1. Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma‘lumotlar. Atom tuzilishining yadro nazariyasi


-ma’ruza: MODDALARNING AGREGAT VA FAZOVIY HOLATLARI


Download 299.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana21.02.2023
Hajmi299.05 Kb.
#1218785
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

5-ma’ruza: MODDALARNING AGREGAT VA FAZOVIY HOLATLARI 
Reja 
1.Qattiq moddalarning geometrik tuzilishi. 
2.Ion bog‘li moddalarning kristall tuzilishi. 
3. Suyuq va gaz holatdagi moddalning molekulalari orasidagi ta’sir. 
Bu kuchlar tabiatini bayon qilishdan oldin moddaning agregat holati hususida 
qisqacha tо‘xtalib о‘tamiz. Chunki agregat holat ana shu kuchlar bilan bog‘liq.. 
Ma’lumki, moddalar asosan tо‘rt xil garegat holatda6 qattiq, suyuq, gaz, shuningdek, 
plazma holatda bо‘ladi. Plazma holat juda yuqori temperatura (million gradus va 


undan ortiq) da atomlar parchalanib, “yalong‘och” yadro va alohida elektronlar 
“aralashmasi” hosil bо‘lganda vujudga keladi. Quyosh va ba’zi yulduzlar plazma 
holatidadir. 
Qattiq holatidagi moddalar qat’iy bir geogmetrik shakldagi kristall najaralardan 
tashkil topgan bо‘ladi. Bunday geogmetrik shakllar asosan yettita: kub, trigonalb, 
ortorombik, monoklinik, triklinik, geksagonal va romboedrik. 
Panjara uchlarida qanday zarrachalar turishiga qarab, kristall panjaralar ion
kovalent, molekulyar va metall turlarga ajratiladi. Ion kristall panjaralarda panjara 
uchlarida ionlar turadi va har bir musbat yoki manfiy ion hamma tomondan qarama – 
qarshi zaryadli ionlar bilan qurshab olingan bо‘ladi. Ionlar о‘rtasidagi tortishish 
kuchlari elektrostatik tabiatga ega.
Kristall panjara uchlarida turgan har bir ion amplitudasi uncha katta bо‘lmagan 
tebranma harakatda bо‘ladi, lekin ular aylanma harakatda bо‘lmaydi va panjara 
uchlaridan uzoqqa siljiy olmaydi. Bunday harakt faqat ion panjarali moddalar emas, 
balki jamiki qattiq holatdagi moddalr (kristall panjara uchlarida atom yoki 
molekulalar turishidan qat’iy nazar) uchun xosdir. Ion birikmalar, jumladan barcha 
qattiq moddalardagi panjara uchlarida turgan zarracha (ion, atom, molekula) lar 
tebranma issiqlik harakat energiyasi shu zarrachalar о‘rtasidagi tortishishi 
energiyasidan kichik bо‘ladi, shuning uchun ham panjara uchlaridagi zarrachalar о‘z 
о‘rnida saqlanib turadi. Tarkibida elektromanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan 
atomlar tutuvchi molekulalar ion – panjaralar hosil qiladi. Bunga misol qilib osh tuzi 
molekulasining kristall panjarasini kо‘rsatish mumkin. Ion bog‘ energiyasi yuqori 
bо‘lgani uchun uni uzish qiyin va shunga kо‘ra ion birikmalarning suyuqlanish 
temperaturasi juda yuqori. Qolaversa, ion panjaralarda ionlar о‘rtasidagi masofa 
haddan tashqari kichik (ionlar bir – biriga juda yaqin turadi, bu hususiyat barcha 
kovalent va molekulyarpanjarali qattiq moddalar uchun ham xos) bо‘lganidan 
ularning zichligi katta, hajmi esa kichik. Aytaylik, biror qattiq moddani 
suyuqlantirish zarur.Sarflangan energiya panjaradagi zarracha (ion, atom, molekula) 
larning issiqlik harakatini oshiradi. Bu harakat energiyasi shu zarrachalarning о‘zaro 
tortishish energiyasiga yaqinlashganda yoki undan bir oz oshganda zarrachalarning 
tebranma harakat amplitudasi kuchayadi, ular endi aylanma harakat ham qila 
boshlaydi. Shuning dek bir – biriga nisbatan siljiydigan blib qoladi va bir – biridan 
ma’lum masofaga uzoqlashishi mumkin. Bu, shu zarrachalar о‘rtasidagi bog‘ uzildi, 
demakdir. Moddaning qat’iy geometrik tuzilishi (kristall panjarasi) buzilib, u 
suyuqlanadi. Lekin zarrachalar hali bir – biri bilan kontaktda bо‘lib turadi. Bir – 
biriga nisbatan siljiganida (uzoqlashib yaqinlashganda) zarrachalar о‘rtasidagi 
ximiyaviy bog‘lar uzilib, yangidan hosil bо‘lib turadi. Zarrachalar kristall panjarada 
zich va ixcham joylashgan, modda suyuqlanganda esa undagi ixchamlik va batartiblik 
о‘zgaradi. Natijada hajm ortadi, zichligi qattiq holatidagiga nisbatan kamayadi.



Download 299.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling