Jufti bor jaranglilarni o`qitish metodikasi>> mavzusida mustaqil ishi


Download 1.66 Mb.
Sana20.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1635249
Bog'liq
Jarangli va jarangsiz undoshlarni o`qitish

,,Jufti bor jaranglilarni o`qitish metodikasi’’ mavzusida mustaqil ishi

Bajardi: jOVliyeva yulduz

Tekshirdi: Gulyamova Xolida

Reja:

  • 1. Tilshunoslikning fonetika bo`limini maktablarda o`qitish
  • 2.Jarangsiz jufti bor jaranglilarni o`qitish
  • 3.Fonetika bo`limini o`qitishda qo`llaniladigan metod va usullar.

Maktabda ,,Fonetika’’ bo`limini o`qitishning maqsadi va vazifalari

  • ,,Fonetika’’bo`limi 5-sinfda o`rganiladi va u tilning tovushlar tizimini o`rgatadi. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarga unli va undosh tovushlar, ayrim unlilar va ayrim undoshlarning imlosi, alifbo tartibi, jarangli va jarangsiz undoshlar, bo`g`in, urg`u singarilar xususida ayrim zaruriy ma’lumotlar berilgan. Ammo 5-sinfda ,,Fonetika’’ ni yaxlit, bir butun bo`lim sifatida o`qitish ko`zda tutiladi. ,,Fonetika’’ bo`limining izchil kursi ,,Fonetika va grafika’’, ,,Nutq tovushi va harf’’, ,,Unli tovushlar’’, ,,Undosh tovushlar’’, ,,Nutq a’zolari’’, ,,Lab tovushlari’’, ,,Til tovushlari’’, ,,Burun tovushlari’’, ,,Bo`g`iz tovushlari’’, ,,nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi’’ singari mavzularni o`z ichiga oladi.

Fonetika bo`limini o`qitishning vazifalari

  • O`quvchilarni adabiy talaffuz me’yorlariga o`rgatish;
  • Imlo savodxonligini oshirish maqsadida ularni zaruriy bilim, malaka va ko`nikmalar silsilasi bilan qurollantirish;
  • So`z zaxirasini oshirish, so`zdan to`g`ri va o`rinli foydalanish malakalarini rivojlantirish;
  • Badiiy o`qishmalakalarini takomillashtirish;
  • Fonetikadan fikrni og`zaki va yozma shakllarda bayon qilish uchun zarur bo`lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish;
  • O`quvchilarda turli lug`atlar va ma’lumotnomalar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish

Metod va usullar

,,Domino’’ o`yini

  • Bir o`quvchi so`z aytadi, shu so`z qaysi harf bilan tugasa, shu harf bilan boshlangan so`zni boshqa o`quvchi aytishi kerak, bu o`yin shu tarzda davom ettiriladi. Namuna: ishla – adolatli – insofli – ilojsiz –zamindor – rostgo`y – yilnoma – aqlli – irodali – izlanuvchanlik – kasbdosh – shaharlik – kuzgi – istiqbol.

,,Nazoratchi harf’’ o`yini

  • O`qituvchi dastlab o`quvchilarni 2 guruhga ajratib oladi. Birinchi guruhga bir jarangli undosh aytsa ikkinchi jamoaga esa uning jarangsiz jufti aytiladi. Masalan: birinchi jamoa b harfidan boshlanuvchi baliq, bola, bog`, barg, bayroq, bazm kabi so`zlarni yozishsa, ikkinchi jamoa bo`lsa p harfidan boshlanuvchi paxta, pul, pilla, piyola, parta, parvarda pazanda kabi so`zlarni yozishlari mumkin.

Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar

O`quvchilar tovushlarning aytilishi va so`z ma’nosini farqlashni kuzatib, o`qituvchi yordamida b, v, g, d, j, z tovushlarini aytganda, shovqin va ovoz ham eshitilishini, ularning jufti bo`lgan p, f, k, t, ch, s tovushlarini aytganda esa faqat shovqin eshitilishini aniqlaydilar.

Xulosa chiqariladi: O`zbek tilida jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning juftlari bor.

Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra 2 ga bo`linadi:

Jarangli undoshlar

  • [b], [d], [g], [j], [l], [m], [n], [r], [v], [y], [z], [g`], [ng]

Jarangsiz undoshlar

  • [f], [h], [k], [p], [q], [s], [t], [x], [sh], [ch]

,,Sirli kataklarni to`ldir’’ ta`limiy o`yini

  • Gul – kul, barg – park, vahm – fahm, jim -chim.
  • Juftlab berilgan so`zlarning birinchi tovushini talaffuz qiling. Ular qanday tovushlar?
  • Javob namunasi: gul – kul so`zlarida g – jarangli, k –uning jarangsiz jufti.
  • Barg – park so`zlarida: b – jarangli, p – jarangsiz jufti.
  • Vahm – fahm so`zlarida: v – jarangli, f – uning jarangsiz jufti.
  • So`zlar tovush-harf jihatdan tahlil qilinishi.
  • Namuna:
  • Gul – 3 ta tovush, 3 ta harf, 1 ta unli, 2 ta undosh, 1 bo`g`inli;
  • U – unli tovush; g – jarangli undosh; k – jarangsiz undosh.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. H. Jamolxonov ,,Hozirgi o`zbek adabiy tili’’ Toshkent ,,Talqin’’ – 2005.

  • M. Mirtojiyev ,,O`zbek tili fonetikasi’’
  • A. G`ulomov ,,Ona tili o`qitish metodikasi’’ Toshkent –2012
  • www.ziyonet.uz

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling