qoʻllar taftini sezaman. -larcha. Ushbu qoʻshimcha ham yirik butun sonlarga qoʻshiladi. M.: yuz + larcha, ming + larcha, million + larcha. -lar koʻplik qoʻshimchasi ham chama sonni hosil qiladi. M.: Sakkiz/lar/da uyda boʻlaman. Tarixingdir ming asr/lar Ichra pinhon, oʻzbegim. Senga tengdosh Pomir-u Oqsoch Tiyonshon, oʻzbegim (E.Vohidov). -mi yuklamasi ham chama sonni hosil qiladi. M.: Yormadning qizi Gulnor 17 yoshdami edi. 2. Leksik-sintaktik usul bilan hosil boʻlishi. Bu usulni shartli ikkiga boʻlish mumkin. A. Sonlarni juftlashtirish orqali. Juft sonlar ham chama son mazmunini ifoda etadi. M.: Mashrab bilan Akmal esa oʻn beshyigirma bolaga javobgar. Uch-toʻrt pud g’alla ketsa ketar. B. Gap tarkibida quyidagi soʻzlar kelib, chama sonni hosil qiladi. Chamasi soʻzi hisob soʻzlardan keyin keladi. M.: Oʻttiz besh metrlar chamasi masofadan toʻp tepishdi. Kamida, kami bilan soʻzi bilan. M.: Doʻstlarim, har kuni kamida 14 soat dars bilan mashg’ul boʻling. Taxminan soʻzi bilan birga keladi. M.: Taxminan oʻn kundan soʻng manzilga yetamiz. Qariyb soʻzi ishtirokida. M.: Darsning tugashiga qariyb bir soat vaqt qoldi. Yaqin soʻzi joʻnalish kelishigi shaklida yakka yoki juft sonlarga qoʻshilib keladi. M.: Oliy oʻquv yurtiga kirish uchun har bir oʻrin uchun oʻttiz/ga yaqin davogar boʻladi.Demak, shunga yarasha oʻqing! Ortiq, moʻlroq, salkam soʻzlari bilan birga. M.: Oʻzbek mingdan ortiq kelib ketadigan qarindosh, oʻziga doʻst, begona odamlarga salkam oʻn million pul sarflab toʻy beradi, lekin bolasiga kitob sovg’a qilmaydi. Chog’li (choqli) soʻzlari koʻproq juft sonlarga qoʻshilib keladi. M.: Toʻgarakka oʻn choqli bola yi’g’igan. ESLATMA! Ba’zan chama sonlar matnda aniqlanadi. M.: Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan boʻlsa ham, qomati sambitdek tik.6

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling