1. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari
Download 31.19 Kb.
|
Qishloq xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskrish xisobl
Mavzu: Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibi va usullari Reja 1. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari 2. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari 3.Asosoiy vositalarga eskirish hisobining sentetik va analitik hisobi Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo‘yicha kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi ulan undirilishi “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan tartibga solinadi. Ushbu nizomga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko‘rsatilgan. Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi. Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi. Ish beruvchining mulki o‘g‘irlanganda, kam chiqqanda, qasddan yo‘qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda yetkazilgan zarar hajmi bozor qiymati bo‘yicha hisoblanadi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin: a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar xom ashyo birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to‘ѓrisidagi ma’lumotlar; b) Markaziy bankning kamomad ortiqcha aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda sotib olish sanasidagi tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda mol-mulklarning erkin konvertatsiyalanadigan valyutadagi qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; g) inventarizatsiya o‘tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narx darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; d) tegishli mol-mulkning qiymati to‘g‘risida baholovchining ekspert xulosasi. Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish to‘g‘risida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror natijalari byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan, shu jumladan, transport vositalari bo‘yicha byudjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan, kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni hisobdan chiqarish byudjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud bo‘lgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomalar komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar ob’ektlarining saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida qolgan moddiy qimmatliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish yoki sotish uchun asos bo‘ladi. Transport vositasini hisobdan chiqarishda buxgalteriyaga dalolatnoma bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida hisobdan chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim qilinadi. Ushbu dalolatnomalar tashkilot rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanguniga qadar asosiy vositalarni qismlarga bo‘lish va demontaj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va joydan-joyga ko‘chirish operatsiyalarining hisobi 438-son shakldagi jamlanma qaydnomada olib boriladi. Jamlanma qaydnomaga yozuvlar har bir hujjat bo‘yicha yoziladi. Bunda, “Jami” ustunida yoziladigan hisobdan chiqarilgan va joydan-joyga ko‘chirilgan moddiy ashyolar summasi subschyotning debet bo‘yicha summasiga teng bo‘lishi kerak. Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sotish “Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan b’ektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga1 asosan tartibga solinadi. Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini sotish quyidagi shartlardan biri qoniqtirilgan taqdirda amalga oshiriladi: - belgilangan xizmat qilish muddatining tamom bo‘lishi to‘liq eskirish hisobga o‘tkazilishi; - ularning jismoniy eskirishi, avariyalar, tabiiy ofatlar, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi oqibatida yaroqsiz holga kelishi; - ma’naviy eskirishi; - byudjet tashkilotlarining qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiya qilinishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shab qolishi. Byudjet tashkilotlarining binolari va inshootlari shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi. Byudjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari byudjet tashkilotlari tomonidan yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot bo‘lmagan taqdirda - qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda sotiladi. Bunda: - bir inventar ob’ektning qoldiq qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining byudjet tashkiloti tomonidan sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda yuz baravari miqdoridan ortiqni tashkil etadigan avtomototransport vositalari, shuningdek boshqa asosiy vositalar asosiy vositalar qiymatini baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin ommaviy savdolarda sotilishi kerak; - bir inventar ob’ektning qoldiq qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining byudjet tashkiloti tomonidan sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda yuz baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan asosiy vositalar byudjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali sotiladi. Yuqori tashkilotning talabiga ko‘ra yoki byudjet tashkilotlarining o‘z tashabbusi bilan ushbu asosiy vositalar asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin ommaviy savdolarda sotilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi byudjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlari quyidagi tartibda sotiladi: - binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida; - qolgan asosiy vositalar - O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalari tomonidan yuqori tashkilot bilan kelishgan holda vakolatxona joylashgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali mustaqil ravishda sotiladi. Binolar va inshootlarni shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat mulki qo‘mitasining maxsus g‘aznachilik hisob raqamida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi. Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi: 50 foizi - tegishli byudjet daromadiga o‘tkaziladi; 50 foizi - byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha byudjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan byudjet tashkilotlari tomonidan faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, shuningdek kreditorlik qarzni mavjud bo‘lganda to‘lashga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi byudjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar: - binolar va inshootlar bo‘yicha qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi - ularni sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilangan tartibda; - qolgan asosiy vositalar bo‘yicha - xarajatlar smetasida nazarda tutilgan asosiy vositalarni sotib olishga, faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga taqsimlanadi. Asosiy vositalarni beg‘araz berish yuqori tashkilot bilan kelishilgan xolda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Download 31.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling