24-variant 1-topshiriq. Nazariy savollarga javob yozing


Download 45.58 Kb.
bet1/9
Sana22.04.2023
Hajmi45.58 Kb.
#1378720
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5318968592643926400


24-variant
1-TOPSHIRIQ. NAZARIY SAVOLLARGA JAVOB YOZING.

  1. Bolalar folkloridagi Erkalama va ovutmachoqlari.

Bolalar folklori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining uyg`unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o`yinlar, qo`shiqlarning butun bir tizimi tarzida tarkib topgan. Uning yaratishda kattalar ham bolalar ham barobar hissa qo`shishgan. Kattalar bolalarni erkalash badiiyatini yaratishganki, alla-olqish kabi erkalash motiviga limmo-lim bu janrlar onalik folklori namunalari sifatida xarakterlanadi, Chunki bu janrlarga mansub asarlarning yaratuvchilari asosan onalar bo`ladilar.
Qisqa qilib aytganda, kattalar tomonidan bolalar uchun yaratilgan folklor namunalari va bolalarning o`zlari tomonidan yaratilgan va turli o`yinlar paytida ijro etiladigan folklor asarlarini bolalar folklori deyish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar folkloriga quyidagi janrlarni kiritish mumkin:
Allalar
Aytishuv
Erkalama va ovutmachoqlar
Tegishmachoqlar
Aytish-olqishlar
Sanamalar
Bolalar o’yin qo`shiqlari
Tez aytishlar
Hukmlagichlar
Chandish va aldamachoqlar
Qiziqmachoqlar
Yalinchoqlar
Arazlamalar
Yarashtirgichlar
Guldir-guplar
Chorlamalar
Cheklashmachoqlar
Tarqalmachoqlar
Qiqilamalar
Masxaralamalar
Erkalama va ovutmachoqlar suyish qo`shiqlarning bir-biridan farq qiluvchi janrlaridir. Ovutmachoqlar kichkintoylarning g`ashligi tufayli aytilsa, erkalamalar kayfiyatning ko`tarinkiligida ijro etiladi. Erkalamalar mehr tufayli tug`iluvchi badihalardir. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosiga ko`ra aytilsa, erkalamalar kayfiyat taqozosi tufayli ijro etiladi.
Ha, dursa-dursa, dursa,
Otasi bozorga borsa,
Go`shtu gurunch keltirsa,

Download 45.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling