1. Asosiy tushunchalar
Download 0.7 Mb.
|
kurs 8
3. Yorug‘lik o‘tkazgichlariYorug‘likning to‘la ichki qaytish hodisasidan foydalanib, uning energiyasini va jism tasvirini uzoq masofaga uzatish mumkin. Ana shu maqsad uchun yorug‘lik o‘tkazgichlari xizmat qiladi. Yorug‘lik o‘tkazgichlari ingichka va buklanadigan tola shakliga ega bo‘lib, sindirish ko‘rsatgichi kattaroq bo‘lgan (M) mag‘iz va sindirish ko‘rsatkich kichikroq bo‘lgan (Q) qobiq qismdan iborat bo‘ladi. Yorug‘lik o‘tkazgichlarida yorug‘lik nurlari tola devorlariga chegaraviy burchakdan kattaroq burchak ostida tushadi. Yorug‘likning ana shunday tushishi natijasida devorlarning ichki yuzasidan yorug‘likning to‘la qaytishi sodir bo‘ladi va tolaga tushgan yorug‘lik uning oxiridan chiqadi, mana shuning uchun ham ushbu tolalardan yoritilishi qiyin bo‘lgan joylarni yoritishda foydalaniladi. O‘z shakliga qarab tolalar turli xil bo‘ladi. 4.12–rasm. а - to‘g‘ri tola. б - bukilgan (egilgan) tola. Yorug‘lik tarqalish yo‘nalishi bo‘ylab diametri kamayuvchi tolaga fakon deyiladi. Yorug‘lik tarqalishi yo‘nalishida diametri oshib boradigan tolaga afokon deyiladi. Faraz qilaylikki, yorug‘lik nuri yo‘g‘on tolaning markaziy o‘qiga nisbatan burchak hosil qilib tola ichiga tushsin (4.13-rasm). Odatda tolaning ichki qismi yoki mag‘zi to‘lqin uzunligi 350 nm dan 900 nm gacha bo‘lgan spektr sohasi uchun og‘ir shisha–flintdan yasaladi, uning tashqi qismi esa shisha-krondan yasaladi. Natijada tola ichida to‘la ichki qaytish hodisasi yuz beradi. kattalikka tolaning nominal son aperturasi deyiladi. Tola mag‘zi sindirish ko‘rsatkichini n1 bilan, qobiq sindirish ko‘rsatkichini n2 bilan belgilaymiz. Bu holda (4.6). Agar tolaga tushgan yorug‘lik intensivligi I0 va undan chiqadigan yorug‘lik intensivligi I1 бo‘lsа, tolaning yorug‘lik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti deb quyidagi kattalikka aytiladi: . (4.7) Bu kattalik tola qobig‘ining tiniqligiga, qobiq va mag‘zining yorug‘likning qaytarish xarakteristikasiga bog‘liq. Agar faqat tola qobig‘ining tiniqligini e’tiborga olsak (1.20) ni quyidagicha yozish mumkin: (4.8) Bu yerda x yorug‘likning tola ichidagi kuchsizlanish koeffitsiyenti bo‘lib, l yorug‘likning tola ichidagi yo‘lining uzunligini bildiradi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling