1. Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma‘lumotlar. Atom tuzilishining yadro nazariyasi
ATOMLAR ELEKTRON QOBIQLARINING TUZILISHI
Download 299.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg\'ulot
5. ATOMLAR ELEKTRON QOBIQLARINING TUZILISHI. Bosh kvant sonining n = 2 qiymatidan boshlab energetik qobiqlar (qavatlar) yadro bilan bog’lanish energiyasi jihatidan bir – biridan farq qiladigan qobiqchalarga (qavatchalarga) bo’linadi. Qobiqchalar soni bosh kvant sonining qiymatiga teng, lekin to’rttadan oshmaydi: 1 – qobiqda bitta qobiqcha, 2 – qobiqda – ikkita, 3 – pog’onada – uchta, 4 – pog’onada – to’rtta qobiqcha bo’ladi. Qobiqchalar o’z navbatida orbitallardan tarkib topadi. Qobiqchalarni lotin harflar bilan belgilash qabul qilingan: S – har qaysi energetik qobiqning yadroga eng yaqin birinchi qobiqchasi; u bitta s orbitaldan tarkib topgan; p – ikkinchi qobiqcha, uchta r – orbitaldan tarkib topgan; d – uchinchi qobiqcha, u beshta d – orbitaldan tarkib topgan; f – to’rtinchi qobiqcha bo’lib, unda 7 ta f – orbital bo’ladi. Shunday qilib, n ning har qaysi qiymati uchun n 2 orbitallar bo’ladi (III.1 – jadval) Bosh kvant soni, orbitallarning turi va soni hamda qobiqcha va kobiqlardagi elektronlarning maksimal soni. III. 1 – jadval Energetik qobiq n Qobiq - chalar soniga teng. Orbital- lar Orbitallar soni Elektronlarning maksimal soni Qobiq -chada Qobiq- da n 2 ga teng. Qobiq- chada Qobiq- da K (n = 1) 1 1s 1 1 2 2 L (n = 2) 2 2s 2p 1 3 4 2 6 8 M (n = 3) 3 3s 3p 3d 1 3 5 9 2 6 10 18 N (n = 4) 4 4s 4p 4d 4f 1 3 5 7 16 2 6 10 14 32 Har qaysi orbitalda ko’pi bilan ikkita elektron bo’lishi mumkin – Pauli printsipi. Agar orbitalda bitta elektron bo’lsa, u juftlashmagan elektron, agar ikkita bo’lsa – juftlashgan elektron deyiladi. Pauli printsipi N = 2n 2 formulani tushuntirib beradi. Haqiqatdan ham, agar masalan uchinchi qobiqda (n = 3) 3 2 = 9 orbital, har qaysi orbitalda esa 2 tadan elektron bo’lsa, u holda elektronlarning maksimal soni 2 · 3 2 = 18 bo’ladi. NAZORAT SAVOLLARI 1. Jon Tomson ishlari va elektronning kashf etilishi. 2. Bekkerel, Mariya Kyuri va va Per Kyurilar ishlari hamda radioaktivlik xodisasi. 3. Alfa, beta va gamma nurlar va ularning tavsiflari. 4. Rezerford ishlari va atom tuzilishining yadro nazariyasi. 5. Yadro reaktsiyalari va atom yadrosini sun‘iy yo’l bilan parchalash. 6. Azot atomlarini alfa zarrachalar bilan parchalash, uning reaktsiyasi tenglamasi. 7. Natriy atomini alfa zarracha bilan parchalab hosil qilingan yangi mahsulotlar reaktsiya tenglamasi. 8. Ivanenko va Geyzenberg ishlari va proton – neytron nazariyasi. 9. Protonning tavsifi. 10. Neytronning tavsifi. Download 299.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling