24-variant 1-topshiriq. Nazariy savollarga javob yozing
Download 45.58 Kb.
|
2 5318968592643926400
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vo`y-vo`y, shuginani kim urdi Vo`y-vo`y, shuginaga kim lab burdi Yig`lama, oppoqqinam, Boshimdagi qalpoqqinam
- Yomg`ir yog`aloq, Echki tuvaloq. Boyning xotini, Qorni yumaloq…
Onasi pazanda bo`lsa,
Bolasi xo`randa bo`lsa ... kabi aytiladigan qo`shiqlar erkalamaning bir turidir. Shuningdek, erkalamalarning «Ha, lo`tti, lo`tti», «Ha, kishta-kishta, kishta» singari turlari ham bor. Ovutmachoqlarga misol: Vo`y-vo`y, shuginani kim urdi? Vo`y-vo`y, shuginaga kim lab burdi? Yig`lama, oppoqqinam, Boshimdagi qalpoqqinam Bolalar qo`shiqlari ham bolalar folklorlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Bu qo`shiqlar aksariyat harakatli o`yinlar paytida ijro etiladi. SHu o`rinda hammamizga qadrdon bo`lgan «Oq terakmi, ko`k terak?» qo`shig`ini eslatish muhimdir. Shuningdek, «Boychechak», «Oftob chiqdi olamga», «Laylak keldi» kabi bolalar mavsumiy qo`shiqlari ham mashhur ekanligini ta`kidlash lozim. Yomg`ir yog`aloq, Echki tuvaloq. Boyning xotini, Qorni yumaloq… qo`shig`ida hazil- mutoyiba sezilib turadi. Shukur Sa’dullaning bolalar adabiyotidagi o’rni. SHukur Sa’dulla kichkintoylarga katta estetik shavq-zavq bag‘ishlaydigan zabardast she’rlari yosh kitobxonni yaxshilikka o‘rgatuvchi ertak-dostonlari, a’lo o‘qishga, davrimizga sadoqatli kishilar bo‘lib kamol topishga da’vat etuvchi badiiy pishiq hikoyalari, o‘tmish hamda davrimiz bolalari hayotidan olib yozilgan pesalari, yosh qalblarni larzaga soluvchi qissalari bilan hamma yoshdagi bolalarning qadrdon va suyukli yozuvchisi bo‘lib qoldi. SHukur Sa’dulla 1912 yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Boshlang‘ich ma’lumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924 yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil ko‘rdi, so‘ngra Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat universetitida o‘qidi. 1931 yildan 1964 yillarda SHukur Sa’dulla O‘zbekiston davlat va “YOsh gvardiya” nashriyotlarida muharrir bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiyo kitoblar nashr etishda o‘zining barakali xissasini qo‘shdi. SHukur Sa’dullaning birinchi she’rlar to‘plami 1932 yilda “Hayqiriq” nomi bilan bosilib chiqdi. “Hayqiriq”ning maydonga kelishi shoir ijodida juda katta voqea bo‘ldi. Adabiy jamoatchilikning bu kitob haqidagi fikr va mulohazalari yanada chidam, qunt bilan ijod qilishga, o‘z ustida ko‘proq ishlashga, izlanishga, eng muhimi hayotini o‘rganishga va shu asosida ijod etishga chorladi. SHukur Sa’dulla butun umri davomida bunga amal qildi. 40 yildan ortiqroq hayotini ijodga bag‘ishlagan san’atkorning “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq” (1935-1936), “YOriltosh” (1939), “Ikki sandiq” (1942), “Sen nima qiding?” (1942), “SHohista” (1944), “SHirin kun” (1946), “SHe’rlar” (1955), “SHe’r va ertaklar” (1957), “Pesalar” (1959), “Dastyor qiz” (1960), “Sening alboming” (1962), “Ozoda” (1969), “Kamandrning boshidan kechirganlari” (1962), “Kachal polvon” (1963-1966-1967-1986), “Ism qo‘yilmagan xat”, “Sening baraming”, “Mening azaz bolalarim” va boshqa kitoblari bosilib chiqdi. Dramaturg SHukur Sa’dullaning “YOriltosh”, “Gulxan”, “Bizning bog‘chamiz”, “Dalada bayram”, “Vatan ishqi”(dramaturg Z. Fatxulin bilan hamkorlikda yozilgan), “Ikki bilakuzuk”, “Zubayda”, “Afsona yaratgan qiz” pesalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi. Quvnoq va jo‘shqin asarlar kuychisi bo‘lgan SHukur Sa’dulla o‘zining juda ko‘p she’r, qo‘shiq, ertak va doton, pesalarini maktabgacha tarbiya yoshilagi bolalarga bag‘ishlagan. SHukur Sa’dulla tabiat kuychisi sifatida e’zozlanadi. SHoir so‘lim bahorni ko‘pgina she’rlarida qalamga olib, ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni hayot bilan tanishtiradi, ularda olamni tushinish qbiliyatlarini o‘stiradi. Odatda, boychechak juda erta ochiladi. U qor erimasidanoq ko‘zga tashlanadi. Buni ko‘rgan odamlar “Ha bahor yaqinlashib qolibdi”, deydi. SHoir “Boychechak” asarida xuddi shu fikrni lo‘nda qilib chizib beradi: Ochildim boychechak, Endi har yon gul demak, CHunki bahor elchisi – SHu mitti gul – boychechak. Albatta, boychechak paydo bo‘lganidan keyin bahor boshlanadi, yomg‘ir ustiga yomg‘ir yog‘adi. YOmg‘ir tabiat husniga husn qo‘shadi, odamlar ruhini engillatadi. SHukur Sa’dulla “YOmg‘ir yog‘aloq” she’rida bahor yomg‘iriga muhabbat bilan munosabatda bo‘ladi. Bu yomg‘ir ona-tabiatni gulga burkashi bilan birga ekin-tekinlar uchun ham koni foyda ekanligini yosh kitobxon qalbiga etib boradigan darajada quvnoq va sho‘x misralar yaratadi: YOmg‘ir yog‘aloq, YAm-yashil o‘tloq, Endi ekinlar CHiqarar quloq... YOmg‘ir tinganda, CHiqar kamalak. YOmg‘ir tinganida CHiqar kamalak. YOmg‘irdan foyda Maysaga, donga YUrt serob bo‘lar, Oq bug‘doy, donga. SHukur Sa’dulla vatan urushi davrida yanada barakali ijod etadi. “Sen nima qilding”, “Ona va bola”, “SHohista”to‘plamlarini nashr ettiradi. Bu davrda shoir she’riyatida bolalar kutgan voqealar o‘z aksini topganligini ko‘ramiz. Mavzu rang-barangligi shoirning fikrlash doirasi kengligidan, bolalarni jon-dilidan sevishidan, ona-vatanga cheksiz mehr-muhabbatidan dalolat berib turibdi. “Sen nima qilding”, “Bizning qahramon”, “Otliqlar”, “Mehmon qiz”, “Uning hikoyasi”, “Etima emassan”, “Razvedkachi Kolya Kulikova”, “SHohista” kabi asarlari misolida buni ochiq-oydin ko‘rishimiz mumkin. Bu she’rlar ichida “SHohista” asari alohida ajralib turadi: Ko‘k chirog‘i oy so‘ndi, Barglarga shabnam qo‘ndi. Qon oqarar ohista, Turar sakrab SHohista, - misralarida shoir SHohista ismli jajji qizchaning mehnatga muhabbati, g‘ayrati, bog‘idagi uzumlarini qanchalik mehr qo‘yib parvarishlashi bilan birga, uning front bo‘ylab odamxo‘r, yovlarga qarshi jang olib borib otasiga bo‘lgan mehr-muhabbatini badiiy bo‘yoqlar bilan ifodalab beradi. SHohista asaldek tovlanib pishgan uzumidan dadasiga sovg‘a xozirlaydi: So‘ngra pochtaga bordi, Dadasiga yubordi. Dadasi botir jangchi. SHohistani quvonchi. SHukur Sa’dulla “Egizaklar”, “Sen menga do‘st, men senga do‘st”, “Ulug‘ shahar” (turkum), “Hovlimizning bolalari” kabi qator she’rlarida do‘stlik g‘oyalarini ilgari suradi. SHoirning juda ko‘p she’rlari maktab darsliklarida, qo‘llanmalarida uzoq yildan beri nashr etilib kelinayotir. “O‘yin”, “Lola va mushuk”, “Bahor keldi”, “Vatanim”, “Dastyor qiz”, “Ozod diyor”, “To‘rt fasl”, “Qush tili” shular jumlasidandir. SHoir ijodida yumoristik she’rlar ham bir talay: “SHalabbo”, “Anqov”, “Injiq”, “Ivirsiq”, “Bizning oyi” kabi asarlarida shoir dangasa, o‘z ustida ko‘p ishlamaydigan, o‘qish, izlanishini yoqtirmaydigan, injiq, ivirsiq bolalar ustidan qattiq kuladi. “Ivirsiq” da shoir o‘yinqaroq, kun bo‘yi koptok o‘ynab uyga berilgan vazifani bajarish, o‘z vaqtida uyqudan turish o‘rniga qotib uxlab, darsdan kech qoladigan Siddiq nomli bolaning maktab o‘quvchilariga xos bo‘lmagan qiliqlarini fosh qiladi. Daftari ochi-sochiq, YAna jaranglab soat, Qolgan vazifa chala. To‘qqizga zang uradi. Soat yurar: chiq-chiq-chiq, “Ivirsiq jon” betoqat – Echilmagan masala. Endi shoshib turadi. SHukur Sa’dulla xalq og‘zaki ijodini sevgan va undan ijodiy foydalangan shoirlardan biri edi. U “No‘xot polvon”, “Laqma it”, “Ayyor chumchuq”, “CHol bilan bo‘ri” kabi o‘nlab asarlarini ertaklar asosida yaratadi. Xalq ertaklarini jo‘ngina she’rga solib qo‘ya qolmadi. Balki unga ijodiy yondashdi. Davrimizga, bolalarning istak-armonlariga moslashtirdi. SHukur Sa’dullaning “Kamandrning boshidan kechirganlari”, “Kachal polvon”, “Aziz qishlog‘im”, “Ism qo‘yilmagan xat” qissalari o‘zbek bolalar nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi. SHukur Sa’dulla 1972 yilda ijodiy barkamollikka erishgan bir paytda to‘satdan vafot etdi. Lekin u o‘zining g‘oyaviy-badiiy yuksak – bolalarbop asarlari bilan bir umr kitobxonlar qalbida yashaydi. Download 45.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling