1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi


Troposferada havoning xarakati natijasida turli tezlikda esadigan shamollar vujudga keladi. Troposferada bulutlar hosil bo‘lib, yog‘inlar yog‘adi


Download 64 Kb.
bet2/7
Sana31.03.2023
Hajmi64 Kb.
#1313207
1   2   3   4   5   6   7

Troposferada havoning xarakati natijasida turli tezlikda esadigan shamollar vujudga keladi. Troposferada bulutlar hosil bo‘lib, yog‘inlar yog‘adi.

Troposfera issiqlikni Yer yuzasidan oladi. Tirik mavjudotlar, nurash jarayoni, yotqiziqlarning hosil bo‘lishi va boshqa jarayonlar atmosferaning gaz tarkibini tashkil qiladi. Ob-havo va iqlimni vujudga keltiradigan barcha jarayonlar shu yerda sodir bo‘ladi.

Atmosferaning Yer yuzasiga yaqin qismida ekvatorda harorat o‘rtacha 260S, shimoliy qutbda esa – 230S ni tashkil qiladi. Yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning adiabatik sovishi natijasida xarorat har 100 m balandlikda 0,60S dan (har bir kilometr balandlikda 60S dan) pasaya boradi va troposferaning yuqorigi chegarasida ekvator ustida –700S gacha, shimoliy qutb ustida –450 dan –650 S gacha pasayadi. Havoning qutblarga nisbatan ekvator tepasida ko‘proq sovib ketishi bu yerda havoni baland ko‘tarilishi sabab bo‘ladi.

Tropopuaza troposfera bilan stratosfera oralig‘ida joylashgan. Qalinligi 1 km atrofida. Havoning konvektiv oqimlari tropopuazadan yuqoriga ko‘tarilmaydi. Tropopuaza mo‘tadil mintaqada 8 km. balandlikdan o‘tadi, ekvator ustida esa 16 – 18 km yuqorida joylashadi. Uning balandligi fasllar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Yozda qishdagidan balandroq, siklonlarda pastroq, antitsiklonlarda balandroq bo‘ladi. Tropopuaza bir xil havo massalari ustida aniq namoyon bo‘ladi. Havo frontlari ustida esa bir tomonga oqqan va bo‘lingan bo‘ladi2.

Stratosfera . Stratosfera troposferadan yuqorida joylashgan. Bu qatlamda havo harorati asta sekin ko‘tariladi. Stratosferada ozon qatlami joylashgan bo‘lib, u yer yuzasini ultrabinafsha nurlardan saqlaydi. Yer yuzasidan ko‘tarilgan konvektiv havo oqimi yeta olmaydigan balandliklardan boshlanadi. Stratosfera 40 – 60 km. gacha ko‘tariladi. Mazkur qatlamda havo xususiyatlarining sifat jihatidan sekin o‘zgarishiga Yer yuzasi ta’sirining birdaniga kamayishi sabab bo‘ladi. Stratosferada atmosferaning 20% massasi tuplangan. Ushbu qatlamda havoning zichligi va bosimi juda kam. Shuning uchun bu yerda faqat binafsha rangli nurlar tarqaladi, shu sababli osmon binafsha rangda bo‘ladi. Stratosfera ham troposferadagi gazlardan iborat, ammo bu yerda ozonning ulushi ko‘proq, ammo miqdori kam. Stratosferada ozon 15 – 30 km balandliklar oralig‘ida tarqalgan. Ozonning miqdori kam bo‘lishiga qaramay, u troposfera xususiyatlarining shakllanishida va Yer yuzasidagi xayotda juda muhim axamiyatga ega. Chunki ozon qatlami tirik organizmlar uchun xavfli bo‘lgan qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlarini yutib oladi. Stratosferada 20 km. balandlikkacha xarorat o‘zgarmaydi. Bu qatlam quyi qatlam deyiladi. Mazkur qatlam ozon pardasi joylashgan balandlikkacha davom etadi. Yuqori qatlamda havo xarorati doimo ortib boradi. Buning asosiy sababi ozon qatlamining qisqa to‘lqinli radiatsiyani yutishi natijasida qizib ketishidir. Mazkur qatlam yuqori stratosfera deb ataladi. Stratosferani ozonosfera ham deb atashadi. Troposfera bilan stratosfera o‘rtasida gaz almashinib turadi, natijada stratosferada suv bug‘lari bo‘ladi va ozon pardasidan pastda, sovuq qatlamda rang – barang tusda tovlanuvchi sadafrang bulutlar vujudga keladi.


Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling