AES larning konturlarini taminlash va sozlash
Reja:
1.Atom elektr stansiyasining ishlash prinsipi.
2.Atom elektr stansiya-sida reaktorning vazifasi.
3.Rivojlangan mamlakatlarda mavjud atom elektr stansiyalari.
4.Atom elektr stansiyalarining kelajakda kutilayot-gan istiqbolli yo’llari.
Energiya va uning turlari. Vazifasi va foydalanish. Elektr energiyaning afzalliklari
Energiya (grekcha energeia-harakat, faoliyat) umumiy harakat miqdori va barcha materiya turlarini o’zaro ta`siridan iborat. Bu ish bajarishga bo’lgan qobiliyatdir, ish esa ob`ektga fizik kuch (bosim yoki gravitatsiya) ta`sir etganda bajariladi. Ish bu harakatdagi energiya.
Barcha mexanizmlarda ish bajarilganda energiya bir turdan ikkinchi turga aylanadi. Lekin bunda bir tur energiyasini har qanday o’zgarishida ham boshqasiga nisbatan ko’proq olish mumkin emas, chunki bu energiyaning saqlanish qonuniga ziddir.
Energiyaning quyidagi turlari mavjud: mexanik, elektr, elektromagnit, issiqlik, kimyoviy, atom (yadro ichki).
Xalqaro birlik tizimi (SI) da energiyani o’lchash birligi sifatida 1 Joul (J) qabul qilingan. 1 J=1nyuton metrga (Nm) ekvivalentdir. Agarda hisob-kitoblar issiqlik, biologik va energiyaning ko’pchilik boshqa turlari bilan bog’liq bo’lsa, u holda o’lchov birligi sifatida sistemadan tashqari birlik qo’llaniladi - kaloriya (kal) yoki kilokaloriya (kkal), 1 kal=4.18 J. Elektr energiya Vatt∙soat (Vt∙s, kVt∙s, MVt∙s.) da o’lchanadi; 1 Vt∙s=3.6 MDj. Mexanik energiyani o’lchashda 1kg·m qiymatdan foydalaniladi, 1kg∙m=9.8Dj.
Elektr energiya energiyaning takomillashgan turidan biridir. Undan keng ko’lamda foydalanish quyidagi omillar bilan belgilanadi:
-resurslarning konlarida va suv manbalari yaqinida katta miqdorda olinishi bilan.
E lektr stantsiyalarning asosiy turlari va ularning tavsiflari Birlamchi energiyani ikkilamchisiga o’zgartirish, xususan elektrga aylantirish o’z nomida qaysi birlamchi energiya turi qanday ikkilamchi turga o’zgartirilishini ko’rsatadigan stantsiyalarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |