Amaliy mashgʻulot Grammatik shakl va grammatik ma'no Keys topshiriq


Download 16.48 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.48 Kb.
#229271
Bog'liq
2-amaliy


2- amaliy mashgʻulot

Grammatik shakl va grammatik ma'no



Keys topshiriq

1-topshiriq. Hikoyani davom ettiring va sarlavha qoying. Grammatik shakl ifodalagan ma`nolarni aniqlab yozing

Bir podshoh og`ir xastalikka chalindi. Hakimlar bu dardni o`n uch yoshli bolaning jigari davollashi mumkinligini aytdi. Podshoh amri bilan navkarlar mamlakat kezib, o`z farzandini sotishga rozi bo`ladigan noqobil ota-onani axiyri topdilar. Shunday qilib, podshoh ota-onaga sovg`a-salomlar berib rozi qildi, qozilar: “Podshoh salomatligi uchun xalqning bir vakilini qurbon qilishi vojibdur”, deb hukm chiqarib berishdi. Biroq, berahm jallod o`z boltasi bilan bolaning boshida hozir bo`lgan paytda bola yig`lash o`rniga negadir tabassum qildi. Hayron bo`lgan podshoh undan so`radi:



  • O`zing o`limga ketyapsan, beg`am bo`lib jilmayishingning boisi ne?

Shunda bola podshohga qarab:

– …


Matnni o`qing. Matn tarkibidagi har bir so`z ifodalagan grammatik ma’noni izohlang. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalarga diqqat qiling, batafsil izohlab yozing.

Usmon Nosirning keyingi umri panjaralar ichida, yerto`lalar, qamoqxonalar va tikanli simlar ortida kechdi. Quyoshning bir tutam nuri ham uning yuziga temir panjaralar orasidan tushdi. Sovuq o`lkalarda kechgan yillarda esa quyoshni deyarli ko`rmadi.

Kechagina shoirning jo`shqin ovozi yangragan zallarda endi uning nomi va ijodiga tuhmat toshlari otila boshlandi. Korxonalar va o`quv yurtlarida, gazeta va jurnallar sahifalarida, radio to`lqinlarida Usmon Nosir sha`niga aytilgan bo`htonlar avj oldi. Kutubxona va she`riyat muxlislari uyini nurga to`ldirib turgan shoir kitoblari gulxanlarga tashlandi.

Tergov xonalarida esa uning «xalq dushmani» ekanligini tasdiqlash, «dalil»lar topish uchun turli vahshiyona usullar qo`llandi. Hali yigirma to`rtga kirib ulgurmagan yigitning boshi balolardan chiqmadi. G`ayriqonuniy tergov usullari qanchalik dahshatli bo`lmasin, u qariyb bir yil davomida «o`z aybi»ni bo`yniga olishdan bosh tortdi. Ammo nafaqat shoir, balki tergov ishlari bo`yicha mutaxassislar ham qaysar edi. Oqibatda Usmon Nosir Toshkent qamoqxonasida saqlanayotgan kezlaridayoq ruhiy kasallikka duchor bo`ldi…(Naim Karimovdan)

Tаvsiya etilаdigаn аdаbiyotlаr:


  1. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.: O‘zMU, 2013.

  2. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiyalar, 2009.

Download 16.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling