So'z turkumlarining ko'chishi
Download 56.63 Kb.
|
1 2
Bog'liq13. So\'z turkumlarining ko\'chishi
so'z turkumlarining ko'chishi Ma’lumki, nazariy yondashuvda leksemaning atash (denotativ) semasi deganda borliqdagi harakat/holat, narsa-predmet, miqdor, belgi xususiyatini atovchi, nomlovchi sema tushuniladi. Bu semaning har birini mustaqil so‘z turkumi – fe’l «harakat/holatni atash» semasi, ot «narsa-predmetni atash», son «miqdorni atash», sifat va ravish «belgini atash» semasi sifatida bevosita xususiylashtiradi. Atash semasi ob’ektiv borliq parchasiga muvofiq kelgani bois leksema si tarkibidagi boshqa semalar (vazifa, ifoda)dan muhimroq ahamiyatga ega. Har bir so‘z turkumining muayyan atash semasi mutlaq va doimiymi yoki mustaqil so‘z turkumlari orasidagi so‘z turkumlarining bir-biriga ko‘chish hodisasi (transpozitsiya) ning bunga daxli bormi? So‘z turkumining ko‘chishi – transpozitsiya deganda, ma’lum bir turkumga mansub so‘zning o‘ziga xos bo‘lgan atash, vazifa semasini kuchsizlantirib, boshqa so‘z turkumiga xos semantik va grammatik belgiga ega bo‘lishi tushuniladi. Turkiy tillarda so‘z turkumi bir-biridan qat’iy chegaralanmaydi, ular uzviy aloqada, bir butun sistemani tashkil etadi. Bu sistema qismlari dialektik mantiqdagi «oraliq uchinchi» qonuniyatidan kelib chiqqan holda g i b r i d so‘z sifatida baholanadigan, har ikki siraga xos semantik-grammatik belgini o‘zida saqlovchi, bir turkumdan ikkinchi turkumga ko‘chish bosqichida turuvchi so‘zlar bilan uzviy bog‘lanadi. Mustaqil so‘zlar orasidagi o‘zaro munosabat va ularning bir-biriga ko‘chishi leksema sidagi taraqqiyot natijasida yuzaga kelib, ko‘chishning nutqiy va lisoniylashgan ko‘rinishi farqlanadi. Nutqiy ko‘chishda nutqiy ko‘chma ma’no ifodalanadi. Masalan, Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil gapida son turkumiga mansub (bir) so‘zi vaqtincha ot turkumi vazifasida kelmoqda va bu o‘tkinchi, nutqiy hodisa. Lisoniy ko‘chishda so‘z bir turkumdan boshqa turkumga butunlay o‘tib ketadi, transpozitsiya hodisasi yuz beradi. Transpozitsiya deyarli barcha mustaqil so‘z, hatto mustaqil va yordamchi so‘zlar orasida ham kuzatiladi: 1) [odam], [kishi], [inson] otlari (zerikib ketdi odam (men), hayron qolasan kishi (men), dardimni eshitadigan inson (hech kim) topilmadi), [bir] soni (bir kishi (kimdir)), [ba’zi] sifati (ba’zilar (allakimlar) unday deydi, ba’zilar bunday) olmoshga; 2) [yigit], [qiz], [o‘g‘il], [qari], [er], [xotin], [ko‘r], [issiq-sovuq] (issiq-sovug‘idan xabar olmoq) sifatlari, [bordi-keldi], [keldi-ketdi], [oldi-berdi], [ur-yiqit] juft fe’llari, [o‘qish], [yozish], [o‘tmish], [qilmish], [qidiruv] harakat nomi shakllari, [o‘qituvchi], [bog‘lovchi], [kuzatuvchi] sifatdoshlari, [uch], [etti], [yigirma], [qirq] sonlari otga; 3) [kelajak], [bo‘lajak] sifatdoshlari, [tilla], [kumush], [taxta] (tilla uzuk, asal bola) otlari sifatga; 4) [charchamasdan] (ishlaysan), [o‘ylamasdan] (gapirdi), [indamasdan], [bilinar-bilinmas] sifatdoshlari, [osha], [o‘ta], [ura], [qayta], [qo‘yarda-qo‘ymay], [ura-sura] ravishdoshlari, [erta], [indin], [kecha], [kech], [kechqurun], [savat-savat], [navbatma-navbat] otlari ravishga; 5) [bir] soni, [yakka], [yolg‘iz] sifatlari yuklamaga; 6) [haqiqatdan], [chamasi], [mazmuni] otlari, [yaxshi], [so‘zsiz], [tuzuk], [to‘g‘ri], [tabiiy]sifatlari, [qani], [qalay] olmoshlari modal so‘zga; 7) [bir] soni, [ba’zan] ravishi, [ham] yuklamasi, [bilan] ko‘makchisi bog‘lovchiga; 8) [ost], [ust], [old], [orqa], [tomon], [tag], [tepa], [ich], [ora], [qosh], [lab], [yoqa], [og‘iz]otlari, [qarab], [boshlab], [ko‘ra], [deya], [deb], [o‘xshab] ravishdoshlari, [boshqa], [bo‘lak], [o‘zga] sifatlari, [avval], [oldin], [ilgari], [keyin], [so‘ng] ravishlari ko‘makchiga ko‘chganligi tegishli adabiyotlarda qayd etilgan. Sanalganlarning ayrimi bugungi kunda lisoniylashgan, ayrimi hali o‘tish bosqichida - nutqiy hodisa sifatida qaralmoqda. Masalan, mavjud grammatikalarda son turkumining tasnifiy belgilari sanalar ekan, predmetning sanog‘i, tartibini bildirishi, (qancha), (nechta), (nechanchi) so‘rog‘idan biriga javob bo‘lishi, ot turkumiga mansub so‘z bilan erkin aloqada bo‘lishi va gapda, asosan, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida kelishi ta’kidlanadi. Son lug‘aviy mazmun guruhiga kiruvchi jamlovchi son shaklida son umumiy grammatik ma’nosidan chetlashish kuzatiladi. Ayni paytda jamlovchi sonning [-ov], [-ala], [-ovlon], [-ovlab], [-ovlashib] shakllari ajratiladi. Qayd etilganlardan [-ovlab], [-ovlashib] shakllari, bizningcha, jamlovchi son shakli emas, balki jamlovchi son o‘zagidan yasalgan ravishdosh shakli: ikki+ov+lash+ib. Demak, so‘nggi ikki shakl jamlovchi son shakllari sirasidan chiqariladi. Asosiy shakl sifatida [-ov], [-ala], [-ovlon] ko‘rsatkichi ajratilishi mumkin. Ma’lumki, bundan [-ov], [-ala]shakli boshqa son ma’no turidan farqlanib, deyarli har doim egalik shakli bilan qo‘llanadi. [-ovlon] shaklli jamlovchi son atash semasi bugungi kunda miqdor emas, balki «qanchadir miqdordagi shaxs» deb qaraladi: Download 56.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling